Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Qarori
Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik meʼyorlariga (0053-23-son SanQvaN) oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 405]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik meʼyorlarining (0053-23-son SanQvaN) (hisob raqami 205, 2023-yil 8-sentabr) 1-ilovasi 110 va 111-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||||||
110. | Muallaq moddalar | 0,5 | 0,15 | 0,08 | rezorbtiv | 3 |
111. | Muallaq moddalar zarralari PM 10 | 0,35 | 0,075 | 0,04 | rezorbtiv | - |
”. |
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-iyun,
6-son
Kelishildi:
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari I. QUTBIDDINOV
2026-yil 8-iyun