28.10.2025 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari davlat reyestrida 2025-yil 4-noyabrda roʻyxatga olingan, roʻyxat raqami 4605-RS-2025-H]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqaddima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Serbiya Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda alohida hollarda “Tomon” yoki birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar va hamkorlikni kengaytirish va faollashtirish, Tomonlarning hududlariga iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhit yoʻnalishlarida barqaror rivojlanishga hissa qoʻshadigan investitsiyalarni jalb qilish va ragʻbatlantirish istagida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalarning Tomonlarning barqaror rivojlanishiga, jumladan, kambagʻallikni qisqartirish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiy oʻsish, texnologiyalar transferi, inson huquqlari va inson taraqqiyotini taʼminlashga qoʻshadigan muhim hissasini tan olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻz hududlarida davlat siyosatining milliy maqsadlariga erishish, barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish va jamoat salomatligi, milliy xavfsizlik, atrof-muhit, jonli va jonsiz tiklanmaydigan tabiiy resurslarni saqlash, mehnat standartlari, moliyaviy tizimning yaxlitligi va barqarorligi va jamoat farovonligi kabi qonuniy jamoat farovonligi maqsadlarini* himoya qilish uchun tartibga solish va choralar koʻrish boʻyicha ajralmas huquqlarini tasdiqlagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tomonlar investitsiyaning barqaror rivojlanishga hissasi quyidagilar orqali tasniflash borasida anglashuvga erishganliklarini tasdiqlaydilar: (i) ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, (ii) iqtisodiy oʻsish, (iii) yaratilayotgan ish oʻrinlari sifati, (iv) kiritilayotgan investitsiya muddati, (v) texnologiya transferi, (vi) kambagʻallikni qisqartirish, (vii) atrof-muhitni muhofaza qilish, (viii) issiqxona gazlarini kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar, investorlar va investitsiyalar oʻrtasida mazkur Bitim boʻyicha huquq va majburiyatlarning umumiy muvozanatini izlagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyatli biznes yuritish, shaffoflikni ragʻbatlantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish muhimligini taʼkidlagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha investitsiyalar amaldagi qonunlar va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishiga ishongan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Bitim qoidalariga muvofiq investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish oʻzaro investitsiyalarni sezilarli darajada oshirishga va Tomonlarning xususiy sektorlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini anglagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim maqsadlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Investor”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. Bir Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq uning fuqarosi boʻlgan, boshqa Tomon hududida investitsiya kiritgan har qanday jismoniy shaxs; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. Har qanday yuridik shaxs, shu jumladan, kompaniyalar, korporatsiyalar, tijorat birlashmalari, basharti bunday yuridik shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i. Bir Tomon qonunchiligiga muvofiq taʼsis etilgan yoki boshqacha tarzda lozim darajada tashkil etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii. ushbu Tomon hududida oʻzining shtab-kvartirasi va iqtisodiy faoliyati yoki muhim ishbilarmonlik faoliyati markaziga ega boʻlsa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iii. boshqa Tomon hududida ushbu Tomon qonunchiligiga muvofiq investitsiya kiritgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Mazkur Bitim quyidagilar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i. ikkala Tomonning fuqarolari boʻlgan yoki qabul qiluvchi davlatning doimiy rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii. qabul qiluvchi davlat yoki uchinchi davlat fuqarosi tomonidan bevosita yoki bilvosita egalik qilinadigan yoki nazorat qilinadigan yuridik shaxslar; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iii. qabul qiluvchi davlat yoki uchinchi davlat qonunlari asosida tuzilgan, tashkil etilgan yoki boshqariladigan yuridik shaxs tomonidan bevosita yoki bilvosita egalik qilinadigan yoki nazorat qilinadigan yuridik shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. Mazkur Bitim himoyasi bilan qamrab olinishi uchun jismoniy yoki yuridik shaxs Investitsiya amalga oshirilgan paytda Investor sifatida tavsiflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Investitsiya”:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. Bir Tomon investori tomonidan boshqa Tomon hududida uning qonunchiligiga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilinadigan, investitsiya xususiyatlariga ega boʻlgan, shu jumladan muayyan davomiylik, kapital va boshqa resurslarni jalb qilish, tavakkalchilikni oʻz zimmasiga olish yoki foyda yoki foydani kutish xususiyatlariga ega boʻlgan har qanday aktivlarni anglatadi. Investitsiyalar quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) korxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aksiyalar, obligatsiyalar, qarz qogʻozlari va korxonada ishtirok etishning boshqa vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) Koʻchar yoki koʻchmas mulk yoki ipoteka, garov yoki shu kabi boshqa mulkiy huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mualliflik huquqi, shu jumladan, turdosh huquqlar, patentlar, sanoat namunalari yoki modellari, savdo belgilari, shuningdek, gudvill, texnik jarayonlar va nou-xau kabi intellektual mulk huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga muvofiq tuzilgan konsessiya shartnomalari boʻyicha huquqlar, shu jumladan tabiiy resurslarni yetishtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanish uchun litsenziyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. Investitsiyaning huquqiy shaklidagi oʻzgarishlar, basharti bunday oʻzgarish qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq boʻlsa, uning ushbu Bitim boʻyicha investitsiya sifatida tasniflanishiga taʼsir qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Aniqroq boʻlishi uchun, “Investitsiya” quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i. qarz