|
Постановление Президента Республики Узбекистан О дополнительных мерах по поддержке малого и среднего бизнеса, развитию сервиса и туризма в Бухарской области В целях улучшения инфраструктуры для субъектов предпринимательства, дальнейшего расширения туристических услуг, финансовой поддержки предпринимательской деятельности для повышения доходов и обеспечения занятости населения в Бухарской области: 1. Фонд реконструкции и развития выделит кредитные средства в размере 100 млн долларов США сроком на 5 лет с двухлетним льготным периодом на проекты, подлежащие реализации в Бухарской области до 1 июля 2028 года. 2. Следует отметить, что средства, предусмотренные в пункте 1 настоящего постановления: a) Министерству экономики и финансов будет выделено 51,7 млн долларов США в виде беспроцентного займа. При этом данные средства будут направлены Министерством экономики и финансов на финансирование проектов в Бухарской области в соответствии с Приложением № 1 к настоящему решению: 11,7 млн долларов США — АО «Компания по развитию предпринимательства» в виде беспроцентного займа сроком на 5 лет (включая двухлетний льготный период) с условием последующего размещения средств в коммерческих банках для финансовой поддержки программ развития семейного предпринимательства, а также проектов в сфере малого и среднего бизнеса, услуг и туризма — в соответствии с порядком и механизмами, установленными Указом Президента Республики Узбекистан № УП-193 от 10 ноября 2023 года и Постановлением № ПП-306 от 14 сентября 2023 года; 40 миллионов долларов США в виде бюджетного кредита сроком на 5 лет с двухлетним льготным периодом для финансирования инфраструктурных проектов — согласно обоснованным расчетам администрации Бухарской области; б) Коммерческими банками будут привлечены средства в размере 48,3 млн долларов США под 4% годовых для финансирования и своевременного запуска инвестиционных проектов в сферах туризма, услуг, промышленности, пищевой отрасли и сельского хозяйства в Бухарской области, а также проектов, реализуемых в Республике Беларусь. При этом: a) Заместителю Председателя Правительства Ж.А. Кучкарову поручается перераспределить средства, указанные в подпункте «a» настоящего пункта, исходя из фактической потребности; б) средства, указанные в подпункте «б» настоящего пункта: распределение коммерческих банков и перечень инвестиционных проектов утверждаются Правительственной комиссией по вопросам привлечения инвестиций, развития промышленности и регулирования торговли; Коммерческие банки предоставляют предприятиям кредиты на срок до 5 лет под 7% годовых с двухлетним льготным периодом; Контроль за целевым использованием средств коммерческими банками осуществляется Центральным банком. 3. Создать рабочую группу по улучшению инфраструктуры предпринимательства и координации финансирования проектов в Бухарской области в составе согласно приложению № 2* и возложить на нее следующие задачи: формирование адресного перечня инфраструктурных проектов на основе мастер-планов; определение заказчиков по реализации инфраструктурных проектов и разработке мастер-планов; организация работ по своевременной и качественной реализации проектов, установление строгого контроля за эффективным использованием средств. 4. Кабинету Министров в двухнедельный срок утвердить порядок эффективного использования выделенных средств и ускоренной реализации проектов, предусматривающий: выделение необходимых средств по каждому проекту на основе заявки хокимията Бухарской области согласно заключению рабочей группы; принятие оперативных решений по согласованию с Кабинетом Министров (Кучкаров) для осуществления в краткие сроки процессов, связанных с реализацией и финансированием проектов стоимостью до 1 миллиона долларов США. 5. Утвердить: перечень мастер-планов, разрабатываемых для улучшения архитектурного облика районов (городов) Бухарской области, создания благоприятных условий для населения, предпринимателей и туристов, согласно приложению № 3*; перечень круглосуточно функционирующих улиц, организуемых в целях развития туристической, развлекательной, гастрономической, торговой и сервисной деятельности в районах (городах) Бухарской области, согласно приложению № 4*; направления специализации районов (городов) Бухарской области и развития в соответствии с ней их «точек роста» (драйверов) согласно приложению № 5*. * Приложение 1 — 5 приводятся на узбекском языке. 6. Хокимияту Бухарской области (Зарипов): в двухнедельный срок провести презентацию в Кабинете Министров предложений по улучшению инфраструктуры районов (городов) Бухарской области для предпринимательства; утвердить адресный перечень инфраструктурных проектов, финансируемых согласно пункту 2 настоящего постановления, с учетом мастер-планов. 7. Заместителю Премьер-министра Д.А. Кучкарову в двухнедельный срок утвердить распределение средств, выделяемых для финансовой поддержки субъектов малого и среднего бизнеса в соответствии с настоящим постановлением, между коммерческими банками и АО «Компания развития предпринимательства». 8. Возложить на заместителя Премьер-министра Д.А. Кучкарова и хокима Бухарской области Б.