OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.08.06-23 “Taʼlim tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 411]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.06-23 “Taʼlim tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 313, 2024-yil 16-noyabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-iyul,
01/2-26-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari J. JABBOROV
2026-yil 22-iyun
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2026-yil 17-iyun
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
2026-yil 11-iyun
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
2026-yil 14-may
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 2-iyuldagi 01/2-26-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.08.06-23 “Taʼlim tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 1-bandda:
yettinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.18-18 “Binolar va inshootlar isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari”” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari”” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “SHNQ 2.03.10-19 “Tom va tom qoplamalar”” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari”” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “SHNK 2.04.09-07 “Bino va inshootlarni yongʻindan avtomatlashtirish”” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxsligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“SanQvaN 0102-25 “Turar joy obyektlarini loyihalashtirish va qurishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0020-22 “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”.”.
3. 2-banddan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 1-jadvalning 2 va 5-pozitsiyalaridagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 2-jadvalning 1 va 3-pozitsiyalaridagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 11-bandning birinchi xatboshisi, 12-bandning ikkinchi xatboshisi, 13-bandning birinchi, toʻqqizinchi va oʻn oltinchi xatboshilari, 15-bandning uchinchi xatboshisi hamda 16-banddagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 18-banddagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 27-banddagi “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 28-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.03.10-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.10-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 29-banddagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 36-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 94-banddagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 96-banddagi “SanQvaN 0092-99” va “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar tegishli ravishda “SanQvaN 0102-25” hamda “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 97-bandning birinchi xatboshisidagi “SanQvaN 0092-99” degan soʻzlar “SanQvaN 0102-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 98-band, 99-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi, 117-bandning oʻninchi xatboshisi hamda 9-jadvalning “Izoh” qismidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 136-bandning oltinchi xatboshisidagi “SanQvaN 0292-11” va “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar tegishli ravishda “SanQvaN 0020-22” hamda “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 138-bandning beshinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 7-bobning nomi, 143, 144-bandlar, 145-bandning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, 146-bandning birinchi xatboshisi, 147-bandning birinchi xatboshisi, 157-bandning birinchi, uchinchi va toʻqqizinchi xatboshilari, 158-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari, 159-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshilari, 160-band, 161-bandning birinchi xatboshisidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
19. 162-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiyani” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborishni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 166-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
21. 185-banddagi “SHNQ 2.04.09-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 12-jadvalning 3-pozitsiyasidagi “Professional” degan soʻz “Kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
23. 190-bandning birinchi xatboshisidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
24. 202-bandning birinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 13-jadvalning “Izoh” qismidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
26. 218-banddagi “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. 226-band, 227-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilari hamda 231-banddagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
28. 13-bobning 2-paragrafi nomidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. 234-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud boʻlgan aholi punktlarida quriladigan barcha turdagi taʼlim tashkilotlari binolarida ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlari nazarda tutilishi lozim.”.
30. 242-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“242. Markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud boʻlmagan hududlarda ichki suv taʼminoti tizimini tashkil etishda ichki oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi hamda mahalliy tozalash inshootlari nazarda tutilishi lozim.
Ichki oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud boʻlmagan binolarda ichki suv taʼminoti tizimini qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
31. 243-bandda:
birinchi xatboshidagi “kanalizatsiyasi” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari hamda maktab-internatlar, boshlangʻich kasbiy taʼlim tashkilotlarida (oshxona, shifokor xonasi, kimyo va biologiya xonalari uchun suv quvuri va oʻyiqqa tushiriladigan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi qurilishi sharti bilan).”.
32. 254-bandning uchinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. 255-bandning ikkinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.18-18” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.18-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34. 12-ilovaning nomidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.