12.04.2006 yildagi 64-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARINING SHIRKATLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TURAR-JOYLARGA XIZMATLAR KOʻRSATISHNING ANIQ BOZORINI SHAKLLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning aniq bozorini shakllantirishni tubdan yaxshilash, aholining koʻp kvartirali uylarni saqlash va mukammal taʼmirlashdan manfaatdorligini oshirish, shuningdek uy-joy mulkdorlari shirkatlarining oʻzini oʻzi boshqarish instituti sifatida shirkatlarning nufuzini, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini rivojlantirish hamda uy-joylarga xizmatlar koʻrsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda viloyatlar, shaharlar va Toshkent shahri tumanlari xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uyushmalari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokida “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini tushuntirish, xonadonlar mulkdorlarini ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish maqsadida koʻp kvartirali uylarda yashovchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazilishini tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil mobaynida viloyatlar, shaharlar va Toshkent shahri tumanlari xususiy uy-joy mulkdorlarining uyushmalari bilan birgalikda kichik (umumiy xonadonlari soni 250dan ortiq boʻlmagan 1 tadan 5 tagacha uylar) shirkatlarning afzalliklari toʻgʻrisida uy-joy mulkdorlari bilan tushuntirish ishlari olib borsinlar hamda shartnoma asosida xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga xizmatlar koʻrsatadigan, ixtisoslashtirilgan boshqarish va xizmat koʻrsatish (servis) tashkilotlari, shu jumladan qayta tashkil qilinayotgan yirik shirkatlar negizida tashkil etilishiga yordam koʻrsatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududlarida xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlari hamda aholi uchun xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari faoliyati masalalari boʻyicha konsultatsiya maslahat punktlari tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining har yili “Eng yaxshi shahar (tuman, viloyat) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati” tanlovlarini oʻtkazish, ularning natijalarini hamda eng yaxshi shirkatlar ish tajribasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hokimliklarga xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xodimlarini oʻqitish va aholi uchun konsultatsiyalar oʻtkazish xarajatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira jamgʻarmasi, shuningdek qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalar mablagʻlaridan toʻlashga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yil 1-iyungacha 1991-yilgacha qurilgan, 2002—2006-yillarda uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlash dasturiga kirmagan koʻp kvartirali uylarni (shu jumladan 2002—2006-yillar davrida mahalliy hokimiyat organlari balansiga berilgan idoralarga qarashli uylarni) puxta xatlovdan oʻtkazish asosida 1991-yilgacha qurilgan uylarni mukammal taʼmirlashni tugallash dasturini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 12-apreldagi
64-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini rivojlantirish hamda uy-joylarga xizmatlar koʻrsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Tadbirlar nomi‎ Bajarish muddati‎ Hujjat turi‎ Bajarish uchun masʼullar‎

I. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini uy-joy mulkdorlarining haqiqiy oʻzini oʻzi boshqarish institutlari sifatida rivojlantirish ‎‎