qabul qiluvchi davlat hukumati tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlari yoki qabul qiluvchi davlat hukumatiga berilgan kreditlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii. portfel investitsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iii. faqat tovarlar yoki xizmatlarni sotish boʻyicha tijorat shartnomalaridan yoki tijorat bitimi bilan bogʻliq kreditni uzaytirishdan kelib chiqadigan daʼvolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iv. qabul qiluvchi davlatda joylashgan banklar, suveren fondlar va boshqa moliya institutlaridan olingan kreditlar, qarzlar yoki boshqa pul-kredit resurslari; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v. qabul qiluvchi davlat hukumatining kafolati ostida xorijiy moliya institutlaridan olingan kreditlar, qarzlar yoki boshqa pul-kredit resurslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vi. Sud, maʼmuriy yoki arbitraj tartib-taomiliga kiritilgan qaror yoki ajrim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vii. Iqtisodiy yoki boshqa tijorat foydasini olishga yoʻnaltirilmagan investitsiyalarning har qanday boshqa shakli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Roʻyxatdan oʻtgan davlat”:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. jismoniy shaxsga nisbatan, ushbu Tomon qonunchiligiga muvofiq, Investorning fuqaroligi boʻlgan Tomonni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. yuridik shaxsga nisbatan, ushbu Tomon qonunchiligiga muvofiq Investorni tashkil etuvchi yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi Tomonni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Qabul qiluvchi davlat” hududida Investitsiya joylashgan Tomonni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Qonunchilik” har bir Tomon hududida majburiy kuchga ega boʻlgan qonunlar, nizomlar, qoidalar, farmonlar va boshqa chora-tadbirlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Hudud” Tomonlar oʻz milliy qonunlari va qoidalari hamda xalqaro huquqqa muvofiq oʻz suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshiradigan hudud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. quruqlik hududi, ichki suvlar va hududiy dengiz, shu jumladan, Tomonlar hududlari ustidagi havo boʻshligʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. [Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengiz huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyasining V qismiga muvofiq Tomonning erkin iqtisodiy zonasi;]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. [Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengiz huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyasining VI qismiga muvofiq, Tomonning kontinental shelfi].
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Bitimning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim bir Tomon Investorlarining boshqa Tomon hududida amalga oshirilgan, qabul qiluvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga muvofiq qabul qilingan yoki tan olingan, mazkur Bitim kuchga kirgunga qadar yoki kuchga kirgandan keyin amalga oshirilgan barcha investitsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aniqroq boʻlishi uchun mazkur Bitim investitsiyalar va investorlarga faqat taʼsis etishdan keyingi himoyani taqdim etadi va taʼsis etishdan oldingi bosqichni yoki bozorga kirish masalalarini qamrab olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga aloqadorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitimdagi hech bir qoida Tomonning xalqaro huquq boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qiladigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim va Tomonlardan istalgan biri ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnoma oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha har qanday nomuvofiqlik yoki savollar Shartnomalar huquqi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Institutsional boshqaruv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Tomon mazkur Bitimni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat organini belgilaydi. Tomonlar mazkur Bitimning 5-moddasiga muvofiq belgilangan idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va ularga koʻmaklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar qabul qiluvchi davlatning barqaror rivojlanish strategiyalarini qoʻllab-quvvatlovchi investitsiyalarga alohida eʼtibor qaratgan holda, oʻz millatiga mansub investorlarning boshqa Tomon hududiga investitsiyalarini ragʻbatlantirishda hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar oʻzlarining tegishli hududlarida xorijiy investorlar uchun investitsiya imkoniyatlari, qonunlar va meʼyoriy hujjatlar toʻgʻrisida axborot almashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tomonlar mazkur Bitim bilan qamrab olinadigan Investorlar uchun investitsiyalarni moliyalashtirish va investitsiyalarni kafolatlash imkoniyatini taqdim etishlari mumkin. Bunday imkoniyatlar, basharti ulardan foydalanilganda, Investorlarning mazkur Bitimda belgilangan majburiyatlariga rioya etilishiga koʻmaklashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir Tomon investitsiyalarga taʼsir koʻrsatadigan barcha chora-tadbirlar oʻz huquqiy tizimiga muvofiq xolis va begʻaraz amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir Tomon, iloji boricha, ushbu Bitim bilan qamrab olinadigan masalalarga taalluqli boʻlgan oʻz qonunlari, qoidalari va umumiy qoʻllaniladigan maʼmuriy qarorlarining Investorlar uchun erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Milliy rejim va eng maqbul rejim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Tomon boshqa Tomon investorlarining investitsiyalariga oʻz investorlarining investitsiyalariga yoki istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalariga, qaysi biri qulayroq boʻlishiga qarab, ayni holatlarda beriladiganidan kam boʻlmagan qulaylik rejimini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Tomon oʻz hududida boshqa Tomon investorlariga ularning investitsiyalarini boshqarish, qoʻllab-quvvatlash, ulardan foydalanish, ulardan daromad olish yoki ularni tasarruf etishga nisbatan oʻz investorlariga yoki istalgan uchinchi davlat investorlariga, qaysi biri qulayroq boʻlsa, xuddi shunday qulay rejimni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aniqroq boʻlishi uchun, 1-banddagi “ayni holatlar”ga havolalar investitsiyalarning barcha holatlarini har