XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Sharof Rashidov tumanidagi “Toqchilik” mahalla fuqarolar yigʻinini boʻlish hamda uning chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmoni, 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-sonli qarorining 19-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 martdagi 48-sonli qaroriga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq qabul qilingan 2024- yil 20-maydagi 294-sonli qarori talablariga muvofiq, Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasining xulosasi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasining 2026-yil 9-iyundagi 01-06/2161-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasining xulosasi asosida kiritilgan taklif maʼqullansin.
2. Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” mahallasini boʻlish orqali yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yigʻiniga “Mustaqillikning 35 yilligi” deb nom berish haqida aholining takliflari maʼqullansin.
3. Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan yangi tashkil etilayotgan “Mustaqillikning 35 yilligi” mahallasi uchun ajratilgan yer maydonining loyihasi 1-ilovaga, “Mustaqillikning 35 yilligi” mahallasining chegarasini belgilash tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi (B. Soatov), «mahalla yettiligi» tarkibiga kiruvchi masʼul davlat organlarining viloyat boshqarma boshliqlari hamda Sharof Rashidov tumani hokimi (A. Ashurov) bilan birgalikda:
mahalla fuqarolar yigʻinini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash hamda oʻzgartirish ishlarining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borsin;
mahallani nomlashda aholining fikrini inobatga olgan holda hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrsin;
fuqarolarni yangi tashkil etilgan hudud boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq masalalarda oʻzaro hamkorlik qilish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi (B. Soatov), viloyat Adliya boshqarmasi (A. Ergashev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A. Anvarov), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi (N. Siddiqov) hamda Sharof Rashidov tumani hokimi (A. Ashurov) bilan birgalikda:
mahalla chegaralari sxemasini har bir mahalla binosiga oʻrnatsin;
boʻlingan hamda qayta tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻinining taʼsis va tashkiliy hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi (B. Soatov), viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (Gʻ. Qodirov) va Sharof Rashidov tumani hokimi (A. Ashurov) bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻinlari uchun muhr hamda shtamplarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
7. Kadastr organlariga:
mahalla fuqarolar yigʻini chegaralarini aniq aks ettiruvchi va tavsiflovchi xaritalarni tayyorlasin;
hududdagi fuqarolarning kadastr hujjatlarini qayta rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
8. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B. Ahmedov), «mahalla yettiligi» tarkibiga kiruvchi masʼul idoralarning viloyat boshqarma boshliqlari hamda Sharof Rashidov tumani hokimi (A. Ashurov) bilan birgalikda:
yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻinini bino-inshoot, zarur inventar va kompyuter texnikasi bilan taʼminlasin;
«mahalla yettiligi» aʼzolari uchun tegishli shtat birliklarini ajratish va ularni moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
9. Viloyat hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasiga mazkur jarayonlarda yuzaga keladigan nizoli masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish vazifasi yuklatilsin.
10. Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati (A. Binoqulov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokanali davlat muassasasi (E. Shermonov), «Jizzax haqiqati» - «Джизакская правда» gazetasi (B.Nazarov) mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash vazifasi viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish vazifasi xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Rahmonqulov zimmasiga yuklatilsin.
13. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi UZAKOV BAYRAMBEK UZAKOVICH
Jizzax viloyati,
2026-yil 27-iyul,
VII-31-175-3-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.