06.07.2026 yildagi KQ-368-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 06.07.2026 yildagi KQ-368-V-son
Kuchga kirish sanasi
06.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablarida oʻqitiladigan “Kelajak soati” mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirishda davlat organlari va tashkilotlarining ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablarida oʻqitiladigan “Kelajak soati” mashgʻulotlarini mazmunan boyitish, oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalari, hayotiy kompetensiyalar, huquqiy, maʼnaviy, moliyaviy, ekologik va raqamli madaniyatni shakllantirish, mazkur jarayonda davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralarning “Kelajak soati” mashgʻulotlari oʻquv dasturini davlat organlari va tashkilotlari ishtirokida takomillashtirish boʻyicha taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumtaʼlim maktablarida oʻqitiladigan “Kelajak soati” mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Kelajak soati” mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Ishchi guruhning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Kelajak soati” mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy, moliyaviy va raqamli savodxonlikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzi, ekologik madaniyat va fuqarolik masʼuliyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligi yoʻnalishlarida davlat organlari va tashkilotlari bilan tizimli hamkorlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishchi guruh (O. Mamatkarimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan vazifalarning toʻliq va sifatli ijro etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan vazifalar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur ijrosini taʼminlashda yuzaga keladigan muammo hamda toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflarni masʼul davlat organlari va tashkilotlariga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birga Ishchi guruhning faoliyat yuritishi uchun Respublika taʼlim markazida zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Masʼul vazirlik va idoralar 2026-yil 30-iyulga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur bilan oʻziga biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha tezislarni maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar (3 — 7 yosh) va umumtaʼlim maktablarining 1 — 4, 5 — 8 hamda 9 — 11-sinflar oʻquvchilarining yosh, psixofiziologik va kognitiv xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar va oʻquvchilar uchun talab etiladigan yoʻnalishlar boʻyicha videodarslar, taqdimotlar, alohida keyslar, interaktiv mashgʻulotlar, qoʻshimcha raqamli kontentlar tayyorlasin va Ishchi guruhga (E. Karimovaga) taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari E. Karimova taqdim qilingan tezislar va materiallar asosida 2026-yil 1-avgustga qadar takomillashtirilgan “Kelajak soati” mashgʻuloti oʻquv-metodik majmualarini, pedagoglar uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalarni, shuningdek, ota-onalar va mahalla faollari uchun axborot materiallarini, jumladan, raqamli kontentlarni Ishchi guruh muhokamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 6-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-368-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 6-iyuldagi KQ-368-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablarida oʻqitiladigan “Kelajak soati” mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Vazirlik/idora

Talab etiladigan yo'nalishlar

Amalga oshiriladigan ishlar

Kutilayotgan natija

1.

Ichki ishlar vazirligi

huquqbuzarlik profilaktikasi,

voyaga yetmaganlar javobgarligi,

kamsitish (bulling) va uning oqibatlari,

kiberjinoyatchilik,

giyohvandlikni oldini olish, yo'l harakati xavfsizligi.

1. Tegishli yo'nalishlarga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Inspektor-psixologlar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish.

3. Maktablarda davra suhbatlarini uyushtirishni rejalashtirish.

4. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish.

O'quvchilarda qonunga itoatkorlik va xavfsizlik madaniyati shakllanadi.

2.

Bosh prokuratura

qonun ustuvorligi,

huquqbuzarliklar profilaktikasi,

fuqarolik masʼuliyati.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda davra suhbatlarini uyushtirishni rejalashtirish.

3. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish.

O'quvchilarning qonunga itoatkorligi yuksaladi, huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiluvchi hayotiy ko'nikmalar shakllanadi.

3.

Adliya vazirligi

konstitutsiya asoslari,

inson huquqlari,

fuqarolik masʼuliyati,

huquqiy munosabatlar.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlarini uyushtirishni rejalashtirish.

3. Aniq keyslar misolida tegishli mavzularga doir turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish.

O'quvchilarning huquqiy ongi va madaniyati oshiriladi.

