Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2026 29.04.2025 yildagi VII-6-68-3-46-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining qarori, 29.04.2025 yildagi VII-6-68-3-46-K/25-son
Kuchga kirish sanasi
30.04.2025
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sharof Rashidov tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Jizzax viloyati Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani kengashining 2026 yil 29 yanvardagi VII-18-17-3-46-K/26-sonli “Sharof Rashidov tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini ochish chora tadbirlari” toʻgʻrisidagi PQ-5-son qaroriga hamda suv xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15-martdagi 72-son buyrugʻiga asosan Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM tomonidan xar yili 1-apreliga qadar novegitatsiya davri uchun va 1-oktabriga qadar kuz-qish yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlar tuman Kengashiga kiritilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM tomonidan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun jami 264,5 mln metr kub suv limiti ajratilgan. Shundan Janubiy Mirzachoʻl magistral kanalidan 4,9 mln metr kub, DM1 kanalidan 22,9 mln metr kub, Zarafshon daryosidan 144,8 mln metr kub, Jizzax suv omboridan 30.8 mln metr kub, Soy va buloqlardan 50,9 mln metr kub, Tik quduqlardan 0,1 mln metr kub, Zovurlardan 1,0 mln metr kub suv limitlari ajratilib, sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalliy davlat hokimiyati tоʻgʻrisidagi Оʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bоʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sharof Rashidov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 25-martdagi 70-sonli xati va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi O. Begimqulovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sharof Rashidov tumanining 2025-yil vegetasiya mavsumida suv limitlari quyidagicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil vegetatsiya mavsumida xalq xоʻjalik tarmoqlariga ajratilgan cheklangan suv limiti 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JMM kanalidan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soy-buloqlardan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zovurlardan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Skvajinadan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 5-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarafshon daryosidan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 6-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax suv omboridan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 7-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DM kanalidan 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 8-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumandagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi nasos stansiyalaridan suv chiqarib berish uchun 2025-yil sugʻorish mavsumida cheklangan suvdan foydalanish limiti 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sharof Rashidov tumanida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar bоʻyicha tasdiqlangan rejasini bajarilishi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi O.Begimqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xоʻjaligi masalalari bоʻyicha оʻrinbosari Sh. Azimov zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xоʻjaligi va ekologiya masalalari bоʻyicha doimiy komissiyasi (G. Mamaraximova) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi M. XOLBUTAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sharof Rashidov tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-6-68-3-46-K/25-son