O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 27-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3798]
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-mart,
6-2026/В-son
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 12-noyabrdagi 64-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2056, 2009-yil 18-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 550-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy toshdan buyumlar (plitalar, bloklar) ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
3) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.”;
4) quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin:
“131. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
5) 17-banddagi “mehnat muhofazasi” degan so‘zlar “mehnatni muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-dekabrdagi 81-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2059, 2010-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Klinik diagnostika laboratoriyalarida ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
3) quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin:
“61. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.”;
4) quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
5) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.”.
3. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-dekabrdagi 76-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2061, 2010-yil 11-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Kitob savdosi tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
3) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.”;
4) quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
5) III-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalarni buzganligi uchun javobgarlik”.
4. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-dekabrdagi 76/1-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2067, 2010-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
3) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
mehnatni muhofaza qilish mutaxassislarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.”;
4) quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
5) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.”.
5. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-dekabrdagi 82-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2068, 2010-yil 15-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 18-modda, 51-son, 494-modda) bilan tasdiqlangan Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarida:
1) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”;
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
3) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
mehnatni muhofaza qilish mutaxassislarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.”;
4) quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. Bevosita temir yo‘l transportini ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
5) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.”;
6) 20-banddagi “mehnat muhofazasi” degan so‘zlar “mehnatni muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026 y., 10/26/3798/0288-son)