03.09.2025 yildagi VII-14-95-9-123-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining qarori, 03.09.2025 yildagi VII-14-95-9-123-K/25-son
Kuchga kirish sanasi
04.09.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI BOYOVUT TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boyovut tumanidagi shaharcha va qishloqlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-635-son Qonunining 27-moddasiga asosan shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini oʻzgartirish xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini oʻzgartirish masalasiga doir qarorini taqdim etilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2025-yil 28-maydagi 125-9-123-Q/25-sonli qaroriga asosan Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo boʻlinmasi tomonidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra umumiy perimetri va maydonlari aniqlandi. Tumandagi shaharcha va qishloqlarning umumiy uzunligi va umumiy maydonlari quyidagilardan iborat,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buyuk yurt qishlogʻining umumiy perimetri 39120,76 metr, umumiy maydoni 7388,33 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Darvozaqir qishlogʻining umumiy perimetri 37655,49 metr, umumiy maydoni 5857,14 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dehqonobod qishlogʻining umumiy perimetri 29994,11 metr, umumiy maydoni 2919,24 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Doʻstlik qishlogʻining umumiy perimetri 50939,70 metr, umumiy maydoni 7065,34 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Gʻallakor qishlogʻining umumiy perimetri 46587,12 metr, umumiy maydoni 10243,48 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Istiqbol qishlogʻining umumiy perimetri 28662,17 metr, umumiy maydoni 2561,20 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Laylakkoʻl qishlogʻining umumiy perimetri 23043,97 metr, umumiy maydoni 1441,71 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Madaniyat qishlogʻining umumiy perimetri 18293,99 metr, umumiy maydoni 1390,70 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mingchinor qishlogʻining umumiy perimetri 24782,35 metr, umumiy maydoni 1805,60 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Olmazor qishlogʻining umumiy perimetri 34036,74 metr, umumiy maydoni 4193,49 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tabarruk qishlogʻining umumiy perimetri 36065,09 metr, umumiy maydoni 5551,56 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boyovut shaharchasining umumiy perimetri 18499,00 metr, umumiy maydoni 745,00 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bekat shaharchasining umumiy perimetri 6907,17 metr, umumiy maydoni 165,77 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz shaharchasining umumiy perimetri 6096,03 metr, umumiy maydoni 151,78 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Doʻstlik shaharchasining umumiy perimetri 9342,42 metr, umumiy maydoni 193,27 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boyovut tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlari aks ettirilgan. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlar palatasi Boyovut tumani filiali rahbarining axboroti tinglanib, unda Boyovut tumanining tashqi maʼmuriy-hududiy chegarasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-son bayoni 20-bandi, Bosh vazirning 2023-yil 15-dekabrdagi 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhitini, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 6-martdagi PQ-93-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2025-yil 17-apreldagi 20/1-781-son bilan tasdiqlangan “Nazorat reja”sining ijrosi boʻyicha 2025-yil 23-iyulda VII-17-131-9-0-K/25-sonli Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qarori qabul qilinganligi), Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo boʻlinmasi tomonidan bajarilgan shaharcha hamda qishloqlar maʼmuriy-hududiy chegaralari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar boʻyicha fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat kadastrlar palatasi Boyovut tumani filiali rahbari S.Sherbayevning Boyovut tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo boʻlinmasi tomonidan Boyovut tumanidagi shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan komissiya tarkibining 2025-yil 6-avgustdagi 1/01-29-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boyovut tumanidagi shaharcha va qishloqlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilgan materiallarga asosan tayyorlangan taklif loyihasi ID-108673 raqam bilan 15 kun muddatga “E-Kengash” elektron tizimi (regulation.gov.uz) orqali jamoatchilik muhokamasiga eʼlon qilinganligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Boyovut tumanidan Guliston shahriga hamda Shirin shahriga oʻtkazilayotgan yer maydonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga asosan tumanning maʼmuriy-hududiy chegarasiga oʻzgartirish kiritilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Boyovut tumanidagi shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari uzunligi va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga muvofiq, shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning tasdigʻi xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashidan soʻralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi D. URALOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-14-95-9-123-K/25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.