OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.09.21-2022 “Yongʻin-qutqaruv depolari va postlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-mayda hisobga olindi, hisob raqami 403]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.21-2022 “Yongʻin-qutqaruv depolari va postlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 97, 2022-yil 19-iyul) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-may,
01/2-20-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 30-aprel
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 29-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 12-maydagi 01/2-20-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.09.21-2022 “Yongʻin-qutqaruv depolari va postlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “ShNQ 2.07.01” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.01-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlab chiqarish hamda yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlar hududida yongʻin-qutqaruv depolari va postlarini joylashtirish SHNQ 2.09.17-21 va QMQ 2.09.01-19 talablari asosida amalga oshiriladi.”.
2. 18-bandning uchinchi xatboshisidagi “ShNQ 2.08.01” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-jadvaldagi “ShNK 2.08.01” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-jadvaldagi “ShNK 2.08.01-2019” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 58-banddagi “ShNQ 2.01.02” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.02-04” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.