18.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3902
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 18.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3902
Kuchga kirish sanasi
20.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3902]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi O‘RQ-1126-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19/14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/14-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 16-apreldagi 3/2-son qarori (ro‘yxat raqami 3302, 2021-yil 7-may) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3302/0486-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining ichki auditiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasi “mikromoliya banklarida” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/9-son qarori (ro‘yxat raqami 3432, 2023-yil 8-may) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3432/0266-son) bilan tasdiqlangan Bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasi “mikromoliya banklari” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-son qarori (ro‘yxat raqami 3697, 2025-yil 28-oktabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., № 10/25/3697/0992) bilan tasdiqlangan Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasi “mikromoliya banklari” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3902/0758-son)