JIZZAX VILOYATI ZARBDOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimining 2026 yil 28-avgustdagi 205-3-49-Q/26-sonli «Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan Zarbdor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 8-apreldagi 01-31-sonli xati hamda O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalariga muvofiq qaror qilaman:
1. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 8-apreldagi 01-31-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Sh.Roziyev)ga umumiy oʻrta taʼlim maktabi joylashgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni hisobga olishni “Yoʻriqnoma” asosida amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida oʻqishga jalb etilishini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilab berilgan tartib asosida taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi topshirilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2023-yil 18-dekabrdagi 293-3-49-Q/23-sonli qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari R.Anqayev hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Sh.Roziyevlar zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi TASHPULATOV B. T
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani,
2025-yil 13-may,
96-3-49-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.