26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3863
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3863
Kuchga kirish sanasi
30.09.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3863]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Arxiv ishi va ish yuritish talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 21-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) vakolatiga kiradigan masalalarga doir nodavlat arxivlari boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida arxiv ishi va ish yuritish talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Agentlik vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Agentlik tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼiy nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularni mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga (sub-koʻrsatkichlarga) tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sub-koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda har bir asosiy koʻrsatkichning bahosi ushbu koʻrsatkich ostidagi sub-koʻrsatkichlar bahosining yigʻindisidan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlar boʻyicha mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalangan holda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi iyundagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Arxiv faoliyatini tashkil etish

10

1.1.

Hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini (maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlari sifatida) koʻrsatish boʻyicha talablarga rioya etilmaganligi

2

1.2.

Nodavlat arxiv mutaxassisining (xodimi yoki ishchisi) arxiv ishi boʻyicha malakasi oshirilganligi

2

1.3.

Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning mavjud emasligi

2

1.4.

Arxiv mos bino va xonalarda tashkil etilmaganligi

2

1.5.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan Agentlikning (yoki hududiy boshqarmalarining) arxiv ishini yuritishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalarini bajarilmaganligi

2

2.

Arxiv faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish

15

2.1.

Nodavlat arxivlar qayta tashkil etishda mulkdor (muassis) arxiv hujjatlarining holati (joylashgan joyi, tarkibi, miqdori va taqsimlanishi) toʻgʻrisidagi axborotni Agentlikka qayta tashkil etish boshlanishidan kamida 1 oy oldin yuborilmaganligi

1

2.2.

Arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash va ularning keyinchalik saqlanish joyi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida yigʻmajildlar va mol-mulkni topshirish uchun tuzilgan tugatish komissiyasi tarkibiga Agentlikning hududiy boshqarmasi vakili kiritilmaganligi

1

2.3.

Nodavlat arxivi qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlari tegishli davlat arxivlari bilan kelishilmagan holda mazkur arxivning huquqiy vorisiga topshirilmaganligi

3

2.4.

Nodavlat arxiv tugatilayotganda arxivning mulkdorlari (muassislari) mazkur arxivning arxiv fondlarini boshqa arxivlarga belgilangan tartibda oʻz vaqtida topshirish uchun tegishli chora-tadbirlar koʻrilmaganligi

5

2.5.

Arxiv tugatilayotganda alohida olingan arxiv fondini turli arxivlar, shu jumladan, idoraviy arxivlar oʻrtasida uni boʻlgan holda taqsimlanganligi

5

3.

Arxiv xizmatlarini koʻrsatish

20

3.1.

Arxiv tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati tasdiqlanmaganligi

2

3.2.

Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarni belgilangan tartibda bajarilmaganligi

3

3.3.

Kasbiy kompetentlik guvohnomasiga ega boʻlmagan mutaxassislar (xodimlar yoki ishchilar) tomonidan tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirilganligi

5

3.4.

Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga pul undirilganligi

5

3.5.

Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibiga rioya etmaganligi

5

4.

Arxiv hujjatlarining hisobini yuritish

25

4.1.

Arxiv fondi varagʻi va arxiv fondi yigʻmajildi mavjud emasligi

5

4.2.

Arxiv roʻyxati mavjud emasligi

5

4.3.

Arxiv fondlarining roʻyxati mavjud emasligi

5

4.4.

Oʻzlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etmaganligi

5

4.5.

Hujjatlarning kelib tushish kitobi mavjud emasligi

5

5.

Arxiv hujjatlarini jamlash va but saqlash

30

5.1.

Qogʻozli manbalardagi arxiv hujjatlari temir stellajlar va shkaflarda gorizontal yoki vertikal shaklda, qutilarda va boshqa turdagi saqlash vositalarida (papka, futlyarlar va shu kabilarda) saqlanmaganligi

2

5.2.

Arxiv hujjatlarini saqlashning normativ rejimlariga rioya etilmaganligi

3

5.3.

Arxiv hujjatlarini arxivga tartibga keltirilmagan holda va tegishli ilmiy-maʼlumotnoma apparatisiz qabul qilinganligi

5

5.4.

Arxiv saqlovxonalarini xavfsizlik va saqlash vositalari bilan jihozlanmaganligi

10

5.5.

Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini qabul qilinganligi

10

Jami:

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2026 y., 10/26/3863/0642-son)