Oʻzbekiston respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3663-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/11-son qarori (roʻyxat raqami 3663, 2025-yil 11-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3663/0725-son) bilan tasdiqlangan Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyul,
19/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari, oraliq banklar hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibini belgilaydi.”.
2. 6-banddagi “(bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi)” degan soʻzlar “va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 9-bandda:
birinchi xatboshidagi “litsenziyasi” degan soʻz “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasi (litsenziyalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“n — hisobot choragida bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berilgan sanadan hisobot choragi yakunigacha oʻtgan kunlar soni yoki hisobot choragi boshidan hisobot choragida bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) chaqirib olingan sanagacha boʻlgan kunlar soni.”.
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Bankning depozit bazasini aniqlash tartibi Omonatlarni kafolatlash agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda bank tomonidan jalb qilingan investitsiyaviy omonatlar (depozitlar) summasi inobatga olinmasligi lozim.”.
5. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Markaziy bank tomonidan omonatlarga pul mablagʻlari jalb qilinishining toʻxtatib turilishi yoki bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaning (litsenziyalarning) chaqirib olinishi bankni tegishli chorak uchun kalendar badalni toʻlashdan ozod etmaydi. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasi (litsenziyalari) chaqirib olingan bank tomonidan soʻnggi kalendar badal qonunchilikda belgilangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbatiga asosan toʻlanadi.”.
6. 18-banddagi “litsenziya” degan soʻz “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 26-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “litsenziya” degan soʻz “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 30-banddagi “litsenziya” degan soʻz “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3663-1/0757-son)