09.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3853
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi, 09.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3853
Kuchga kirish sanasi
11.09.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3853]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir E. KARIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori B. YULDASHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 7-may

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 18-maydagi 35-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga (bundan buyon matnda oliy taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika taʼlim yoʻnalishi — mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish amalga oshiriladigan pedagogika taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatida belgilangan oliy taʼlim yoʻnalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish — oliy taʼlim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan oʻtkazish orqali tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi diagnostika — oliy taʼlim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini mazkur yoʻnalishlardagi taʼlim dasturlari mazmuniga muvofiq tuzilgan test sinovlari asosida baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi diagnostikadan oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish amalga oshiriladigan pedagogika taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatida belgilangan pedagogika taʼlim yoʻnalishlari (bundan buyon matnda pedagogika taʼlim yoʻnalishlari deb yuritiladi) boʻyicha har oʻquv yilida bir marta bahorgi semestrda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi diagnostikaga pedagogika taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat bosqichida bir akademik guruhda tahsil olayotgan uchinchi bosqich talabalari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pedagogika taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtganiga bir yil toʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlari tashqi diagnostikaga jalb qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tashqi diagnostikani tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi diagnostikadan oʻtkazish uchun har oʻquv yilining sentabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan quyidagi tarkibda kamida 5 nafar malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh raisi — Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh raisi oʻrinbosari — Vazirlikning Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh aʼzolari — pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni kasbiy rivojlantirish boʻyicha malakali mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh kotibi — pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni kasbiy rivojlantirish boʻyicha mutaxassis.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishchi guruh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi diagnostikadan oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi diagnostikaga jalb etiladigan akademik guruhlarni tanlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi diagnostika natijalariga muvofiq har bir pedagogika taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlari natijalaridan norozi boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarining murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashqi diagnostika mazkur Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik tomonidan har oʻquv yilining sentabr oyida oliy taʼlim tashkilotidagi pedagogika taʼlim yoʻnalishlari talabalari sonidan (talabalar sonining koʻpligiga ustuvorlik beriladi) kelib chiqib, tashqi diagnostikadan oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkilotlarining pedagogika taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va tashqi diagnostikadan oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkilotlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashqi diagnostikadan oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkilotlari har oʻquv yilining noyabr oyi yakuniga qadar pedagogika taʼlim yoʻnalishlari va unda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha maʼlumotlarni hamda taklif va eʼtirozlarini Vazirlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik tomonidan har oʻquv yilining dekabr oyida mazkur Nizomning 9-bandidagi maʼlumotlar asosida tashqi diagnostika oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkilotlarining pedagogika taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati qayta koʻrib chiqiladi va tashqi diagnostikadan oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi hamda bu haqda oliy taʼlim tashkilotlariga uch ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Talabalar bilimini tashqi diagnostikadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashqi diagnostika test sinovlari shaklida Vazirlikning Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) masʼul xodimlari tomonidan oliy taʼlim tashkilotida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz tomonidan har oʻquv yilining fevral oyida pedagogika taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim dasturlari mazmunidan kelib chiqib testlar bazasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Test sinovlari talaba tahsil oladigan tilda, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabalarga 50 ta test topshirigʻi va ularni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 100 ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz test jarayonining xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash, talabalarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda test sinovlari natijalari boʻyicha toʻliq maʼlumotlar berish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz test materiallarining sifatli, nuqsonsiz hamda maxfiylikni saqlagan holda tayyorlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Test sinovlarini oʻtkazish jarayoni foto va videotasvirga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Test sinovlari boshlangandan keyin Markazning masʼul xodimlaridan boshqa shaxslar test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga kiritilmaydi va test savollari boʻyicha talabalar bilan savol-javob qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Test sinovlari oʻtkazilayotganda talabalar, Markazning masʼul xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan uyali telefonlar hamda boshqa aloqa va texnika vositalarini test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga olib kirilishi va ulardan foydalanilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Test sinovlari mazkur Nizomning 3-ilovasidagi Test sinovlari natijalarini baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Test sinovlari natijalari talabaning oʻqish davomidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga taʼsir qilmaydi va ularning reyting ballini jamlashda hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabalar test sinovlariga jalb qilinganda ularning dars jadvallariga oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oliy taʼlim tashkiloti tashqi diagnostikaga talabalarning toʻliq jalb etilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlariga jalb qilingan talaba uzrli sabablarga koʻra (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilganda, homiladorlik, tugʻish hamda bola parvarishi qilish taʼtili, yaqin qarindoshining vafot etganligi va boshqalar sababli) qatnasha olmagan hollarda oliy taʼlim tashkiloti Vazirlikni yozma xabardor qilishi hamda asoslovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaz tomonidan oliy taʼlim tashkilotlari va pedagogika taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi test sinovlari natijalari test sinovlari oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ishchi guruhga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishchi guruh tomonidan test sinovlari natijalari asosida tashqi diagnostika natijalari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

