05.12.2025 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 05.12.2025 yildagi 32-son
Kuchga kirish sanasi
16.03.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Shifoxonalar tarkibidagi boʻlimlar va oilaviy poliklinikalarga xizmat koʻrsatuvchi hududlararo markaziy laboratoriyalarga hamda biomateriallarning saqlanishi, tashilishi va xavfsizligiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0106-25-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 379]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-son “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shifoxonalar tarkibidagi boʻlimlar va oilaviy poliklinikalarga xizmat koʻrsatuvchi hududlararo markaziy laboratoriyalarga hamda biomateriallarning saqlanishi, tashilishi va xavfsizligiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0106-25-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais B. YUSUPALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri SH. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-dekabr

Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil o'rinbosari J. URUNOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A. RAFIQOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 2-dekabr

Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 2-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 5-dekabrdagi 32-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifoxonalar tarkibidagi boʻlimlar va oilaviy poliklinikalarga xizmat koʻrsatuvchi hududlararo markaziy laboratoriyalarga hamda biomateriallarning saqlanishi, tashilishi va xavfsizligiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0106-25-son SanQvaN)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) shifoxonalar tarkibidagi boʻlimlar hamda oilaviy poliklinikalarga xizmat koʻrsatuvchi hududlararo markaziy laboratoriyalarga (bundan buyon matnda markaziy laboratoriyalar deb yuritiladi) hamda biomateriallarning saqlanishi, tashilishi va xavfsizligiga, shuningdek xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biomaterial — tibbiy tekshiruv, tahlil yoki ilmiy tadqiqot oʻtkazish maqsadida inson tanasidan olingan biologik namuna (qon, siydik, najas, balgʻam, toʻqima parchalari, sperma, turli xil surtmalar va boshqa biologik suyuqlik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi — biomaterial namunalarini shifoxonalar tarkibidagi boʻlimlar hamda oilaviy poliklinikalardan yigʻib, markaziy laboratoriyaga yetkazib beruvchi xodim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markaziy laboratoriyalarni loyihalashga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaziy laboratoriyalarni loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikroiqlim qulayligi, energiya tejamkorligi va samaradorligini taʼminlash talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy muhandislik jihozlarini qoʻllash talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insolyatsiya, havo harakati tezligi, tabiiy shamollatish, havo haroratining vertikal va gorizontal yoʻnalishi va shovqindan himoyalash talablari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tabiiy havo almashinuvini pasaytiradigan xochsimon, Г-simon va П-simon hamda uzunligi 100 m dan ortiq boʻlgan markaziy laboratoriyalarni loyihalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy laboratoriyalarning asosiy xonalari ish turiga koʻra, alohida va ketma-ketlikda (tahlil xonasi, reaktiv tayyorlash xonasi, asbob-uskunalar saqlash xonasi, maʼmuriy hamda dam olish xonalari), yordamchi xonalari (avtoklav, idish yuvish, sterillash xonalari) esa uning markaziy qismida joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markaziy laboratoriyalarning suv taʼminoti va oqova suvlarini chiqarib yuborishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaziy laboratoriyalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash OʻzMSt 134:2024 “Markazlashtirilgan xoʻjalik-ichimlik suvi bilan taʼminlash manbalari. Gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash qoidalari”ga muvofiq markazlashtirilgan suv taʼminoti tizimiga ulash yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashtirilgan suv taʼminoti tizimi mavjud boʻlmaganda, ichki suv taʼminoti tizimi artezian qudugʻidan, boshqa suv quduqlaridan yoki kaptajlardan foydalanish orqali tashkil etilishi mumkin. Bunda, suvning sifat koʻrsatkichlari OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oqova suv tarmogʻi mavjud boʻlgan markaziy laboratoriyalar SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” (hisob raqami 299, 2024-yil 2-oktabr) hamda QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”ga muvofiq oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaziy laboratoriyalarda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjud boʻlmaganda, ularda hosil boʻladigan oqova suvlar atrof-muhitga zarar yetkazmasligi uchun alohida ajratilgan, septik oʻrada yigʻilishi, toʻplanishi, tashilishi va zararsizlantirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaziy laboratoriyalarda qoʻl yuvish uchun issiq va sovuq suv tizimi mavjud boʻlgan rakovinalar, suyuq sovun va qoʻllarni dezinfeksiya qilish uchun vosita, bir martalik qogʻoz salfetka yoki qoʻl quritgich bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markaziy laboratoriyalarning yoritilishi, ventilyatsiyasi, isitilishiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy laboratoriyalar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” (hisob raqami 309, 2024-yil 25-oktabr) talablariga muvofiq tabiiy