bir holat boʻyicha, shu jumladan, quyidagilarni umumiy koʻrib chiqishni talab qiladi, lekin bular bilan cheklanmagan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. Investitsiyaning uchinchi shaxslar va mahalliy hamjamiyatga taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. Investitsiyaning mahalliy, mintaqaviy yoki milliy atrof-muhitga taʼsiri, shu jumladan yurisdiksiya doirasidagi barcha investitsiyalarning umumiy taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Investitsiya amalga oshirilgan tarmoq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. tegishli davlat hujjati yoki chora-tadbirining maqsadi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e. tegishli davlat hujjati yoki chorasiga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga solish jarayoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1 va 2-bandlarga muvofiq taqdim etiladigan rejim milliy xavfsizlik, jamoat xavfsizligi yoki jamoat tartibini istisno etmaydigan yoki bir Tomonni boshqa Tomon investorlariga va ularning investitsiyalariga quyidagilar natijasida yuzaga keladigan har qanday rejim, afzallik yoki imtiyozlardan foydalanish huquqini berishga majbur qilmaydigan tarzda talqin etilmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. uning har qanday mavjud yoki kelajakdagi erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, iqtisodiy ittifoq, umumiy bozor yoki valyuta ittifoqiga aʼzoligi yoki u bilan bogʻliqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. mavjud yoki boʻlajak erkin savdo shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. toʻliq yoki asosan soliqqa tortish bilan bogʻliq har qanday xalqaro shartnoma yoki har qanday ichki qonunchilik; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish boʻyicha boshqa bitim yoki bojxona ittifoqi va erkin savdo hududlaridagi ishtiroki tufayli yoki uchinchi davlat bilan oʻzaro kelishuv asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Bitimning milliy va eng maqbul rejimga taalluqli qoidalari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. bir Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari oʻrtasidagi nizolarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. yer uchastkalarini xususiylashtirish va xususiylashtirilgan yer uchastkalariga egalik huquqini olish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Rejimlarning minimal standartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Tomon investitsiyalarga odatdagi xalqaro huquqqa muvofiq chet elliklarga nisbatan munosabatning minimal standartlarini, shu jumladan, adolatli va xolis munosabatni, toʻliq himoya va xavfsizlikni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aniqroq boʻlishi uchun, 1-band xalqaro odat huquqining chet elliklarga muomala qilishning minimal standartini qoplanadigan investitsiyalarga taqdim etilishi kerak boʻlgan munosabatning minimal standarti sifatida belgilaydi. “Adolatli va xolis rejim” va “toʻliq himoya va xavfsizlik” tushunchalari ushbu standartdan ortiq yoki qoʻshimcha rejimni talab qilmaydi va qoʻshimcha moddiy huquqlarni keltirib chiqarmaydi. 1-banddagi quyidagilarni taʼminlashga qaratilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. “adolatli va xolis rejim” jahonning asosiy huquqiy tizimlarida mujassamlangan tegishli jarayon tamoyiliga muvofiq jinoiy, fuqarolik yoki maʼmuriy sud jarayonida faqat bir Tomonning har qanday Investorga nisbatan adolatni rad etmaslik majburiyatini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. “Toʻliq himoya va xavfsizlik” faqat Tomonning Investorlar va Investitsiyalarning jismoniy xavfsizligi bilan bogʻliq majburiyatini anglatadi va boshqa hech qanday majburiyatni nazarda tutmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitimning yoki alohida xalqaro shartnomaning boshqa qoidasi buzilganligi aniqlanishi ushbu moddaning buzilganligini anglatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tushunarliroq boʻlishi uchun Tomonlar mazkur Bitimda “xalqaro odat huquqi” umuman va maxsus havola etilgan davlatlarning huquqiy majburiyat nuqtayi nazaridan amal qiladigan umumiy va izchil amaliyoti natijasi ekanligi toʻgʻrisida oʻzaro anglashuvga ega ekanliklarini tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aniqroq boʻlishi uchun, bir Tomonning Investorning kutilmalariga mos kelmasligi mumkin boʻlgan harakatlarni amalga oshirishi yoki amalga oshira olmasligining oʻzi ushbu moddaning buzilishini anglatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 24-moddaga muvofiq tashkil etilgan tribunal ushbu moddaning ehtimoliy buzilishini koʻrib chiqishda mazkur Bitim boʻyicha daʼvo qoʻzgʻatilgunga qadar Investor tomonidan ichki sudlar yoki tribunallar oldida huquqiy himoya choralari boʻyicha daʼvo qoʻzgʻatilganligini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Ekspropriatsiya va kompensatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Tomon quyidagi holatlarni istisno qilgan holda, investitsiyalarni toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita natsionalizatsiya yoki ekspropriatsiyaga teng taʼsirga ega choralar orqali milliylashtirmaydi yoki ekspropriatsiya qilmaydi,:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. jamoat maqsadlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. kamsitmaydigan tarzda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. tezkor, yetarli va samarali kompensatsiya toʻlash; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. tegishli protsessual qonunchilikka muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bilvosita ekspropriatsiya, basharti bir Tomonning tadbiri yoki chora-tadbirlari toʻgʻridan-toʻgʻri ekspropriatsiyaga teng boʻlgan taʼsirga ega boʻlsa, hech qanday rasmiy topshirish yoki toʻgʻridan-toʻgʻri tortib olish bilan Investorni uning Investitsiyasidagi mulkning asosiy xususiyatlaridan, shu jumladan, uning Investitsiyasidan foydalanish, foyda olish va uni tasarruf etish huquqidan sezilarli darajada va doimiy ravishda mahrum qilish orqali sodir boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muayyan vaziyatda bir Tomonning biror-bir tadbiri yoki chora-tadbirlari bilvosita ekspropriatsiya hisoblanishini aniqlash har bir holat boʻyicha quyidagilarni hisobga olgan faktlarga asoslangan tekshiruvni talab qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. chora-tadbirning yoki chora-tadbirlarning iqtisodiy taʼsiri, garchi chora yoki