TD — tashqi diagnostika natijasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1TTB+2TTB++nTTBhar bir talabaning test ballari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TStest sinovida ishtirok etgan talabalar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishchi guruh tomonidan tashqi diagnostikadan oʻtkazish natijalari asosida oʻn besh ish kuni ichida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanadi hamda Vazirlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlik tomonidan tashqi diagnostikadan oʻtkazish natijasida 56 ball va undan yuqori koʻrsatkich qayd etilgan pedagogika taʼlim yoʻnalishi “talablarga javob beradigan”, 56 baldan past koʻrsatkich qayd etilgan pedagogika taʼlim yoʻnalishi “talablarga javob bermaydigan” deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan tahliliy maʼlumotnoma Vazirlik tomonidan umumlashtirilib, uch ish kuni ichida oliy taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vazirlik tomonidan tashqi diagnostikadan oʻtkazish natijalariga koʻra “talablarga javob bermaydigan” deb topilgan pedagogika taʼlim yoʻnalishi roʻyxati shakllantiriladi hamda tashqi diagnostikadan oʻtkazish yakunlangandan soʻng bir oy ichida taʼlim tashkilotini xavfni tahlil qilish asosida navbatdan tashqari oʻrganish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tashqi diagnostika natijalari yuzasidan murojaat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Test sinovlari natijalaridan norozi boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari tashqi diagnostika natijalari yuborilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida ishchi guruhga yozma ravishda murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishchi guruh muammoli holatlarga aniqlik kiritish uchun jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishchi guruh yigʻilishlarida aʼzolarning yarmidan koʻpi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Murojaat roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda, qoʻshimcha oʻrganishlar talab etilganda qoʻshimcha besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatning koʻrib chiqish kuni haqida murojaat etuvchi oliy taʼlim tashkiloti bir kun oldin xabardor qilinadi va oliy taʼlim tashkilotining masʼul xodimi murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha yigʻilishda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishchi guruh oliy taʼlim tashkilotining murojaatini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test topshiriqlarining toʻgʻri tuzilganligi hamda baholanganligi, test sinovi materiallarida xato va kamchiliklar, shuningdek, test sinovlarini oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, test sinovlari natijalarini oʻzgartirishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test topshiriqlarining toʻgʻri tuzilganligi hamda baholanganligi, test sinovi materiallarida xato va kamchiliklar, shuningdek, test sinovlarini oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, test sinovlarini qayta oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhning xulosasi koʻrib chiqish yakunlangan kunda murojaat etuvchi oliy taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Manfaatdor shaxslar tashqi diagnostika oʻtkazishdan norozi boʻlgan taqdirda, sudga yoki vakolatli organlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish amalga oshiriladigan pedagogika taʼlim yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Bilim va taʼlim sohalari, oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar nomi

Bitiruvchiga beriladigan kvalifikatsiya

Kod

Yoʻnalish nomi

1.

60110100

Pedagogika

Tarbiya fani oʻqituvchisi

2.

60110200

Maktabgacha taʼlim

Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogi va uslubchisi

3.

60110300

Maxsus pedagogika

Oʻqituvchi-logoped

Oʻqituvchi-surdopedagog

Oʻqituvchi-oligofrenopedagog

4.

60110400

Boshlangʻich taʼlim

Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi

5.

60110500

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

Tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi

6.

