XALQ DEPUTATLARI SIRDARYO VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-635-sonli qonuni 10-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-son bayoni 20-bandi, Bosh vazirning 2023-yil 15-dekabrdagi 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhitini, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-93-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning 8 ta tuman va 3 ta shahar maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash maqsadida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining qarorlarini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Sh.Ruzikulovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari (F.Kushakov, A.B.Xidirov, A.Xidirov)ga:
10 kun muddatda tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini tashkillashtirish va taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari F.Kushakovga, nazorat qilish Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi AXMEDJANOVA POKIZA SHAVKATOVNA
Sirdaryo viloyati,
2025-yil 2-iyul,
VII-16-120-9-0-K/25-son