Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3767-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-apreldagi 140-son “Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 3-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3767, 2026-yil 2-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026 y., 10/26/3767/0103-son) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son qarori bilan tasdiqlangan Professional mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-apreldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-aprel,
15-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026 y., № 10/26/3767-1/0410-son)