28.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3380-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 28.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3380-2
Kuchga kirish sanasi
03.06.2026
Hujjat 03.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3380-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3380, 2022-yil 15-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 10/22/3380/0742-son) bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 17-fevraldagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-band quyidagi tahrirdagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza litsenziyalovchi organ xizmatlar provayderlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 11-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) kripto-aktivlar Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov va toʻlovni qabul qilish vositasi emasligi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), davlat tomonidan taʼminlanmaganligi, kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchiliklar mavjudligi, yaʼni pul mablagʻlari, kripto-aktivlar evaziga almashtirilgan boshqa fuqarolik huquqi obyektlari kripto-aktivlarning narxlari oʻzgaruvchanligi, texnik nosozlik (xato)lar, qonunga xilof harakatlar, shuningdek talon-toroj qilish holatlari natijasida butunlay yoʻqotilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish joylashtirilishi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. Litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning litsenziya talabgori tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish taqiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining mansabdor shaxslari va (yoki) taʼsischilarining mazkur Nizomning 9-bandi “z” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumotlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organning asoslantirilgan mulohazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani berishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026 y., 10/26/3380-2/0181-son)