XALQ DEPUTATLARI SHAROF RASHIDOV TUMANI KENGASHINING
Qarori
Sharof Rashidov tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini ochish chora tadbirlari” toʻgʻrisidagi PQ-5-son qaroriga hamda suv xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15-martdagi 72-son buyrugʻiga asosan Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM tomonidan xar yili 1-apreliga qadar novegitatsiya davri uchun va 1-oktabriga qadar kuz-qish yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlar tuman Kengashiga kiritilishi belgilangan.
Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM tomonidan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun jami 1560,4 mln metr kub suv limiti ajratilgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati tоʻgʻrisidagi Оʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-martdagi 82-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori B. Adilovning axboroti, 2025-yil 29-dekabrdagi 345-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Sharof Rashidov tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
4. Tuman hokimi oʻrinbosari (J. Oʻralov) va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (B. Adilov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
hududlarda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
tumandagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan muntazam ravishda uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazish hamda mazkur Farmon va qarorlar hamda undan kelib chiqadigan vazifalar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ushbu exnologiyalarning samaradorligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni berib borishni tizimli davom ettirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv limitlarining oʻzgarganligi boʻyicha isteʼmolchilarni oʻz vaqtida xabardor qilish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining 2025-yil 29-apreldagi VII-6-68-3-46-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi AKBAROVA SHOIRA UKTAMOVNA
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani,
2026-yil 29-yanvar,
VII-18-17-3-46-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.