Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3431-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 8/3-son qarori (roʻyxat raqami 3431, 2023-yil 5-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3431/0265-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-may,
15/2-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 12-may
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 13-may
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“benefitsiar mulkdor — toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotiga pirovardida egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs (jismoniy shaxslar).”.
2. 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori yoxud muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-bobning nomidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi — beshinchi xatboshilardagi “muassislar (aksiyadorlar)” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdor, muassislar (aksiyadorlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026 y., 10/26/3431-3/0569-son)