4.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

ilm-fan bilan shug'ullanish,

innovatsiyalarni o'zlashtirish,

innovatsion fikrlash,

tadqiqotchilik ko'nikmalari.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Yosh olim va tadqiqotchilar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish.

3. Maktablarda ilmiy suhbat va fan olimpiadalarini tashkil qilish.

4. Maktablarda master-klas va laboratoriyalar namoyishlarini o'tkazish.

5. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda ilmiy tafakkur va innovatsion fikrlash rivojlanadi.

5.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT kasblari,

dasturlash asoslari,

raqamli xavfsizlik,

kibergigiyena,

xabarlarni saralash,

sunʼiy intellekt,

startaplar.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Yosh dasturchilar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish.

3. Maktablarda master-klas va ixtirolar namoyishlarini o'tkazish.

4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda raqamli savodxonlik va zamonaviy kasblarga qiziqish ortadi.

6.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

mehnat bozori,

kasblar,

kasb tanlash,

rezume yozish,

ishga qabul jarayonlari.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda kasb yarmarkalarini o'tkazish.

3. Treninglar ishlanmasini yaratish.

4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilar ongli kasb tanlashga tayyorlanadi.

7.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

shaxsiy moliya,

budjet,

iqtisodiyot,

soliqlar,

investitsiya asoslari.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Treninglar ishlanmasini yaratish.

3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda moliyaviy savodxonlik shakllanadi.

8.

Sog'liqni saqlash vazirligi

sog'lom turmush tarzi,

shaxsiy gigiyena,

ruhiy salomatlik,

stressni boshqarish,

birinchi tibbiy yordam.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Sog'lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik bo'yicha mahallaga biriktirilgan xodimlar tomonidan suhbatlar tashkil etish.

3. Maktablarda ko'rgazma va master-klaslar tashkil qilish.

4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda sog'lom turmush ko'nikmalari shakllanadi.

9.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

yong'in xavfsizligi,

tabiiy ofatlar,

favqulodda holatlarda to'g'ri harakat qilish.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Soha vakillari tomonidan maktabda dars mashg'ulotini o'tish.

3. Maktablarda ko'rgazma va o'quvlar tashkil qilish.

4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik oshadi.

10.

Madaniyat vazirligi

milliy qadriyatlar,

milliy o'zlik,

milliy kuy va qo'shiqlar,

milliy raqs,

kino.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda davra suhbatlari va ijodiy kechalar tashkil qilish.

3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda milliy o'zlik va ijodkorlik rivojlanadi.

11.

Sport vazirligi

sog'lom hayot tarzi,

jamoada ishlash,

qatʼiy intizom,

kurashchanlik psixologiyasi.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda turli sport musobaqalarini tashkil qilish.

3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda jismoniy faollik va intizom kuchayadi.

12.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

takomillashtirilgan dastur konsepsiyasini ishlab chiqish,

o'quv rejasi va davlat taʼlim standartiga integratsiya qilish,

o'qituvchilarni tayyorlash.

1. Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan materiallarni umumlashtirish.

2. O'quvchilarning yoshiga moslashtirish.

3. “Kelajak soati” mashg'uloti o'quv dasturini takomillashtirish.

4. “Kelajak soati” mashg'uloti bo'yicha pedagoglarni tayyorlash metodologiyasini ishlab chiqish (maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, pedagoglar malakasini oshirish va oliy taʼlim muassasalarida).

5. Amaliyotga joriy qilish.

“Kelajak soati” mashg'uloti o'quv dasturi takomillashtiriladi va pedagoglarga metodik yordam ko'rsatiladi.

13.

Yoshlar ishlari agentligi

liderlik,

volontyorlik,

jamoatchilik faolligi,

loyihalar boshqaruvi,

fuqarolik pozitsiyasi,

vatanparvarlik,

tanqidiy fikrlash,

muammo yechish,

ijodiy fikrlash,

qaror qabul qilish.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Yosh liderlar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish.

3. Maktablarda turli aksiyalar uyushtirishni rejalashtirish.

4. Trening va ochiq dars ishlanmalarini yaratish.

5. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish.

O'quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi rivojlanadi va yangi ko'nikmalar shakllanadi.

