ILOVA
ILOVA
| Lavozim, kasb yoki boʻlim nomi | Davlat arxivlari xodimlarining soni va lavozimlarni kiritishning normalari |
| I. Boshqaruv apparati | |
| Direktor | Har bir davlat arxivlari uchun 1 shtat birligi. |
| Direktor oʻrinbosari | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. |
| Bosh buxgalter | Alohida yuridik shaxs maqomiga ega davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Buxgalter | Xodimlarning soni 50 nafardan ortiq boʻlgan alohida yuridik shaxs maqomiga ega davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Fuqaro muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassis | Oʻta muhim, toifalangan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Fondlar bosh saqlovchisi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Inson resurslari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis | Alohida yuridik shaxs maqomiga ega davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| II. Tarkibiy tuzilmalar (boʻlimlar) va lavozimlar | |
| Arxiv hujjatlarining saqlovini taʼminlash va davlat hisobini yuritish boʻlimi: | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivida tashkil etiladi. |
| Boʻlim mudiri | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Arxiv saqlovxonasi mudiri | Saqlov birligi hajmi 1000 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. |
| Bosh arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. |
| Yetakchi arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 4 shtat birligi. |
| I toifali arxivchi | Saqlov birligi hajmi 1000 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. Kutubxona saqlovi tashkil etilgan boʻlsa qoʻshimcha 1 shtat birligi. |
| Arxivchi | Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. |
| Fondlar katta saqlovchisi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi hamda qoʻshimcha har 500 ming saqlov birligi uchun 1 shtat birligi. Kutubxona saqlovi tashkil etilgan boʻlsa qoʻshimcha 1 shtat birligi. |
| Fondlar saqlovchisi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi hamda qoʻshimcha har 500 ming saqlov birligi uchun 1 shtat birligi. |
| Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha jamlash manbalari bilan ishlash boʻlimi: | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivida tashkil etiladi. |
| Boʻlim mudiri | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Bosh arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Yetakchi arxivchi | Saqlov birligi hajmi 1000 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. |
| I toifali arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1000 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. |
| II toifali arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan 1000 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Maxsus fondlar boʻlimi: | Maxfiylik grifiga ega hujjatlar uchun saqlovxona mavjud boʻlganda, saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivlarida tashkil etiladi. |
| Boʻlim mudiri | 1 shtat birligi. |
| Yetakchi arxivchi | 2 shtat birligi. |
| I toifali arxivchi | 1 shtat birligi. |
| Fondlar katta saqlovchisi | 2 shtat birligi. |
| Rejalashtirish va ilmiy-metodik ishlari boʻlimi: | Oʻzbekiston milliy arxivlarida tashkil etiladi. |
| Boʻlim mudiri | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Katta ilmiy xodim | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. |
| Ilmiy xodim | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 4 shtat birligi. |
| Arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil etish boʻlimi: | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivida tashkil etiladi. |
| Boʻlim mudiri | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Bosh arxeograf | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Yetakchi arxivchi | Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. |
| Yetakchi arxeograf | Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. |
| Yetakchi paleograf | Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| I toifali arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| II toifali arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan 1000 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| I toifali arxeograf | Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| II toifali arxeograf | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan 1000 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Arxivchi | Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. |
| Raqamlashtirish va restavratsiya qilish laboratoriyasi boʻlimi: | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivida tashkil etiladi. |
| Boʻlim mudiri | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Restavrator (alohida qimmatli va noyob kitoblar, qoʻlyozmalar va hujjatlar boʻyicha) | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan 1000 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1000 mingdan 1500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 8 shtat birligi. |
| Raqamlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassis | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 4 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1000 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 6 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 1500 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 10 shtat birligi. |
| III. Tarkibiy tuzilmalar (boʻlimlar) tashkil etilmaydigan davlat arxivlari uchun lavozimlar | |
| Bosh arxivchi | Saqlov birligi hajmi 200 mingdan 500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 100 mingdan 200 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Yetakchi arxivchi | Saqlov birligi hajmi 200 mingdan 500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 50 mingdan 200 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| I toifali arxivchi | Saqlov birligi hajmi 200 mingdan 500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 200 mingdan kam boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| II toifali arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan kam boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Arxivchi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan kam boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Yetakchi uslubchi | Saqlov birligi hajmi 200 mingdan 500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Fondlar katta saqlovchisi | Saqlov birligi hajmi 200 mingdan 500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Maxsus fondlar saqlovxonasi tashkil etilsa qoʻshimcha 1 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 50 mingdan 200 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Fondlar saqlovchisi | Saqlov birligi hajmi 500 mingdan kam boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Restavrator (qoʻlyozmalar va hujjatlar boʻyicha) | Saqlov birligi hajmi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Raqamlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassis | Saqlov birligi hajmi 200 mingdan 500 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 100 mingdan 200 minggacha boʻlgan davlat arxivi uchun 2 shtat birligi. Saqlov birligi hajmi 100 mingdan kam boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| IV. Yordamchi lavozimlar | |
| Ish yurituvchi | Saqlov birligi hajmi 100 mingdan ortiq boʻlgan davlat arxivlari uchun 1 shtat birligi. |
| Xoʻjalik mudiri | Alohida yuridik shaxs maqomiga ega davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Omborchi | Alohida yuridik shaxs maqomiga ega davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Kompyuter texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish texnigi (muhandis) | Har 50 ta kompyuter va orgtexnika uchun 1 shtat birligi. Server tarmoq uskunalar mavjud boʻlganda server operatori lavozimi kiritiladi. |
| Bogʻbon, hovli supuruvchi | Bogʻ, manzarali daraxtlar, yashil oʻtloq va gulzor 0,5 gektardan 2 gektargacha boʻlgan maydon uchun yoki 2,5 ming kv metr tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi. |
| Elektromontyor | Jami shtat birligi 50 tadan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun 1 shtat birligi. |
| Binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi | Oʻzbekiston milliy arxivlari, markaziy va viloyat davlat arxivlari uchun 1 shtat birligi. Xodimlar soni har 50 nafardan ortiq boʻlgan davlat arxivi uchun qoʻshimcha 1 shtat birligi. |
| Xizmat xonalari farroshi | 800 kv metr supuriladigan va tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi. |
| Yengil avtomobil haydovchisi | Avtomobil mavjud boʻlganda, davlat arxivining yuqori turuvchi tashkilotining ruxsati bilan kiritiladi. |
| Qorovul | Har bir davlat arxivi uchun 3 shtat birligi. Qoʻshimcha alohida binoga ega boʻlganda qorovul shtatini 2 ta shtat birligiga oshirishga ruxsat beriladi. Qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlanmagan taqdirda joriy etiladi. |