Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 397]
1. SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-aprel,
01/2-14-son
Kelishildi:
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
2026-yil 26-mart
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 19-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-14-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.06.03-12” degan soʻzlar “SHNQ 2.06.03-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 491-band bilan toʻldirilsin:
“491. Hududlarda shamol yoʻnalishining erkin harakatlanishini taʼminlash maqsadida shaharlarning bosh rejalarida ventilyatsiya yoʻlaklari (koridorlari) nazarda tutilishi kerak.
Bunda bino va inshootlarning (balandligi, zichligi, uzluksiz front hosil qilishi hamda boshqa parametrlari) ventilyatsiya yoʻlaklarida (koridor) joylashuvi shamol yoʻnalishining erkin harakatini cheklamasligi lozim.”.
3. 495-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“495. Aholi punktlarini loyihalash va qurishda atmosfera havosi sifatini saqlash (PM2.5, PM10) hamda mikroiqlimni yaxshilash maqsadida aholi punktlari atrofida shamol yoʻnalishini va tezligini hisobga olgan holda shamoldan himoya qiluvchi ihotazorlar barpo etilishi lozim.”.
4. 599-banddagi “SHNQ 2.06.03-12” degan soʻzlar “SHNQ 2.06.03-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.