14.

Madaniy meros agentligi

tarixiy obidalar,

milliy anʼanalar,

milliy hunarmandchilik,

sanʼat va kreativ industriya,

milliy merosni asrash va undan oqilona foydalanish,

muzey va arxeologik yodgorliklar.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

3. Tarixiy obidalar, muzeylar va arxeologik yodgorliklarga ekskursiyalar hamda virtual sayohatlar uchun taʼlimiy resurslar yaratish.

4. Madaniy meros obyektlarining interaktiv xaritalarini yaratish.

O'quvchilarda milliy merosga hurmat, vatanparvarlik, madaniy identiklik va tarixiy xotirani asrashga masʼuliyat shakllanadi.

15.

Yozuvchilar uyushmasi

kitobxonlik madaniyati,

ijodkorlik va nutq madaniyati,

vatanparvarlik,

insonparvarlik,

tafakkurni rivojlantirish.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda davra suhbatlari va ijodiy kechalar tashkil qilish.

3. Kitobxonlik bo'yicha tavsiyalar, ijodiy mashqlar to'plami va namunaviy ssenariylar to'plamini yaratish.

4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda kitob mutolaasiga qiziqish, mustaqil fikrlash, ijodiy yozish, nutq madaniyati va milliy adabiyotga hurmat shakllanadi.

16.

Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi

ekologiyani asrash,

iqlim o'zgarishi,

chiqindilarni saralash,

yashil makon,

yashil iqtisodiyot.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda davra suhbatlari tashkil qilish.

3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda ekologik madaniyat rivojlantiriladi.

17.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

milliy va umuminsoniy qadriyatlar,

maʼnaviy immunitet,

mafkuraviy immunitet,

fuqarolik masʼuliyati,

umummilliy maqsadlar.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

3. Maʼnaviy-maʼrifiy mavzular bo'yicha metodik tavsiyalar, ssenariylar va interaktiv mashg'ulotlar tayyorlash.

4. Maʼrifiy aksiyalar, tanlovlar va ijtimoiy loyihalarni tashkil etish bo'yicha uslubiy ko'mak ko'rsatish,

5. Takomillashtirilgan dastur konsepsiyasini ishlab chiqishda MMTVga ko'maklashish.

O'quvchilarda maʼnaviy barqarorlik, milliy o'zlikni anglash, kitobxonlik madaniyati, axborotni tanqidiy baholash va fuqarolik masʼuliyati shakllanadi.

18.

Turizm qo'mitasi

respublikaning turizm salohiyati,

tarixiy obyektlar va ziyoratgohlar,

mehmondo'stlik,

ekologik turizm,

sayyohlik odobi.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

3. Turizm sohasidagi zamonaviy kasblar va karyera imkoniyatlari haqida tanishtiruvchi materiallar tayyorlash.

O'quvchilarda Vatan tarixi va tabiatiga hurmat, ichki turizm madaniyati, mehmondo'stlik, ekologik masʼuliyat va turizm sohasiga qiziqish shakllanadi.

19.

Din ishlari bo'yicha qo'mita

dinlararo bag'rikenglik,

vijdon erkinligi,

milliy qadriyatlarga hurmat,

diniy radikallashuv oqibatlari,

ekstremistik g'oyalar profilaktikasi,

diniy ruhdagi kontentni to'g'ri baholash.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilarda bag'rikenglik, diniy sohada to'g'ri tushuncha va axborotni tanqidiy baholash ko'nikmalari shakllanadi.

20.

Markaziy bank

bank xizmatlari,

raqamli to'lovlar,

moliyaviy xavfsizlik.

Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar va raqamli kontentlar tayyorlash.

Oʼquvchilarda bank xizmatlaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasi shakllanadi.

21.

Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik subyektlari

tadbirkorlik asoslari,

biznesni rejalashtirish,

marketing.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish.

3. Maktablarda turli aksiyalar uyushtirishni rejalashtirish.

4. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish.

O'quvchilarda tadbirkorlik ko'nikmalari rivojlanadi.

22.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

halollik,

manfaatlar to'qnashuvi,

korrupsiyaning zarari.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash.