choralar ketma-ketligining Investitsiyaning iqtisodiy qiymatiga salbiy taʼsir koʻrsatishining oʻzi bilvosita ekspropriatsiya sodir boʻlganligini belgilamasa ham;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. chora-tadbirning yoki chora-tadbirlar turkumining davomiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. chora-tadbirning yoki chora-tadbirlarning xususiyati, yaʼni ularning obyekti, konteksti va maqsadi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. chora-tadbirning yoki chora-tadbirlarning Tomonning Investor oldidagi oldingi majburiy yozma majburiyatini shartnoma, litsenziya yoki boshqa qonuniy hujjat orqali buzishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir Tomonning Jamoat farovonligi, jamoat salomatligi, xavfsizlik va atrof-muhit kabi qonuniy jamoat farovonligi maqsadlarini himoya qilish uchun ishlab chiqilgan va qoʻllaniladigan kamsitmaydigan tartibga solish choralari bilvosita ekspropriatsiyalarni keltirib chiqarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1-bandda koʻrsatilgan kompensatsiya ekspropriatsiya qilingan investitsiyaning bevosita ekspropriatsiya amalga oshirilishidan oldingi haqqoniy bozor qiymatiga teng boʻlishi va ekspropriatsiya natijasida qiymatning oʻzgarishini aks ettirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kompensatsiya kechiktirmasdan toʻlanadi hamda toʻliq amalga oshiriladigan va erkin oʻtkaziladigan kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Basharti haqqoniy bozor qiymati erkin foydalaniladigan valyutada ifodalangan boʻlsa, 1-bandda koʻrsatilgan kompensatsiya ekspropriatsiya sanasidagi haqqoniy bozor qiymatidan kam, shuningdek, ekspropriatsiya sanasidan boshlab toʻlov sanasigacha ushbu valyuta boʻyicha tijorat nuqtayi nazaridan maqbul kurs boʻyicha hisoblangan foizlar boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tegishli Investor ekspropriator Tomonning qonunchiligiga koʻra, oʻz ishi va investitsiyaning qiymatini qayta koʻrib chiqish va ushbu Tomonning sud yoki boshqa mustaqil organi tarafidan mazkur moddada belgilangan tamoyillarga muvofiq qayta koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koʻrib chiqishda 24-moddaga muvofiq tashkil etilgan Tribunal mazkur moddaning ehtimoliy buzilishini ushbu Bitim boʻyicha daʼvo qoʻzgʻatilgunga qadar Investor milliy sudlar yoki tribunallar oldida huquqiy himoya vositalarini qoʻllash uchun daʼvo qoʻzgʻatganligini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu modda 1994-yil 15-apreldagi Jahon savdo tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq boʻlgan intellektual mulk huquqlariga nisbatan berilgan majburiy litsenziyani berishga yoki intellektual mulk huquqini bekor qilish, cheklash yoki yaratishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Yoʻqotishlar uchun kompensatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiyalari urush, qurolli mojaro, inqilob, milliy favqulodda holat, qoʻzgʻolon yoki fuqarolik nizosi tufayli zarar koʻrgan investorlarga qabul qiluvchi davlat oʻz investorlariga yoki uchinchi davlat investorlariga restitutsiya, tovon toʻlash, kompensatsiya yoki boshqa kelishuvlar borasida taqdim etadigan rejimdan kam boʻlmagan qulay rejim taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-bandga zarar yetkazmagan holda, basharti ushbu bandda koʻrsatilgan har qanday holatda Investor quyidagilar natijasida zarar koʻrsa, Investorga yetarli darajada kompensatsiya toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. Qabul qiluvchi Tomon kuchlari yoki organlari tomonidan Investorning mol-mulkini rekvizitsiya qilish; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. Qabul qiluvchi Tomon kuchlari yoki hokimiyat organlarining jangovar harakatlar natijasida yuzaga kelmagan yoki vaziyat taqozosi bilan talab qilinmagan Investorning mol-mulkini yoʻq qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Pul oʻtkazmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Tomon oʻz qonunchiligiga muvofiq Investitsiya bilan bogʻliq mablagʻlarning erkin oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyadi, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash va koʻpaytirish uchun ishlatiladigan kapital va qoʻshimcha kapital miqdorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. foyda, dividendlar, foizlar, kapital, royalti toʻlovlari, boshqaruvga haq toʻlash, texnik yordam koʻrsatish va boshqa yigʻimlar, natura holidagi daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Investitsiyaga bevosita aloqador har qanday kreditni, shu jumladan uning foizlarini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. oʻz aksiyalarini sotishdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e. sotish yoki qisman sotish yoxud tugatish chogʻida investorlar tomonidan olingan tushum;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f. investitsiyaviy nizo boʻyicha hal qiluv qaroridan kelib chiqadigan toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g. ekspropriatsiya qilingan taqdirda kompensatsiya miqdori; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h. Investitsiya munosabati bilan boshqa Tomon hududida ishlashga ruxsat berilgan bir Tomon fuqarolariga ish haqi va boshqa mukofotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Tomon quyidagilarga taalluqli oʻz qonunlari va qoidalarini adolatli, kamsitmaydigan va halol qoʻllash orqali oʻtkazishga toʻsqinlik qilishi yoki kechiktirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. soliq majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. bankrotlik, toʻlovga qobiliyatsizlik yoki kreditorlarning huquqlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. qimmatli qogʻozlar, fyucherslar, opsionlar yoki derivativlar bilan savdo qilish yoki muomala qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. jinoyat yoki jinoiy qilmishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e. huquqni muhofaza qilish organlari yoki moliyaviy nazorat organlariga yordam berish uchun zarur boʻlganda moliyaviy hisobot yoki ish yuritish yoki oʻtkazmalar; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f. sud yoki maʼmuriy ish yuritishdagi buyruqlar yoki hukmlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toʻlovlarni oʻtkazish qabul qiluvchi davlat milliy qonunchiligiga muvofiq oʻtkazish sanasida amalda boʻlgan kurs boʻyicha erkin foydalaniladigan valyutada kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Vaqtinchalik xavfsizlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jiddiy toʻlov balansi va tashqi moliyaviy qiyinchiliklar yoki ularning tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, bir Tomon ushbu Bitim boʻyicha oʻz majburiyatlariga zid boʻlgan boshqa choralarni, shu jumladan, 10-moddaga muvofiq toʻlovlar yoki oʻtkazmalarga cheklovlarni qabul qilishi yoki saqlab qolishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish jarayonida bir Tomonning toʻlov balansiga alohida bosim oʻtkazilishi, jumladan, uning iqtisodiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan moliyaviy zaxiralar darajasini saqlashni taʼminlash uchun cheklovlardan foydalanishni talab qilishi mumkinligi eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-bandda koʻrsatilgan cheklov:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga aʼzolik toʻgʻrisidagi Bitim qoidalariga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. 