31.03.2026 yildagi 94-3-0-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JIZZAX VILOYATI HOKIMINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax shahrida jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda naqd pulsiz toʻlov tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 5-apreldagi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 25-martdagi PQ-139-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-avgustdagi “Raqamli Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi majlisining 71-sonli bayoni 38-bandiga muvofiq umumiy foydalaniladigan jamoat transportida koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, jamoat transportida toʻlovlar shaffofligini taʼminlash, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish, yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 10- va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat hokimining 2023-yil 8-maydagi “Jizzax shahar ichidagi jamoat transporti tizimida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy qilish toʻgʻrisida”gi 310-3-0-Q/24-sonli qaroriga muvofiq Jizzax shahrida jamoat transporti yoʻnalishlarida yoʻlkira haqi bir yoʻlovchi uchun 3000 (uch ming) soʻm (QQS bilan), elektron toʻlov tizimi (ATTO) orqali toʻlashda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda 2100 (ikki ming bir yuz) soʻm (QQS bilan) hamda qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif-2 100 (ikki ming bir yuz) soʻm (QQS bilan) qilib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Viloyat Transport boshqarmasi (I.Boqiyev) 2026-yil 1-martga qadar Jizzax shahrida brutto-shartnoma asosida harakatlanadigan barcha yoʻnalishlarni toʻliq oʻrganib chiqib, shahar hududida oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shoxobchalari (infokioskalar) oʻrnatilishi zarur boʻlgan avtobus toʻxtash bekatlari, aholiga qulay gavjum hududlar, yer osti va boshqa zarur joylarni aniqlab, ularning roʻyxatini ishlab chiqish hamda Jizzax shahar hokimligi va Jizzax viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiga taqdim etilishini taʼminlash, aholi uchun zarur boʻlgan transport kartalarini yetkazib beruvchi tashkilotlardan yetarli miqdorda olib kelish va ular bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax shahri yoʻnalishlaridagi avtobuslar salonida 2026-yil 1-apreldan boshlab yoʻl haqini naqd pulda qabul qilish amaliyotidan voz kechilsin hamda yoʻl haqi faqat elektron toʻlovlar orqali qabul qilinishi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jizzax shahar hokimligi (K.Xolmurodov) bir oy muddatda Jizzax shahridagi barcha avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning oʻziga-oʻzi xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarini Jizzax shahrida faoliyat koʻrsatayotgan barcha avtobus bekatlariga oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ (J.Axmedov) Jizzax shahar hokimligi (K.Xolmurodov) bilan birgalikda infokiosklar oʻrnatiladigan bekatlarning manzilli roʻyxatiga muvofiq avtobus bekatlarini elektr quvvatiga ulash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infokiosklar elektr taʼminoti uchun toʻlovlar tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻrnatiladigan hisoblagichlar orqali oldindan toʻlov asosida belgilanadi; yangi avtobus bekatlari qurilishi yoki mavjudlarining joyi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq holatlarda infokiosklar ushbu qarorga muvofiq joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jizzax viloyati transport boshqarmasi (I.Boqiyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, ikki kun muddatda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilar tashuvchi korxonalar bilan tuzilgan brutto-shartnomalariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, Jizzax shahrida barcha yoʻnalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning validatorlar bilan jihozlanishini taʼminlasin hamda yoʻlkira haqini avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi ATTO orqali toʻlanishini doimiy nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Viloyat hokimligining Axborot xizmati (A.Binoqulov)ga yoʻlkira haqini toʻlash naqd pulsiz faqat elektron tarzda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan toʻlov tizimining yoʻlovchilar uchun qulayligi va afzalliklari yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaga yetkazish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qaror “Jizzax haqiqati” va “Джизакская правда” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Sh.Djurayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat hokimi U. MUSTAFOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-3-0-Q/26-son