XALQ DEPUTATLARI SIRDARYO VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2025-yil 2-iyuldagi VII-16-120-9-0-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-635-sonli qonunining 25-moddasiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Sh.Ruzikulovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2025-yil 2-iyuldagi “Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi VII-16-120-9-0-K/25-sonli qarorining 2-bandi bekor qilinsin.
3. Boyovut tumanidan 582,0 gektar va Guliston tumanidan 527,23 gektar yer uchastkasini Guliston shahri tarkibiga oʻtkazish, shuningdek Boyovut tumanidagi 638,77 gektar yer uchastkasini Shirin shahri tarkibiga oʻtkazish taklifi maʼqullansin.
4. Tuman va shahar maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan:
Guliston tumanidan Guliston shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga, kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq;
Boyovut tumanidan Guliston shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi chegara chizigʻining tavsifi 3-ilovaga, kartografik chizmasi 4-ilovaga muvofiq;
Boyovut tumanidan Shirin shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi chegara chizigʻining tavsifi 5-ilovaga, kartografik chizmasi 6-ilovaga muvofiq;
Shuningdek, Guliston shahar maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 7-ilovaga, kartografik chizmasi 8-ilovaga muvofiq;
Shirin shahar maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 9-ilovaga, kartografik chizmasi 10-ilovaga muvofiq;
Yangiyer shahar maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 11-ilovaga, kartografik chizmasi 12-ilovaga muvofiq;
Guliston tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 13-ilovaga, kartografik chizmasi 14-ilovaga muvofiq;
Boyovut tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 15-ilovaga, kartografik chizmasi 16-ilovaga muvofiq;
Mirzaobod tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 17-ilovaga, kartografik chizmasi 18-ilovaga muvofiq;
Oqoltin tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 19-ilovaga, kartografik chizmasi 20-ilovaga muvofiq;
Sardoba tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 21-ilovaga, kartografik chizmasi 22-ilovaga muvofiq;
Sayxunobod tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 23-ilovaga, kartografik chizmasi 24-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 25-ilovaga, kartografik chizmasi 26-ilovaga muvofiq;
Xovos tumani maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 27-ilovaga, kartografik chizmasi 28-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 1-dekabrdagi 67/14-6 sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (F.Kushakov)ga:
“Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonunning 25-moddasiga muvofiq tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritsin.
7. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari F.Kushakovga, nazorat qilish Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi AXMEDJANOVA POKIZA SHAVKATOVNA
Sirdaryo viloyati,
2025-yil 23-iyul,
VII-17-131-9-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.