1-bandda tavsiflangan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan miqdordan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Vaqtinchalik boʻlishi va 1-bandda koʻrsatilgan vaziyat yaxshilanishiga qarab bosqichma-bosqich toʻxtatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. Boshqa Tomon investorlari mazkur Bitim ishtirokchisi boʻlmagan Tomonning investorlaridan kam boʻlmagan darajada qulay munosabatda boʻladigan kamsitilmaydigan asosda qoʻllanilishi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e. Boshqa Tomonga zudlik bilan xabar berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Qonunlar va xalqaro majburiyatlarga rioya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investorlar va ularning investitsiyalari qabul qiluvchi davlatning investitsiyalarni tashkil etish, sotib olish, boshqarish, ishlatish va tasarruf etish bilan bogʻliq barcha qonunlari, qoidalari, maʼmuriy koʻrsatmalari va siyosatiga rioya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investorlar va ularning investitsiyalari qabul qiluvchi davlat qonunchiligining soliqqa tortish, shu jumladan, soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida toʻlash toʻgʻrisidagi qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investorlar va ularning Investitsiyalari inson huquqlari, mehnat, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga oid xalqaro shartnomalar boʻyicha Tomonlarning majburiyatlariga muvofiq ravishda Investitsiyalarni boshqaradilar va amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir Tomon xalqaro huquqqa, shu jumladan inson huquqlari, mehnat, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xalqaro shartnomalar doirasidagi majburiyatlarga rioya qilishga intiladi va oʻz qonunlari, siyosati va harakatlari ushbu majburiyatlarga muvofiqligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Investitsiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar ichki qonunchilikda nazarda tutilgan atrof-muhitni muhofaza qilishni zaiflashtirish yoki kamaytirish yoʻli bilan investitsiyalarni ragʻbatlantirish nomaqbul ekanligini tan oladilar. Har bir Tomon oʻz ichki qonunchiligi yoki xalqaro atrof-muhit bitimlarida belgilangan himoya choralarini zaiflashtiradigan yoki kamaytiradigan tarzda bunday qonunlardan voz kechmasligi yoki ulardan chekinmasligi yoxud shunday qilishga urinmasligi hamda oʻz atrof-muhit qonunchiligini tizimli yoki takroriy harakat yoki harakatsizlik orqali samarador tarzda amalga oshirilishining oldini olishini taʼminlashi lozim. Basharti Tomon boshqa Tomon bunday ragʻbatlantirishni taklif qilgan deb hisoblasa, u boshqa Tomon bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin va ikkala Tomon bunday ragʻbatlantirishning oldini olish maqsadida maslahatlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitimdagi hech bir qoida bir Tomonning oʻz hududida investitsiya faoliyati atrof-muhit muammolariga taʼsirchan tarzda amalga oshirilishini taʼminlash uchun u maqbul deb hisoblagan har qanday chora-tadbirlarni kamsitmaydigan tarzda qabul qilishi, qoʻllab-quvvatlashi yoki amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan tarzda tuzilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Investitsiya va mehnat muhofazasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar ichki mehnat qonunchiligida berilgan mehnat huquqlarini zaiflashtirish yoki qisqartirish yoʻli bilan investitsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadga muvofiq emasligini tan oladilar. Har bir Tomon oʻz mehnat qonunchiligidan voz kechmasligi yoki ulardan chekinmasligi yoxud ulardan voz kechish yoki boshqa tarzda voz kechishga urinmasligi lozim, basharti voz kechish yoki chekinish uning ichki qonunchiligi hamda xalqaro mehnat huquqlariga zid tarzda yoki oʻz ichki qonunchiligi tizimli yoki takroriy harakat yoki harakatsizlik orqali samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilinmasligini taʼminlashi lozim. Basharti Tomon boshqa Tomon bunday ragʻbatlantirishni taklif qilgan deb hisoblasa, u boshqa Tomon bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin va ikkala Tomon bunday ragʻbatlantirishning oldini olish maqsadida maslahatlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitimdagi hech bir qoida Tomonning oʻz hududida investitsiya faoliyati asosiy mehnat standartlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash uchun u deb hisoblagan har qanday chora-tadbirni kamsitmaydigan tarzda qabul qilishi, qoʻllab-quvvatlashi yoki amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan tarzda tuzilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Taʼsirni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investorlar har bir taklif etilayotgan investitsiya yoki mavjud investitsiyalarni kengaytirishning atrof-muhitga va ijtimoiy taʼsirini baholashni amalga oshiradilar. Baholashlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligi, roʻyxatdan oʻtgan davlat qonunchiligi va amaldagi xalqaro huquq talablariga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-bandga muvofiq talab qilinadigan taʼsirni baholash investitsiyalar taʼsir qilishi mumkin boʻlgan sohalardagi shaxslarning inson huquqlariga taʼsirini baholashni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investorlar yoki ularning investitsiyalari atrof-muhit va ijtimoiy taʼsirni baholashni samarali va yetarlicha oʻz vaqtida, qabul qiluvchi davlatda investitsiyalarni tashkil etish jarayonlari tugashidan