29.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3912
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 29.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3912
Kuchga kirish sanasi
29.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilgʻisi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3912]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-82-son “Paxta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilgʻisi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir I. ABDURAXMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 24-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2026-yil 30-iyundagi 51-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilgʻisi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligi korxonalari (bundan buyon matnda isteʼmolchi deb yuritiladi) tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilgʻisi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroportal — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrotexnologik xarita — 2022 — 2026-yillar uchun ishlab chiqilgan hamda mavsum davomida barcha qilinadigan ishlar va taxminiy xarajatlarni (oylar kesimida ) aks ettiruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja — “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda birja savdolari orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olingan elektron hisobvaraq-fakturaga asosan dizel yoqilgʻisi qiymatining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bir martalik ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchi — paxta va bugʻdoy (bundan buyon matnda qishloq xoʻjaligi ekinlari deb yuritiladi) yetishtirishda birja orqali dizel yoqilgʻisini xarid qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Subsidiyaning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya agrotexnologik xaritada nazarda tutilgan paxta va bugʻdoy yetishtirish hamda hosilni yigʻib-terib olish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-iyulga qadar isteʼmolchi tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilgʻisining har bir tonnasi boʻyicha uning qiymatining 13 million soʻmdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda proaktiv shaklda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda isteʼmolchi subsidiyani olish uchun oʻziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Isteʼmolchilar roʻyxatini shakllantirish va subsidiyani ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birja isteʼmolchilar tomonidan 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-iyulga qadar har bir tonnasi 13 million soʻmdan yuqori narxda xarid qilingan dizel yoqilgʻisi boʻyicha tuzilgan birja shartnomalari, shuningdek mazkur shartnomalarga muvofiq soliq organlari tasdiqlagan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida dizel yoqilgʻisi hajmlari yuzasidan isteʼmolchilar kesimida shakllantirilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi hamda ularni elektron shaklda Agroportal orqali Agentlikka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birja tomonidan maʼlumotlar taqdim qilingandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi agrotexnologik xarita doirasida har bir qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun 2026-yil aprel — iyun oylarida sarflanishi belgilangan dizel yoqilgʻisi miqdorini Agroportal orqali joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda isteʼmolchi tomonidan xarid qilingan dizel yoqilgʻisi miqdori bilan agrotexnologik xaritada belgilangan dizel yoqilgʻisi miqdori Agroportalda solishtiriladi hamda subsidiya summasi avtomatik tarzda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Birja tomonidan isteʼmolchilar kesimida shakllantirilgan maʼlumotlar Agroportal orqali Agentlikka yuborilganda, texnik nosozlik yoki axborot tizimlari oʻrtasidagi maʼlumot almashinuvidagi uzilishlar natijasida ayrim isteʼmolchilar maʼlumotlari yuborilmay qolgan taqdirda, isteʼmolchi Agentlikka yozma yoki elektron shaklda (Agroportal orqali) murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik isteʼmolchining murojaatini olgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Birja va Agroportal operatori bilan hamkorlikda isteʼmolchini mazkur roʻyxatga kiritish bilan bogʻliq holatni oʻrganadi hamda maʼlumotlar tasdiqlangan taqdirda, isteʼmolchini Agroportal roʻyxatiga kiritadi va subsidiya hisob-kitobini mazkur Nizomning 9 va 10-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Isteʼmolchining murojaatini koʻrib chiqish natijalari xulosa qabul qilingan kundan boshlab Agentlik tomonidan Agroportal orqali yoki elektron shaklda isteʼmolchiga uch ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Subsidiya ajratiladigan dizel yoqilgʻisi miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
D=(P×Kp)+(G×Kg)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

D — subsidiya hisoblanadigan dizel yoqilgʻisi miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
P — isteʼmolchi tomonidan amalda ekilgan paxta maydoni (gektarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G — isteʼmolchi tomonidan amalda ekilgan bugʻdoy maydoni (gektarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kp — paxta xomashyosini yetishtirishda agrotexnologik xarita boʻyicha aprel — iyun oylarida sarflanadigan dizel yoqilgʻisi meʼyori (tonna/gektar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kg — bugʻdoyni yetishtirishda agrotexnologik xarita boʻyicha aprel — iyun oylarida sarflanadigan dizel yoqilgʻisi meʼyori (tonna/gektar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Subsidiya summasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S=D×(N-B)

S — subsidiya miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N — bir tonna dizel yoqilgʻisining amalda xarid qilingan narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B — bir tonna dizel yoqilgʻisining bazaviy narxi (13 000 000 soʻm).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya miqdorini hisoblashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchi tomonidan belgilangan muddatda xarid qilingan subsidiya ajratilishi hisobga olinadigan dizel yoqilgʻisi miqdori (D) agrotexnologik xaritada belgilangan meʼyordan kam boʻlsa, hisob-kitoblarda amalda xarid qilingan dizel yoqilgʻisi miqdori, belgilangan meʼyordan ortiq boʻlsa, agrotexnologik xaritada belgilangan meʼyor miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dizel yoqilgʻisi narxining bazaviy narxdan oshgan qismi har bir tonna uchun 2 million soʻmdan ortiq boʻlgan taqdirda, 2 million soʻm deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Subsidiya ajratilganidan keyin subsidiya miqdoriga taʼsir qiluvchi, shu jumladan ekin maydoni, dizel yoqilgʻisining xarid qilingan miqdori va narxi, elektron hisobvaraq-faktura, birja shartnomalari, agrotexnologik xarita maʼlumotlarida xatolik aniqlangan yoki ularga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, Agentlik subsidiya miqdorini qayta hisoblaydi hamda bu haqda isteʼmolchiga Agroportal orqali uchish kuni ichida elektron shaklda xabar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Subsidiya quyidagi hollarda ajratilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchi dizel yoqilgʻisini birja savdolaridan tashqari xarid qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchi tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha Agroportalga konturlar kesimida maʼlumotlar joylashtirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dizel yoqilgʻisi agrotexnologik xaritada boshqa oylarda amalga oshirilishi nazarda tutilgan agrotexnik tadbirlarni bajarish maqsadida aprel — iyun oylarida xarid qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Isteʼmolchilarga subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik Agroportal orqali avtomatik tarzda hisoblangan subsidiya summasini u hisoblangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida isteʼmolchining tijorat bankidagi maxsus hisobvaragʻiga (23210) oʻtkazib beradi hamda bu haqda shu kunning oʻzida isteʼmolchini Agroportal orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tijorat banki isteʼmolchining maxsus hisobvaragʻiga (23210) kelib tushgan subsidiya mablagʻlarini, birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va ularga hisoblangan foizlar, shuningdek oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha mavjud qarzdorliklarni soʻndirishga yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli kreditlar va ularga hisoblangan foizlar, shuningdek oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorliklar toʻliq soʻndirilgandan soʻng subsidiya mablagʻlarining qolgan qismi, birinchi navbatda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzdorliklarni, soʻngra lizing toʻlovlari boʻyicha joriy qarzdorliklarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha oldindan toʻlovni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Imtiyozli kreditlar va ularga hisoblangan foizlar, oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorliklar, soliqlar va majburiy toʻlovlar hamda lizing toʻlovlari boʻyicha joriy qarzdorliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, subsidiya mablagʻlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchining asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda mazkur mablagʻlardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi erkin foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026 y., 10/26/3912/0796-son)