2. Maktablarda turli davra suhbatlarini tashkil qilish.

3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish.

O'quvchilar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirishga erishiladi.

23.

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi

oila qadriyatlari,

gender madaniyati,

oilaviy munosabatlar,

oilaviy hayotga tayyorgarlik.

1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash va turli tadbirlarda ishtirok etish.

2. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish.

O'quvchilar ongida oilaga nisbatan hurmat hissi rivojlanadi.

24.

Bolalar ombudsmani

bola huquqlari,

xavfsiz muhit,

bolaga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish.

Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar va raqamli kontentlar tayyorlash.

O'quvchilarda o'z huquqlari haqida bilim va tushunchalari oshiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: “Kelajak soati” mashgʻulotlari bogʻcha bolalari (3 — 7 yosh), 1 — 4-sinflar, 5 — 8-sinflar va 9 — 11-sinflar uchun alohida oʻquv dastur va ssenariylar asosida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar tomonidan tegishli mavzularga doir qisqa tezislar va raqamli kontentlarni tayyorlashda mazkur yosh xususiyatlarni inobatga olinishi maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar oʻz tashabbuslaridan kelib chiqqan holda jadvalning “Talab etiladigan yoʻnalishlar” va “Amalga oshiriladigan ishlar” qismlariga toʻldirishlar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 6-iyuldagi KQ-368-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kelajak soati” mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi, Ishchi guruh rahbari

2.

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Ishchi guruh rahbari o'rinbosari

Ishchi guruh aʼzolari

3.

Raxmonova Surayyo Maxmudovna

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani)

4.

Nosirov Xabibullo Xikmatullo o'g'li

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori o'rinbosari

5.

Fayziyeva Nozima Avazbek qizi

Sog'liqni saqlash vazirligi departament boshlig'i

6.

Qosimov Nodir Ulug' o'g'li

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig'i

7.

Mavlanova Nargiza Eshkuziyevna

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisining maslahatchisi

8.

Baxritdinov G'ayrat Hayot o'g'li

Bosh prokuratura katta prokurori

9.

Bazorov Mirkomil Maxmudovich

Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i

10.

Ikromov Elyor Baxromovich

Markaziy bank bo'lim boshlig'i

11.

Burxanitdinov Bahrom Bahodirovich

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bo'lim boshlig'i

12.

Tursunov Alisher Narimonovich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo'lim boshlig'i

13.

Xamroyev Farrux Iskandarovich

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig'i oʻrinbosari

14.

Bozorva O'g'iloy Tolip qizi

Ichki ishlar vazirligi bo'lim boshlig'i

15.

Turopxo'jayev Anvar G'anixo'jayevich

Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i

16.

Arziqulov Muqim O'ralovich

Sport vazirligi bo'lim boshlig'i

17.

Kupaysinov Ilxomjon Bozorbayevich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig'i

18.

Kurbonov Erkin Shavkatovich

Raqamli texnologiyalar vazirligi bo'lim boshlig'i

19.

Begmatov Shuhrat

Madaniy meros agentligi bo'lim boshlig'i

20.

Satimbayev Mansurbek Ahmadjon o'g'li

Turizm agentligi bo'lim boshlig'i o'rinbosari

21.

Ochilov Begmat Axmatovich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bo'lim boshlig'i

22.

Axmedova Iroda Shoxidbekovna

Din ishlari bo'yicha qo'mitasi bo'lim boshlig'i

23.

Zoxidova Maʼmura Nasrullayevna

Yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i

24.

Kokanova Nursulu

Yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi

25.

Xasanov Sayidjahon Zokirjon o'g'li

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti “Green University” birinchi prorektori

26.

Aslanova Laylo Olimovna

Yoshlar parlamenti raisi

27.

Sadullayev Rasulbek Palvanbayevich

Savdo-sanoat palatasi bosh mutaxassisi

28.

Farmanov Bobur Baxromovich

“Ziyo forum” fondi direktori

29.

Axmedov Xurshid Po'latjonovich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bosh mutaxassisi

30.

Turdiyev Azizbek Anvarjonovich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o'rinbosari, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.