oldin investor, investitsiya yoki hukumatga sharhlar berish imkoniyatini taʼminlash uchun mahalliy jamoalar yoki potensial taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa hududlar uchun ochiq va foydalanish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investor yoki Investitsiya tomonidan ushbu moddaning buzilishi qabul qiluvchi davlatning Investitsiyani tashkil etish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchiligini buzish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Subrogatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Basharti bir Tomon yoki uning vakolatli organi boshqa Tomon hududidagi Investorlar tomonidan Investitsiyalarga nisbatan notijorat tavakkalchiliklardan har qanday zararni qoplashni kafolatlasa va bunday Investorlarga mazkur Bitim boʻyicha ularning talablariga nisbatan toʻlovni amalga oshirsa, boshqa Tomon birinchi Tomon yoki uning vakolatli organi subrogatsiya tufayli ushbu Investorlarning huquqlarini amalga oshirish va talablarini qondirish huquqiga ega ekanligiga rozi boʻladi. Subrogatsiya qilingan huquqlar yoki talablar bunday Investorlarning dastlabki huquqlari yoki talablaridan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida belgilangan subrogatsiya holatida, basharti Tomon yoki uning vakolatli organi tomonidan bunga ruxsat berilmagan boʻlsa, Investor daʼvo qoʻzgʻatishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Tomon mazkur Bitimda qamrab olingan masalalar boʻyicha korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar va saʼy-harakatlar koʻrilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investorlar va ularning investitsiyalari investitsiyalar taʼsis etilgunga qadar yoki undan keyin qabul qiluvchi davlatning mansabdor shaxsiga yoki mansabdor shaxsga bevosita yoki vositachilar orqali yaqin boʻlgan har qanday shaxsga, ushbu mansabdor shaxs yoki uchinchi shaxs uchun taklif qilingan investitsiyaga yoki har qanday litsenziyalar, ruxsatnomalar, shartnomalar yoki investitsiyaga nisbatan boshqa huquqlarga nisbatan har qanday imtiyozga erishish uchun mansabdor shaxs yoki uchinchi shaxs oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan harakat qilishi yoki harakat qilishdan oʻzini tiyishi uchun hech qanday ortiqcha pul yoki boshqa imtiyozlarni taklif qilmaydi, vaʼda bermaydi yoki taqdim qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investorlar va ularning investitsiyalari 2-bandda tavsiflangan har qanday xatti-harakatlarda, shu jumladan bunday xatti-harakatlarni sodir etishga yoki ruxsat berishga undashda, koʻmaklashishda va til biriktirishda ishtirok etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investor yoki Investitsiya tomonidan ushbu moddaning buzilishi qabul qiluvchi davlatning Investitsiyani tashkil etish va boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchiligini buzish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tomonlar oʻzlarining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, ushbu majburiyatlarni bajarishda amaldagi qonunchilikni buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortadilar va sudlangan taqdirda ularni jazolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Roʻyxatga olingan davlatda investorning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investorlar qabul qiluvchi davlatda jiddiy zarar, shaxsiy jarohatlar yoki oʻlimga olib keladigan investitsiyalarga nisbatan qabul qilingan harakatlar yoki qarorlar uchun ular roʻyxatga olingan davlatining sud jarayonida javobgarlik uchun fuqarolik daʼvolariga tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Roʻyxatga oluvchi davlat oʻz huquqiy tizimlari va qoidalari qabul qiluvchi Tomon hududida Investorlar tomonidan ularning Investitsiyalariga nisbatan sodir etilgan daʼvo qilingan harakatlar, qarorlar yoki harakatsizliklar natijasida yetkazilgan zarar uchun Investorlar va Investitsiyalarning fuqarolik javobgarligi bilan bogʻliq boʻlgan sud harakatlarini oʻzlarining ichki sudlariga mazmunan yetkazishga imkon berishini yoki bunga toʻsqinlik qilmasligini yoki asossiz ravishda cheklamasligini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Investorlar haqidagi maʼlumotlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlatlar Investordan, investitsiya kiritish salohiyatiga ega Investordan yoki roʻyxatga olingan davlatidan Investorning korporativ boshqaruv tarixi va uning Investor sifatidagi, shu jumladan u roʻyxatdan oʻtgan davlatdagi amaliyoti toʻgʻrisida maʼlumot olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlatlar bu borada oʻzlari oladigan maxfiy ishbilarmonlik himoya qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchi davlatlar maxfiy biznes maʼlumotlarini himoya qilish va boshqa amaldagi ichki qonunchiligiga rioya qilish sharti bilan taqdim etilgan maʼlumotlarni investitsiyalar joylashgan yoki investitsiya kiritilishi kutilayotgan hamjamiyatda jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Afzalliklarni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi davlat istalgan vaqtda, shu jumladan ushbu Bitimning 24-moddasiga muvofiq arbitraj muhokamasi instituti joriy etilgandan soʻng, quyidagilarga nisbatan ushbu Bitimning afzalliklarini rad etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlatning shaxslari yoki muassasalari tomonidan bevosita yoki bilvosita egalik qilinadigan yoki nazorat qilinadigan investitsiya yoki investor; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlat Bitim ishtirokchisi boʻlmagan tomonga nisbatan qabul qilgan yoki qoʻllab-quvvatlagan choralar, basharti mazkur Bitim doirasida Investor yoki uning Investitsiyalariga nisbatan qoʻllanilgan imtiyozlarni buzishi yoki chetlab oʻtishga xizmat qilsa, Bitim ishtirokchisi boʻlmagan tomonning shaxslari yoki muassasalari tarafidan bevosita yoki bilvosita egalik qilinadigan yoki nazorat qilinadigan investitsiya yoki Investorga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimda nazarda tutilgan nizolarni hal qilish mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishning asosiy maqsadi bilan tashkil etilgan yoki qayta tuzilgan Investitsiya yoki Investor; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qabul qiluvchi davlat hududida yetarli darajada hech qanday ishbilarmonlik olib bormaydigan investitsiyaga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Davlatning tartibga solish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro odat huquqi va xalqaro huquqning boshqa umumiy tamoyillariga muvofiq, qabul qiluvchi davlat oʻz hududidagi rivojlanish barqaror rivojlanish maqsadlari va tamoyillariga hamda boshqa qonuniy ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy siyosat maqsadlariga mos kelishini taʼminlash uchun tartibga solish yoki boshqa choralarni koʻrish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aniqroq boʻlishi uchun Tomonning boshqa shartnomalar boʻyicha oʻz xalqaro majburiyatlarini bajarish uchun koʻrgan kamsitmaydigan chora-tadbirlari ushbu Bitimning buzilishini anglatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Korporativ ijtimoiy masʼuliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Tomon oʻz hududida yoki uning yurisdiksiyasi doirasida faoliyat yurituvchi korxonalarni oʻz amaliyoti va ichki siyosatida korporativ ijtimoiy masʼuliyatning xalqaro tan olingan standartlarini, masalan, Tomonlar tomonidan maʼqullagan yoki qoʻllab-quvvatlagan tamoyillar bayonotlarini ixtiyoriy ravishda qoʻllashni ragʻbatlantirishi kerak. Ushbu tamoyillar mehnat, atrof-muhit, inson huquqlari, jamoatchilik munosabatlari va korrupsiyaga qarshi kurash kabi masalalarni qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Nizolarning oldini olish va tinch yoʻl bilan hal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar oʻrtasidagi yoki Investor va bir Tomon oʻrtasidagi har qanday nizo iloji boricha sulh va vositachilik kabi majburiy boʻlmagan uchinchi tomonning protseduralaridan foydalanishni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali doʻstona hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti Tomon yoki Investor 1-bandga muvofiq maslahatlashuv va muzokaralar oʻtkazish toʻgʻrisida soʻrov yuborganidan keyin olti (6) oy oʻtgach ham kelishuvga erishilmagan boʻlsa, Tomon yoki Investor nizoni ushbu Bitimning 24- yoki 25-moddalariga muvofiq arbitrajga taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Bir Tomon va boshqa Tomon investori oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur modda Investor va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida investitsiya natijasida yuzaga keladigan va qabul qiluvchi davlatning ushbu Bitim boʻyicha majburiyatlarining investorga yoki uning investitsiyalariga zarar yoki shikast yetkazilishiga olib kelgan ehtimoliy buzilishiga taalluqli nizolarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur modda Investor va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi quyidagi nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. biror-bir Tomon tarafidan qazib olinadigan energiya manbalari yoki qazib olinadigan mahsulotlar yoki xizmatlarga nisbatan qabul qilingan yoki qoʻllab-quvvatlanadigan har qanday chora yoki Investorlar yoki Investitsiyalarga beriladigan har qanday rejim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. soxta notoʻgʻri maʼlumot berish, yashirish, korrupsiya yoki jarayonni suiisteʼmol qilishdan iborat xatti-harakatlar orqali amalga oshirilgan investitsiya; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. ushbu Bitim kuchga kirgunga qadar yuz bergan hodisalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Basharti nizoni 23-moddaga muvofiq maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlmasa, Investor nizoni arbitrajga quyidagi tartibda taqdim etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. Davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi investitsiya nizolarini hal qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (“ICSID Konvensiyasi”), basharti ushbu Konvensiya Tomonlarga nisbatan qoʻllanilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. Xalqaro savdo palatasining Arbitraj qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasining (UNCITRAL) Arbitraj qoidalari; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. har qanday boshqa arbitraj qoidalari, basharti barcha nizolashuvchi tomonlar rozi boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nizo 1-bandda nazarda tutilgan arbitraj mexanizmlaridan biriga taqdim etilgandan soʻng, tartib-taomilni tanlash yakuniy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investor ushbu Bitimga muvofiq arbitrajga quyidagi shartlarda daʼvo taqdim etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. 23-moddaga muvofiq maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov yuborilgan sanadan boshlab olti (6) oy oʻtgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. Investor qabul qiluvchi davlatning ichki sudlari orqali mahalliy himoya vositalaridan foydalanadigan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Investorga yoki uning Investitsiyasiga yoʻqotish yoki zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan taxmin qilingan qoidabuzarlik toʻgʻrisida xabardor boʻlgan yoki boʻlishi kerak boʻlgan sanadan boshlab uch (3) yildan koʻp boʻlmagan muddat oʻtgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nizo Tomonlari arbitraj muhokamasida uning vakili boʻlish xarajatlarini toʻlaydi. Hakamlik sudyalarining xarajatlari va qolgan xarajatlar nizoda taraflari tomonidan teng ulushlarda qoplanadi. Tribunal basharti ishning natijasiga fakt yoki huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan daʼvo ochiqdan-ochiq asossiz deb topilgan boʻlsa yoki tomon hakamlik muhokamasining samaradorligi va tezkorligiga toʻsqinlik qilgan boʻlsa, barcha xarajatlar, shu jumladan yuridik vakillik xarajatlari yoki xarajatlarning koʻproq qismi nizoda yutqazuvchi tomon qoplashi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar yoki undan soʻng, qabul qiluvchi davlat mulkiga nisbatan musodara, ushlab qolish yoki majburiy ijroga qaratish hech qanday majburiy choralar qoʻllanilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur modda Tomonlar oʻrtasida mazkur Bitimni talqin qilish yoki ijro etish bilan bogʻliq nizolarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar ushbu Bitimning 24-moddasiga muvofiq maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan har qanday nizoni adolatli va tez hal etishga vijdonan harakat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Basharti nizo maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, Tomonlardan biri nizoni hal etish uchun quyidagilarga topshirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. ushbu moddaning qoidalariga muvofiq ad hoc arbitraj sudi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. ushbu