К. Зарипова персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего постановления. Осуществление координации и контроля за деятельностью ведомств, ответственных за исполнение настоящего постановления, возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 12 августа 2024 г., № ПП-287 (Национальная база данных законодательства, 13.08.2024 г., № 07/24/287/0608; 23.08.2025 г., № 07/25/260/0774) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Buxoro viloyatida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish va turizmni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida Buxoro viloyatida tadbirkorlik subyektlari uchun infratuzilmani yaxshilash, turizm xizmatlarini yanada kengaytirish, aholi daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash uchun tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida: 1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2028-yil 1-iyulga qadar Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 100 million AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlarini ajratsin. (1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 3-sentabrdagi PQ-313-sonli qarori tahririda) 2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarning: a) 51,7 mln AQSH dollari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga foizsiz kredit sifatida ajratiladi. Bunda mazkur mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Buxoro viloyatida mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq yoʻnalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish uchun quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi: 11,7 million AQSH dollari miqdorida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoni va 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qarorida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kichik va oʻrta biznes, xizmat koʻrsatish va turizm loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga foizsiz kredit sifatida keyinchalik tijorat banklariga joylashtirish sharti bilan; 40 million AQSH dollari Buxoro viloyati hokimligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga budjet ssudasi sifatida; b) 48,3 million AQSH dollari Buxoro viloyatida turizm, xizmat koʻrsatish, sanoat, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini hamda Belarus Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish va oʻz vaqtida ishga tushirish uchun yillik 4 foiz stavkada tijorat banklari tomonidan jalb qilinadi. Bunda: a) Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga haqiqiy talabdan kelib chiqqan holda mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan mablagʻlarni yoʻnalishlar kesimida qayta taqsimlash vakolati beriladi; b) mazkur bandning “b” kichik bandida belgilangan mablagʻlarning: tijorat banklari kesimidagi taqsimoti hamda investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi; tijorat banklari tomonidan kreditlar tadbirkorlik subyektlariga ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga yillik 7 foiz stavkada ajratiladi; tijorat banklar tomonidan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. (2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentabrdagi PQ-313-sonli qarori tahririda) 3. Buxoro viloyatida tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash va loyihalarni moliyalashtirishni muvofiqlashtirish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin: master-rejalar asosida infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish; infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va master-rejalarni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachilarni belgilash; loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish ishlarini tashkil etish, mablagʻlardan samarali foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish. 4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish va loyihalarni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin: har bir loyiha boʻyicha zarur mablagʻlarni ishchi guruh xulosasiga koʻra Buxoro viloyati hokimligi buyurtmasi asosida ajratish; qiymati 1 million AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni qisqa muddatlarda amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov) bilan kelishilgan holda tezkor qarorlar qabul qilish. 5. Quyidagilar: Buxoro viloyati tuman (shahar)larining arxitektura qiyofasini yaxshilash, aholi, tadbirkorlar va turistlarga qulay sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqiladigan master-rejalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq; Buxoro viloyatining tuman (shahar)larida turizm, koʻngilochar, gastronomik, savdo va servis faoliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadigan tunu kun faoliyat koʻrsatadigan koʻchalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq; Buxoro viloyatining tuman (shahar)larini ixtisoslashtirish hamda unga asosan ularning “oʻsish nuqta”lari (drayverlari)ni rivojlantirish yoʻnalishlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov): ikki hafta muddatda tadbirkorlik uchun Buxoro viloyatining tuman (shahar)lari infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasida taqdimot qilsin; mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxatini master-rejalarni hisobga olgan holda tasdiqlasin. 7. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov ikki hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning tijorat banklari va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ oʻrtasidagi taqsimotini tasdiqlasin. 8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin. Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2024-yil 12-avgust, PQ-287-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 1-ILOVA Buxoro viloyatida kichik va oʻrta biznes, xizmat koʻrsatish va turizmni rivojlantirish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish YOʻNALISHLARI I. Buxoro shahrining turistik jozibadorligini oshirish — “Imom al-Buxoriy” memorial obidasi, “Abbos Aliyev” va “Muxtor Ashrafiy” koʻchalari, “Alisher Navoiy”, “Jalol Ikromiy” va “Koʻkaldosh” mahallalari, Buxoro markaziy dehqon bozori, “Buxoroning Talipoch darvozasi”, “Ismoil Somoniy” maqbarasi, istirohat bogʻi va sunʼiy koʻlni hamda “Guliston” mahallasidagi “Baydarka va kanoe eshkak eshish” sport majmuasi hududlarini rivojlantirish boʻyicha master-rejalar ishlab chiqish, shuningdek, mazkur qarorning 3-ilovasida nazarda tutilgan istiqbolli loyihalarning master-rejalarini ishlab chiqish. II. Gʻijduvon tumanini kompleks rivojlantirish: tuman markazini aholi, sayyohlar va tadbirkorlar uchun qulay hududga aylantirish, jumladan, energotejamkor koʻp qavatli uy joylar qurish, renovatsiya dasturini amalga oshirish, tunu kun ishlaydigan maxsus savdo va koʻngilochar koʻchalar tashkil qilish, istirohat bogʻlarini rekonstruksiya qilish; yoshlar koʻp jamlanadigan va aholi gavjum boʻlgan hududda davlat-xususiy sheriklik asosida yoki xususiy IT markazi, kutubxona, “vork-aut” zonalari, oʻquv markazlarini oʻz ichiga olgan yoshlar sayilgohini tashkil etish; “Qoʻrgʻon” va unga tutash boʻlgan mahallalarni turizm hududi sifatida rivojlantirish boʻyicha master-reja ishlab chiqish; sanoat va xizmat koʻrsatish loyihalarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash. III. Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish va turizm sohasini rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani yaxshilash: elektr energiya, ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlari va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash; sohilboʻyi xizmatlarni rivojlantirish, shu jumladan, “Toʻdakoʻl” suv havzasi boʻyida akvapark, “Plyaj zona”lari hamda sayilgoh tashkil etish master-rejasini ishlab chiqish va loyihalarni amalga oshirish; etnoturizmni rivojlantirish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish; xalqaro avtomagistral yoʻllari boʻyida infratuzilma obyektlarini barpo etish; istirohat bogʻlarini rekonstruksiya qilish yoki yangidan barpo etish; aholi gavjum tunu kun ishlaydigan maxsus savdo va koʻngilochar koʻchalar infratuzilmasini yaxshilash, gastronomik koʻchalarni tashkil etish; akvapark va koʻngilochar majmualarini oʻzida mujassam etgan jozibador va zamonaviy mavze barpo etish, renovatsiya dasturini amalga oshirish. IV. Buxoro shahri hududidagi madaniy meros obyektlarini 2024 — 2026-yillar davomida restavratsiya, tiklash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish: “Shahriston qoʻrgʻoni” devori (2-bosqich); Ulugʻbek madrasasi (2-bosqich); Gavkushon madrasasi (Gavkushon majmuasi); Xoja Kalon hovuzi (Gavkushon majmuasi); Magʻoki Attori masjidi; Olimjon karvon saroyi; Mirzo Ulugʻbek tamokifurushon karvon saroyi (qoldiqlari); Ahmadjon karvon saroyi (qoldiqlari); Ayozjon karvon saroyi; Fothullajon karvon saroyi; Sadriddin Ayniy teatri; Tasviriy sanʼat muzeyi, shu jumladan, ushbu muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish. (oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 07/25/260/0774-son) Sitorai Mohi Xosa saroyi muzeyi, shu jumladan, ushbu muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish. (IV boʻlim Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-230-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 07/25/260/0774-son) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 2-ILOVA Buxoro viloyatida tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash va loyihalarni moliyalashtirishni muvofiqlashtirish boʻyicha ISHCHI GURUH TARKIBI
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 3-ILOVA Buxoro viloyati tuman (shahar)larining arxitektura qiyofasini yaxshilash, aholi, tadbirkorlar va turistlarga qulay sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqiladigan master-rejalar ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 4-ILOVA Buxoro viloyatining tuman (shahar)larida turizm, koʻngilochar, gastronomik, savdo va servis faoliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadigan tunu kun faoliyat koʻrsatadigan koʻchalar ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 5-ILOVA Buxoro viloyatining tuman (shahar)larini ixtisoslashtirish hamda unga asosan ularning “oʻsish nuqta”lari (drayverlari)ni rivojlantirish YOʻNALISHLARI
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2024-y., 07/24/287/0608-son; 23.08.2025-y., 07/25/260/0774-son) |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||