va sunʼiy yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaziy laboratoriyalarda tabiiy yoki mexanik ventilyatsiya tizimlari oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaziy laboratoriyalarga oqib keluvchi va tortib oluvchi ventilyatsiya tizimi shifoxona binolarining ventilyatsiya tizimidan alohida ajratilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaziy laboratoriyalarda isitish tizimi va panjaralar bilan jihozlangan framuga hamda ventilyatsiya kanallari orqali harakatlanuvchi tabiiy tortuvchi ventilyatsiya bloklarini koʻzda tutish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaziy laboratoriyalar xonalarining tabiiy shamollatilishi framugalar yoki derazalar orqali amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaziy laboratoriya xonalarining ichki harorati 22 — 24°C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Polimer zanjirli reaksiya, balgʻam xonalari va mikrobiologik laboratoriya xonalari uchun havoni yuqori darajada tozalovchi filtrlar bilan birga konditsiyalash (HEPA), isitish va ventilyatsiya tizimi (HVAC) oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Isitish jihozlarining yuzalari silliq, gʻadir-budursiz va oson tozalanadigan materiallardan boʻlishi hamda ularning tashqi yuza harorati 90 °C dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Isitish jihozlaridan davriy foydalaniladigan xonalarda sutka davomida havo haroratining oʻzgarishi ±3 °C dan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bir tomonlama tabiiy yoritiladigan markaziy laboratoriya xonalarining chuqurligi 6 m dan oshmasligi, xona kengligi esa uning chuqurligi qiymatining ikki baravaridan ortiq boʻlmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Uzun yoʻlakli markaziy laboratoriyalarda umumiy yoʻlaklarning tabiiy yoritilishini taʼminlash maqsadida derazalar maydoni yoʻlakning umumiy maydoniga nisbatan kamida 1/16 qismni tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Markaziy laboratoriyalar xonalarida sunʼiy yoritish tizimlari quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoritish darajasi xonalarining funksional vazifasiga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoritish vositalari boshqariladigan, xavfsiz boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiroqlar koʻzni qamashtirmasligi, shuningdek inson salomatligiga hamda xonaning ichki muhitiga zararli taʼsir koʻrsatmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Markaziy laboratoriyalarning barcha xonalari sunʼiy yoritish tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Markaziy laboratoriyalarning xonalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaziy laboratoriyalarning xonalarida har bir xodim uchun kamida 6 m² maydon ajratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Markaziy laboratoriya xonalari va ularning minimal maydoni mazkur sanitariya qoidalarining ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Markaziy laboratoriya xonalarining balandligi pol sathidan shiftgacha kamida 3 m boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaziy laboratoriya xonalarining poli silliq, yuvilishi oson, sirpanchiq boʻlmagan materialdan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Markaziy laboratoriya xonalarining devori va shiftlari yuviladigan va kimyoviy moddalarga chidamli boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kimyoviy chiqindilar maxsus neytrallash yoki filtrlash tizimi orqali chiqarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Reaktivlar, sarflanadigan materiallar, zararli moddalar va asbob-uskunalarni saqlash uchun alohida xonalar ajratilishi, maxsus belgilar bilan belgilanishi va qulflanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Inventarlarni saqlash uchun alohida xonalar boʻlishi va ular laboratoriyaning ish va analitik zonalari bilan aralashmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Molekulyar biologiya ishlari uchun kamida ikkita alohida xona ajratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Fluoressentlan mikroskopiya uchun qorongʻi va toʻgʻri shamollatiladigan xona boʻlishi va ushbu xona material va kimyoviy moddalar saqlash uchun ishlatilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Biomaterialni yigʻish xonalariga tashqi eshikdan alohida kirish boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Markaziy laboratoriya xonalarida yongʻinga qarshi vositalar, birinchi tibbiy yordam qutisi mavjud boʻlishi va evakuatsiya yoʻllari belgilangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Markaziy laboratoriya xonalarida ishchi xodimlar uchun alohida javon, dush va hojatxonalar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. DNK gellarini suratga olish uchun moʻljallangan xona yetarli darajada qorongʻilangan boʻlishi hamda xodimlarning koʻzlarini yorugʻlikning zararli taʼsiridan himoya qilish uchun maxsus himoya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Barcha analizatorlar va asbob-uskunalar laboratoriya jarayonlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida toza va iflos zonalarni aralashtirmagan holda, ularning funksional yoʻnalishi boʻyicha alohida zonalarda joylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Markaziy laboratoriyalarda biomateriallar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Markaziy laboratoriyalarda biomateriallar xavfsizligini taʼminlash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Markaziy laboratoriyalarda biomateriallarni qabul qilish jarayonida “toza” va “ifloslangan” joylar alohida ajratilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Biomateriallarni qabul qilish jarayonida bir martalik tibbiy jihozlardan (probirka, vakuteyner, konteyner) foydalanilishi hamda har bir namuna shtrix-kod bilan tamgʻalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Biomateriallar ularning turidan kelib chiqib, tegishli tahlil boʻlimlarining laboratoriyalariga taqsimlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tahlil boʻlimiga kelib tushgan namunalar shtrix-kodlar orqali skanerlanishi hamda ularning yoʻllanma hujjatlar bilan toʻliq muvofiqligi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ish jarayoni boshlangunga qadar barcha analizatorlarda normal va patologik sifat nazorati suyuqliklari yordamida ichki sifat nazorati amalga oshirilishi va natijalari markaziy laboratoriyalarda saqlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Analizator atrofida kamida 1 m servis oraligʻi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Biomateriallarni saqlash xonalarini ifloslantirish va ulardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Biomateriallarni utilizatsiya qilish “Respublikadagi davolash-profilaktika muassasalarida chiqindilarni yigʻish, saqlash va utilizatsiya qilish boʻyicha sanitariya qoidalari va meʼyorlari” 0317-15-son SanQvaNga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Biomateriallarni saqlash va tashishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Markaziy laboratoriyalarning namuna yigʻish punktida biomaterial namunalari ularning turlariga qarab alohida ajratilishi hamda +2 dan +8 °C gacha boʻlgan haroratda sovutgichlarda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Biomaterial namunasi olinib, yetkazib beruvchiga topshirilgunga qadar 45 daqiqadan (min) uzoq vaqt oʻtganda namunalar sentrifugalanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Markaziy laboratoriya harorat monitoringi tizimi bilan jihozlangan maxsus avtotransport vositalari, termosumkalar va shtativlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Biomateriallarni tashish markaziy laboratoriyalar uchun maxsus ajratilgan avtotransport vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Biomateriallar markaziy laboratoriyaga eng uzoqdagi shifoxonalar tarkibidagi boʻlimlar va oilaviy poliklinikalarning eng yaqiniga qarab yigʻib kelinishi hamda qatnov jadvallari boʻyicha yetkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va keyinchalik davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Xodimlar quyidagi talablarga rioya qilishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq yaralar, tirnalgan, kesilgan yoki boshqa teri jarohati boʻlganda, jarohatni plastir bilan berkitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyida zargarlik buyumlari, soatlar va choʻntaklarda buyumlar bilan yurmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy laboratoriyada maxsus himoya kiyimlarini (xalat, kombinezon, bosh kiyim, maxsus oyoq kiyimi, qoʻlqop) kiyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllarni iliq suvda sovun bilan yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berish, tirnoqlar olingan va lak surtilmagan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Xodimlar qoʻllarini quyidagi holatlarda yuvishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi ish jarayonidan ikkinchi ish jarayoniga oʻtishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ifloslangan narsalarga tegilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hojatxonaga borganda ikki marta (hojatxonaga borgandan soʻng va ish joyida bevosita ish boshlashdan avval).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ish kiyimlar shaxsiy kiyimlardan alohida saqlanishi va muntazam almashtirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ishdan tashqari paytda (xona ichidan tashqariga chiqishda, ovqatlanish, hojatxonaga kirishda) maxsus kiyimni yechish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Bir martalik himoya vositalaridan qayta foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Markaziy laboratoriya xonalarida ovqatlanishga, suv ichishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ovqatlanish faqat maxsus ajratilgan xonada amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Biomateriallarni saqlash va ishlash joylari dezinfeksiya qilinishi va sanitariya ishlovidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifoxonalar tarkibidagi boʻlimlar va oilaviy poliklinikalarga xizmat koʻrsatuvchi hududlararo markaziy laboratoriylarga hamda biomateriallarning saqlanishi, tashilishi va xavfsizligiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0106-25-son SanQvaN)
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy laboratoriya xonalari va ularning minimal maydoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Т/р

Xona nomi

Maydoni (m²)

1.

Namunalarni qabul qilish/roʻyxatga olish

8 — 20

2.

Qon olish xonasi

20 — 40

3.

Pre-analitik/saralash

10 — 26

4.

Sentrifuga xonasi

6 — 12

5.

Yuvish/dezinfeksiya xonasi

6 — 12

6.

Gematologiya tahlilxonasi

8 — 20

7.

Bioximiya tahlilxonasi

15 — 40

8.

Polimer zanjirli reaksiya (PZR)/molekulyar laboratoriya

20 — 30

9.

Mikrobiologiya tahlil xonasi

15 — 35

10.

Ozuqa muhitlari/avtoklav xonasi

16 — 30

11.

Immun ferment tahlil (IFA)/serologiya xonasi

8 — 18

12.

Gistologiya xonasi

12 — 20

13.

Saqlash (reagent, kimyoviy vositalar)

4 — 12

14.

Xodim markaziy laboratoriya xonasi/offis

6 — 15

15.

Sanitariya/chiqindilar xonasi

6 — 12