01.04.2026 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish uchun mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursida o‘qitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Mediatorlar reyestriga kiritish uchun yuboriladigan arizalarni ko‘rib chiqishning texnik imkoniyatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Professional mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-apreldagi 140-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bilan bog‘liq davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursi (keyingi o‘rinlarda — maxsus o‘quv kursi) — O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida belgilangan munosabatlarda mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha mediatorlarni tayyorlash, ularda muzokaralar olib borish texnologiyasi, stress holati va kelishmovchiliklarni boshqarish, mediatsiya tartib-taomili haqida tayanch bilimlar berish, nizolarni hal qilishda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv kursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mediatorlar reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari) tomonidan yuritiladigan mediatorlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan, doimiy yangilab turiladigan yagona ma’lumotlar bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy shaxslarni Reyestrga kiritish bilan bog‘liq davlat xizmati Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus o‘quv kursida o‘qigan, malaka imtihonini topshirmoqchi bo‘lgan va Reyestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — talabgor) eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talabgor shaxsan kelib murojaat qilganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rovnomada belgilangan talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo elektron almashinuv orqali olinadi. Bunda ushbu ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq ekanligi uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari javobgar hisoblanadi. Ma’lumotlarni idoralararo elektron almashinuv orqali olish imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda tegishli davlat organlari va tashkilotlari so‘rov yuborish orqali olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor so‘rovnomani yuborish vaqtida mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari va mediatorning kasb etikasi qoidalari bilan tanishganini tasdiqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng o‘n daqiqa ichida tegishli hududiy adliya organiga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, so‘rovnoma avtomatik tarzda tegishli hududiy adliya organiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda, hududiy adliya organlari talabgorga besh ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan yuqorida nazarda tutilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, hududiy adliya organlari so‘rovnomani qabul qilishni rad etadi va shu kuni bu haqida talabgorni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga mos kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatda so‘rovnomadagi kamchiliklar bartaraf etilmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan e’tiboran uch oy o‘tmasdan murojaat qilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning Reyestrga kiritish bo‘yicha malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagani, notariuslar va advokatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududiy adliya organlari so‘rovnoma kelib tushgan kundan so‘ng bir ish kuni ichida talabgorning hujjatlarini hududiy adliya organlari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalariga (keyingi o‘rinlarda — malaka komissiyalari) taqdim qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasida advokat yoki notarius maqomiga ega bo‘lgan shaxslar malaka imtihonini topshirishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasi mas’ul kotibi talabgorni malaka imtihoni tayinlangani yoki rad etilgani haqida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali o‘n ish kuni ichida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihoni tayinlangani haqidagi xabarnomada malaka imtihoni o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy, agar malaka imtihoni videokonferensaloqa yordamida o‘tkaziladigan bo‘lsa, videokonferensaloqa havolasi qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Talabgorning malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tishi (notariuslar va advokatlar bundan mustasno) uni Reyestrga kiritish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasi mas’ul kotibi malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorni Reyestrga kiritilgani haqida malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Reyestr Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda shakllantiriladi va yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Reyestrda mediatorlar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatorga berilgan tartib raqam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediator bilan bog‘lanish uchun uning joylashgan joyi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatorning ma’lumoti (mutaxassisligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir bo‘lgan til haqidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatorning faoliyati to‘xtatib turilgani, tiklangani yoki mediator Reyestrdan chiqarilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Reyestrdagi ma’lumotlar o‘zgargan hollarda, mediator uch ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ushbu Reglamentning 2-bobida belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy adliya organi ushbu xabarnoma asosida ikki ish kuni ichida Reyestrga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mediator quyidagi hollarda Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z arizasiga ko‘ra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomala layoqati cheklanganda yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning mediatorni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatiga kirganda, pedagogik, ilmiy, ijodiy va notarial faoliyat bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediator tomonidan mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilgani natijasida malaka komissiyalarining yoki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasining qaroriga asosan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mediator Reyestrdan uni reyestrga kiritgan hududiy adliya organi tomonidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mediatorni Reyestrdan chiqarishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgan (tugallangan) taqdirda, talabgor Reglamentda belgilangan tartibda Reyestrga kiritish yuzasidan qayta murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hududiy adliya organlari tomonidan Reyestrdagi ma’lumotlar real vaqt rejimida yangilanib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlarining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgorlar Reyestrga kiritish rad etilgani yoki undan chiqarilganidan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA

Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maxsus o‘quv kursida o‘qigan, malaka imtihonini topshirmoqchi bo‘lgan va Mediatorlar reyestriga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — Talabgor)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnomani elektron shaklda hududiy adliya organiga yuboradi.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

Hududiy adliya organlari

Talabgorga malaka imtihoni tayinlangani yoki rad etilgani haqida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.

10 ish kuni ichida

3-bosqich

Hududiy adliya organlari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalari

Talabgorlar uchun malaka imtihonini o‘tkazadi.

1 oy muddat ichida

4-bosqich

Hududiy adliya organlari

Talabgorni Mediatorlar reyestriga kiritadi va bu haqida Davlat xizmatlari markaziga yoki talabgorga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabarnoma yuboradi.

Malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

SO‘ROVNOMA

1. F.I.O.

2. Biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgani)

3. JSHSHIR*

4. Tug‘ilgan sanasi

5. Ma’lumoti*

6. Ixtisoslashgan mediatsiya sohasi

7. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir bo‘lgan til

8. Yashash, faoliyatni amalga oshirish manzili

9. Elektron manzili (mavjud bo‘lsa)

10. Telefon raqami

11. Talabgorning ish staji haqidagi ma’lumotlar:*

T/r

Ishga kirish sanasi

Ishdan ketish sanasi

Ish joyi va lavozimi

12. Sudlanganlik holati mavjudligi*

13. O‘ziga nisbatan muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risida sudning qarori mavjudligi*

14. Maxsus o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgani haqidagi sertifikat nusxasi*

15. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda)*

16. Mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari va Mediatorning kasb etikasi qoidalari bilan tanishganligimni tasdiqlayman

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mediatorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REYESTRI

Mediatorga berilgan tartib raqam

Reyestrga kiritilgan sana

Mediatorning F.I.O.

Mediator joylashgan joyi, telefon raqami, elektron manzili

Mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi

Mediator faoliyat olib boradigan til

Mediatorning mutaxassisligi

(diplom bo‘yicha)

Mediatorning faoliyati to‘xtatib turilganligi, tiklanganligi yoki mediator reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2026-y., 09/26/140/0303-son)