OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 410]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 315, 2024-yil 20-noyabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-iyul,
01/2-27 son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2026-yil 25-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 19-iyun
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 10-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri E. ADILOV
2026-yil 28-may
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-iyuldagi 01/2-27-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
SHNQ 2.01.08-24 “Shovqindan himoya”;
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari”;
SHNQ 2.03.13-24 “Pollar”;
SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.15-23 “Fotoelektrik stansiyalar (tizimlar)”;
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari”;
SHNQ 2.04.17-24 “Turar joy obyektlari, jamoat binolari va inshootlarining elektr jihozlari”;
SHNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.01.06-25 “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash”;
SanQvaN 0020-22 “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0247-08 “Simob, uning birikmalari va simob toʻldirilgan priborlar bilan ishlash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish va laboratoriya binolarini loyihalashtirish, jihozlash, ekspluatatsiya qilish va saqlash toʻgʻrisida sanitar qoidalar”;
SanQvaN 0194-06 “Rentgen xonalari, apparatlarini oʻrnatish va ishga tushirish hamda rentgen tadqiqotlarini olib borishga oid gigiyenik talablar”;
OʻzMSt EN 438-4:2024 (EN 438-4:2016, IDT) Yuqori bosimli dekorativ laminatlar (HPL) Termoreaktiv qatronlar asosidagi plitalar (odatda laminat deb ataladi) 4-qism: 2 mm va undan katta qalinlikdagi ixcham (kompakt) laminatlar uchun tasnif va texnik shartlar;
OʻzMSt EN 438-7:2024 (EN 438-7:2005+A1, IDT) Yuqori bosimli dekorativ laminatlar (HPL) Termoreaktiv qatronlar asosidagi listlar (odatda laminat deb ataladi) 7-qism: ichki va tashqi devor hamda shift qoplamalari uchun ixcham (kompakt) laminat va HPL kompozit panellari;
GOST 31311-2022 “Isitish asboblari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Приборы отопительные. Общие технические условия).”.
2. 20-banddagi “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 23-banddagi “SHNQ 2.03.10-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.10-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Ikki va undan ortiq qavatli tibbiy diagnostika markazlarining binolarida liftlar yoki mexanik koʻtargichlar nazarda tutilishi lozim.”.
5. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Uch qavatgacha boʻlgan davolash-profilaktika muassasalari binolarida kamida bitta zinapoya nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan maxsus koʻtarish moslamasi bilan jihozlanishi lozim.”.
6. Quyidagi mazmundagi 391-band bilan toʻldirilsin:
“39¹. Kuzatuvchi shaxslar, shu jumladan ota-onalari bilan birga joylashtiriladigan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan palata boʻlimlari binoning beshinchi qavatidan yuqori boʻlmagan qavatlarda joylashtirilishi lozim.
Kuzatuvchi shaxslarsiz, shu jumladan ota-onalarisiz joylashtiriladigan 7 yoshdan katta bolalar uchun moʻljallangan palata boʻlimlari, bolalar psixiatriya palata boʻlimlari, shuningdek keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan palata boʻlimlari binoning ikkinchi qavatidan yuqori boʻlmagan qavatlarda joylashtirilishi kerak.
Kattalar uchun moʻljallangan psixiatriya palata boʻlimlari binoning uchinchi qavatidan yuqori boʻlmagan qavatlarda joylashtirilishi zarur.”.
7. Quyidagi mazmundagi 541-band bilan toʻldirilsin:
“541. Tibbiyot tashkilotlarining stomatologiya va jarrohlik amaliyoti xonalari devorlarini ichki pardozlashda OʻzMSt EN 438-4:2024 hamda OʻzMSt EN 438-7:2024 talablariga muvofiq yuqori bosim ostida tayyorlangan laminat panellardan (HPL) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda panellarning yuzasi silliq, namlik oʻtkazmaydigan, yuviladigan, dezinfeksiya vositalari va mexanik taʼsirlarga chidamli boʻlishi, panellar tutashgan joylarning germetikligi taʼminlanishi lozim.”.
8. 142-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“142. Mazkur bob talablari yil davomida faoliyat yuritadigan, umumiy maydoni 2 000 m2 dan kam boʻlmagan, jarrohlik yoʻnalishidagi 100 va undan ortiq oʻringa moʻljallangan shifoxonalarni joylashtirish (favqulodda vaziyatlarda tashkil etish) uchun mavjud hamda yangi qurilayotgan binolarni moslashtirish loyihalariga tatbiq etiladi.”.
9. 144-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“144. Yer usti qavatlari soni ikki va undan ortiq boʻlgan liftsiz jamoat binolarini shifoxona sifatida foydalanish uchun moslashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tibbiyot muassasalari sifatida foydalanish uchun moslashtirilayotgan bino va inshootlarning olovbardoshlik darajasi II darajadan past boʻlmasligi lozim.”.
10. 149-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“149. Evakuatsiya zinapoya kataklarining marshlari va maydonchalari kengligi ushbu SHNQning 185-bandiga muvofiq qabul qilinishi lozim.”.
11. 170 va 171-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi “SHNQ 2.04.09-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 25-jadvalning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sogʻliqni saqlash, ijtimoiy xizmat koʻrsatish va sogʻlomlashtirish muassasalari binolarining asosiy funksional-tipologik guruhlari roʻyxati”.
13. 175-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“175. Evakuatsiya yoʻllarini ajratib turuvchi ichki devorlar va pardevorlar (shaffof materiallardan tayyorlangan) konstruksiyalar EI 45 yongʻinga chidamlilik chegarasiga ega boʻlishi hamda YoNM guruhiga mansub yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi lozim.”.
14. 183-banddagi “QMQ 2.01.05-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 187-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davolash palatalari mavjud koridorlar — 2,2 m;”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
16. 191-bandning beshinchi xatboshisidagi “QMQ 2.04.05-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 192-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.05-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 193-bandning ikkinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.04-18” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.04-18” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 201-banddagi “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 202-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.04.05-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. Quyidagi mazmundagi 2151-band bilan toʻldirilsin:
“2151. Tibbiyot tashkilotlarining stomatologiya va jarrohlik amaliyoti xonalari, laboratoriyalari, shuningdek toza havo bilan taʼminlanishi talab etiladigan boshqa xonalarida markaziy konditsiyalash tizimlari nazarda tutilishi lozim.”.
22. 222-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“222. Bakteriologiya va virusologiya laboratoriyalarida, shuningdek oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimining laboratoriya xonalarida markaziy isitish tizimi uchun GOST 31311-2022 talablariga muvofiq isitish panellari nazarda tutilishi lozim.”.
23. 11-bobning 3-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish”.
24. 232-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud boʻlgan aholi punktlarida quriladigan barcha turdagi tibbiyot tashkilotlarida ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlari nazarda tutilishi lozim.”.
25. 238-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“238. Markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud boʻlmagan hududlarda ichki suv taʼminoti tizimi tashkil etilganda, ichki oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi hamda mahalliy tozalash inshootlari nazarda tutilishi lozim.
Ichki oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud boʻlmagan binolarda ichki suv taʼminoti tizimini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
26. 239-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.04.17-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.17-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. 251-banddagi “QMQ 2.01.18-18” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.18-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28. 254-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “QMQ 2.01.04-18” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.04-18” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. 1-ilovaning 1-bandidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.