60110600

Musiqa taʼlimi

Musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi

7.

60110700

Oʻzbek tili va adabiyoti

Oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

8.

60110800

Ona tili va adabiyoti

Qirgʻiz tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Qozoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Tojik tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Turkman tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

9.

60110900

Xorijiy til va adabiyoti

Fransuz tili fani oʻqituvchisi

Ingliz tili fani oʻqituvchisi

Koreys tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Nemis tili fani oʻqituvchisi

10.

60111000

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim

Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi

11.

60111100

Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi

Tarbiya va huquq fani oʻqituvchisi

12.

60111200

Jismoniy madaniyat

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi

13.

60111300

Texnologik taʼlim

Texnologiya fani oʻqituvchisi

14.

60220300

Tarix

Tarix fani oʻqituvchisi

15.

60230100

Filologiya va tillarni oʻqitish

Rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Sharq va gʻarb tillari fani oʻqituvchisi

Tojik tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Qozoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Turkman tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

16.

60510100

Biologiya

Biologiya fani oʻqituvchisi

17.

60530100

Kimyo

Kimyo fani oʻqituvchisi

18.

60530200

Geografiya

Geografiya fani oʻqituvchisi

19.

60530500

Fizika

Fizik-oʻqituvchi

Fizika va astronomiya oʻqituvchisi

20.

60530700

Astronomiya

Astronom-oʻqituvchi

21.

60540100

Matematika

Matematika fani oʻqituvchisi

22.

60540200

Amaliy matematika

Matematika va informatika fani oʻqituvchisi

23.

61010200

Sport faoliyati

Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi

24.

61010300

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport

Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Tashqi diagnostikani tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

Vazirlik

1. Ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi.

2. Tashqi diagnostikadan oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkilotlarining pedagogika taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi va oliy taʼlim tashkilotiga yuboradi.

Har oʻquv yilining sentabr oyida

Oliy taʼlim tashkilotlari

Pedagogika taʼlim yoʻnalishlari va unda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlikka taqdim etadi.

Har oʻquv yilining noyabr oyi yakuniga qadar

Vazirlik

1. Tashqi diagnostika oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkilotlarining pedagogika taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati qayta koʻrib chiqiladi va tashqi diagnostikadan oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.

Har oʻquv yilining dekabr oyida

2. Tashqi diagnostikadan oʻtkaziladigan oliy taʼlim tashkilotlariga xabarnoma yuboriladi.

Uch ish kuni ichida

Markaz

1. Testlar bazasini shakllantiradi.

Har oʻquv yilining fevral oyida

2. Test sinovlarini oʻtkazadi.

Vazirlik tomonidan belgilangan muddatda

3. Test sinovlari natijalarini ishchi guruhga taqdim etadi.

uch ish kuni ichida

Oliy taʼlim tashkilotlari

Talabalarni test jarayonida toʻliq ishtirokini taʼminlaydi.

Belgilangan muddatda

Ishchi guruh

1. Test sinovlari natijalari asosida tashqi diagnostika natijalarini aniqlaydi.

2. Tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanadi hamda Vazirlikka taqdim etiladi.

oʻn besh ish kuni ichida

Vazirlik

Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan tahliliy maʼlumotnomani umumlashtirib oliy taʼlim tashkilotiga yuboradi.

uch ish kuni ichida

Ishchi guruh

Tashqi diagnostikadan oʻtkazish natijalari yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

oʻn kun ichida

Vazirlik

Tashqi diagnostikadan oʻtkazish natijalariga koʻra “belgilangan talablarga javob bermaydigan” deb topilgan pedagogika taʼlim yoʻnalishi roʻyxati shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga taqdim etadi.

Tashqi diagnostikadan oʻtkazish yakunlangandan soʻng bir oy ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari natijalarini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAHOLASH MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Maksimal ball

1

Talabaning fan va uni oʻqitish metodikasi boʻyicha kompetensiyasi

40

2

Talabaning pedagogik va psixologik kompetensiyasi

20

3

Talabaning sinfni boshqarish kompetensiyasi

15

4

Talabaning oʻquvchilarning bilimlarini baholash kompetensiyasi

25

Jami:

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026 y., 10/26/3853/0573-son)