XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Viloyat hokimligi balansidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining 2026-yil ijara narxlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-386-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida” 660-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-386-son qaroriga asosan viloyat hokimligining 2026-yil 26-martdagi 15-23/588-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat hokimligi balansidagi Angor, Boysun, Jarqoʻrgʻon tumanlari va Termiz shahridagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarining 2026-yil ijara narxi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi A. CHORIYEV
Surxondaryo viloyati,
2026-yil 3-iyun,
VII-20-60-8-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.