OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3283-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-son qarori (roʻyxat raqami 3283, 2020-yil 29-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/3283/1470-son) bilan tasdiqlangan Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyul,
19/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. Muqaddima “mikromoliya bankiga” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank va mikromoliya bankiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 4-band “kredit” degan soʻzdan keyin “va (yoki) moliyalashtirilgan islomiy moliya operatsiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 9-bandning sakkizinchi xatboshisi “kredit mablagʻlarining” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha moliyalashtirishning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 17-bandning ikkinchi xatboshisi “boshqaruvining” degan soʻzdan keyin “, shuningdek bank islomiy moliya kengashining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 24-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankka aloqador shaxslarning kreditlari va (yoki) moliyalashtirilgan islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha toʻlov muddatlarini bankka aloqador boʻlmagan shaxslarning kreditlariga va (yoki) islomiy moliya operatsiyalariga nisbatan ustun shartlarda uzaytirish;”.
6. 25-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablar bankka aloqador shaxs yoki uning nomidan faoliyat koʻrsatuvchi shaxs bilan tuzilgan har qanday islomiy moliya operatsiyalari orqali moliyalashtirishga ham tatbiq etiladi.”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026 y., 10/26/3283-3/0755-son)