muassasa qoidalariga muvofiq doimiy arbitraj muassasasi; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Xalqaro Adolat sudi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Basharti Tomon nizoni hal etish uchun vaqtinchalik arbitraj sudiga taqdim etgan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. Arbitraj sudi uchta hakamdan iborat boʻladi. Har bir Tomon bittadan arbitr tayinlaydi, shu tariqa tayinlangan ikki arbitr esa Tomonlar roziligi bilan uchinchi mamlakat fuqarosini Arbitraj Raisi etib tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. Basharti Tomonlardan biri arbitraj oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos qilgan kundan boshlab olti oy ichida tribunal tuzilmagan boʻlsa, Tomonlardan biri, boshqa biror-bir kelishuv boʻlmagan taqdirda, Xalqaro Adolat Sudi Prezidentidan har qanday zarur tayinlovlarni amalga oshirishni soʻrashi mumkin. Basharti Prezident biror-bir Tomonning fuqarosi boʻlsa yoki tayinlashlarni amalga oshirishga boshqa yoʻl bilan toʻsqinlik qilinsa, Xalqaro Adolat Sudining Tomonlar fuqarosi boʻlmagan navbatdagi aʼzosidan zaruriy tayinlovini amalga oshirish soʻraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. Arbitraj sudi oʻz tartib-qoidalarini oʻzi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d. Barcha daʼvolar, basharti boshqacha kelishilmagan boʻlsa, uchinchi hakam tayinlangan kundan boshlab olti oy ichida taqdim etiladi va barcha sud majlislari tugallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e. Arbitraj sudi oʻz qarorlarini koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Bunday qarorlar qatʼiy va ikkala Tomon uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f. Arbitraj sudi Tomonlarning yakuniy taqdimnomalari sanasidan boshlab ikki oy ichida qaror chiqarishga harakat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nizoning har bir tarafi arbitraj muhokamasida uning vakili boʻlish qiymatini toʻlaydi. Arbitraj sudining xarajatlari va qolgan xarajatlar nizodagi taraflar tomonidan teng ulushlarda qoplanadi. Alohida hollarda, sud barcha xarajatlarni, shu jumladan advokatlik xarajatlarini yoki xarajatlarning yuqori qismini ikkala Tomondan biri oʻz zimmasiga olishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Arbitraj sudining qarori ikkala Tomon uchun ham majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Uchinchi tomon mablagʻlarini jalb qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitimning 25-moddasiga muvofiq hakamlik muhokamasida uchinchi tomon mablagʻlaridan foydalanishga va ularni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi, basharti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. nizo tomonlari ushbu ishtirokka aniq tarzda rozilik bermasa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. nizo tomoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i. arbitraj sudi va boshqa nizolashuvchi Tomonlarni har qanday uchinchi tomon moliyalashtiruvchisining ishdagi ishtiroki va shaxsi toʻgʻrisida xabardor qilmasa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii. xarajatlarning taʼminotini sud tomonidan belgilangan miqdorda va shaklda joylashtirilmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur modda maqsadlarida uchinchi tomon moliyalashtiruvi deboʻ, unga koʻra nizodagi tomon boʻlmagan shaxs hakamlik muhokamasi natijasidan iqtisodiy manfaatdor boʻlgan holda, daʼvolarni yoki himoyani moliyalashtirish boʻyicha kelishuvni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar ushbu modda maqsadlari uchun uchinchi tomondan moliyalashtirishni nazarda tutmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a. kompaniyalar guruhi doirasida kompaniyalararo moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b. bir tomon va uning advokati oʻrtasidagi toʻlov kelishuvlari; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c. bilvosita foizlar, masalan, bank tarafga arbitraj muhokamasini moliyalashtirish uchun emas, balki uning doimiy faoliyati davomida kredit bergan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning buzilishi nizoning tugatilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Bitimga oʻzgartirishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan notalar almashish yoki oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Oʻzgartirish ushbu Bitimning 28-moddasida nazarda tutilgan kuchga kirish tartibi bajarilgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan oʻz ichki huquqiy tartib-taomillarini bajarilganligi toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar. Mazkur Bitim soʻnggi xabarnoma olingan sanadan oʻttiz (30) kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Amal qilish muddati va tugatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim oʻn (10) yil muddatga amal qiladi. Tomonlardan biri ushbu Bitimning amal qilish muddati tugashidan kamida 6 (olti) oy oldin uning amal qilishini tugatish haqida xabar berishi mumkin. Basharti bunday ogohlantirish boʻlmasa, ushbu Bitim Tomonlardan biri boshqa Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmaguncha nomaʼlum muddat davomida amal qilishda davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Tomon mazkur Bitimning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish yoʻli bilan tugatishi mumkin. Tugatish Tomonlar kelishib olgan kundan boshlab, basharti Tomonlar kelishuvga erisha olmasalar, tugatishi toʻgʻrisidagi xabarnoma topshirilgan sanadan olti (6) oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitimning amal qilishini tugatish sanasiga qadar amalga oshirilgan va uning taʼsir doirasiga kiradigan investitsiyalarga nisbatan ushbu Bitimning boshqa barcha bandlari qoidalari uning amal qilishini tugatish sanasidan keyin uch (3) yil davomida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Bitimni davriy koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar mazkur Bitim kuchga kirgandan soʻng, har besh (5) yilda uning bajarilishi va samaradorligini, shu jumladan Tomonlar oʻrtasidagi investitsiyalar darajasini koʻrib chiqish uchun maslahatlashuvlar chaqiradilar yoki oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar mazkur Bitimning samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida, 2025-yil 28-oktabrda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, serb va ingliz tillarida tuzildi, bunda har ikkala matn bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)