Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3356-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 10-martdagi 38-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bino va inshootlarning instrumental texnik tekshiruv ishlarini baholashning yagona hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3356, 2022-yil 28-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2022-y., 10/22/3356/0251) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-aprel,
01/2-18-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 27-mart
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026 y., 10/26/3356-1/0466-son)