Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasining 9-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3103-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 16-noyabrdagi 54-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3103, 2018-yil 20-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 10/18/3103/2355-son) bilan tasdiqlangan Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasining 9-bandidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-yanvar,
44-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026 y., 10/26/3103-2/0056-son)