1.‎ Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:
‎xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari namunaviy ustavini;
‎xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari (XUJMSH) va koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan xonalar mulkdorlari oʻrtasidagi namunaviy shartnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. ‎
Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirgandan keyin 1 oy muddatda‎ Vazirlar Mahkamasining qarori‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi‎
2.‎ Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSH uyushmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari uchun yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunni aholi bilan bevosita ish olib borish metodidan foydalangan holda tushuntirishga oʻqitish boʻyicha oʻquv seminarlari turkumini oʻtkazish.‎ Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirgandan keyin 1 oy muddatda‎ Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha aholi bilan tushuntirish ishlari olib borishga doir tavsiyanomalar‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, XUJMSH uyushmalari‎
3.‎ Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunni hamda kvartiralarning umumiy soni 250 tadan oshmaydigan 1 tadan 5 tagacha uyga ega boʻlgan kichik shirkatlarning afzalliklarini tushuntirish maqsadida koʻp kvartirali uylarda yashovchilar yigʻilishlari jadvalini ishlab chiqish va oʻtkazish.‎ Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirgandan keyin 2 oy muddatda‎ Yigʻilishlar jadvali, yigʻilishlar oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi hisobotlar‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSH uyushmalari, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
4.‎ Aholi uchun XUJMSH uyushmalari huzurida doimiy ishlaydigan konsultatsiya punktlari tashkil etish, ularni XUJMSH faoliyati boʻyicha zarur qonunlar va normativ adabiyotlar, axborot va metodik materiallar bilan taʼminlash.‎ 2006-yil 1-sentabrgacha ‎ Konsultatsiya punktlari‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, XUJMSH uyushmalari‎
5.‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligiga aholi bilan tushuntirish ishlarini taʼminlash uchun axborot-metodik materiallar, normativ adabiyotlar nashr etish uchun mablagʻlar ajratish.‎ Har yili‎ Tushuntirish hujjatlari, normativ-huquqiy hujjatlar‎ Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari‎
6.‎ Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarida yillik umumiy yigʻilishlar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.‎ 2006-yil may‎ Tavsiyanomalar‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
7.‎ Uy-joy fondini saqlash va aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati ijro etuvchi organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va ularning uyushmalari bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.‎ 2006-yil iyun‎ Nizom‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
8.‎ Kichik va bir uyga ega xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini tashkil etish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.‎ 2006-yil iyul‎ Tavsiyanomalar‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi‎
9.‎ Telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash va uy-joy mulkdorlarining huquqlari, majburiyatlari va ularning koʻp kvartirali uylardagi umumiy mulkni saqlash uchun javobgarligi, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil etishning maqsadi va vazifalari, shuningdek Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatining ijobiy tajribasini targʻib qilish masalalarini respublika gazetalari va mahalliy gazetalarning doimiy ruknlari orqali tushuntirish.‎ Muntazam, tasdiqlangan har choraklik jadvallar asosida‎ Telekoʻrsatuvlar, reklamalar toʻplami, maqolalar‎ Oʻzbekiston MTRK, OʻzA, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari‎

‎‎II. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish va ularga xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash, XUJMSH ishlari samaradorligini oshirish

10.‎ Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga, ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilarga, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish uchun koʻp kvartirali uylarni saqlash, umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlashga yoʻnaltirilgan imtiyozli kredit berish boʻyicha takliflar tayyorlash.‎ 2006-yil 15-maygacha‎ Takliflar bilan birga tahliliy xat‎ Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
11.‎ XUJMSHni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uy-joylarning (shu jumladan 2002—2006-yillar davrida mahalliy hokimiyat organlari balansiga berilgan idoraga qarashli uylarning) umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlash jadvalini moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda ishlab chiqish.‎ 2006-yil 1-iyungacha‎ Vazirlar Mahkamasining qarori‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
12.‎ Koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari qoniqarsiz yoʻlga qoʻyilgan shirkatlarni, malakasiz va nohalol rahbarlarni aniqlash uchun XUJMSH aʼzolari umumiy yigʻilishiga raislarni qayta saylash boʻyicha tavsiyalar berish maqsadida XUJMSHlar tomonidan uy-joylarni boshqarish sifatini tahlil qilish.‎ 2006-yil 1-iyungacha‎ Tavsiyalar bilan birga tahliliy xat‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSH uyushmalari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
13.‎ XUJMSHlarni ixchamlashtirish maqsadida uylardagi yashovchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish: birinchi bosqichda uylarga xizmat koʻrsatish va isitish mavsumiga tayyorgarlik qoniqarsiz yoʻlga qoʻyilgan XUJMSHlarda; ikkinchi bosqichda xizmat koʻrsatiladigan uylarning soni 5 tadan ortiq boʻlgan (250 kvartiradan ortiq) qolgan XUJMSHlarda. ‎ 2006-yil may 2006-yil avgust ‎ Yigʻilishlar jadvali, oʻtkazilgan yigʻilishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar, XUJMSHlar soni va tarkibidagi oʻzgarish toʻgʻrisida axborot‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSH uyushmalari‎
14.‎ XUJMSH statistika hisobotlari shakllarini qayta koʻrib chiqish va ular faoliyatining monitoringi natijalarini samarali amalga oshirish imkonini beradigan yangi shakllarini ishlab chiqish.‎ 2006-yil may‎ Hisobot shakllari‎ Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, XUJMSH uyushmalari‎
15.‎ XUJMSH xodimlarini (boshqaruv va taftish komissiyalari raislari, buxgalterlarini) XUJMSH faoliyatining qonunchilik bazasi, turli uylar mulkdorlari mablagʻlarining tushishi va sarflanishini alohida-alohida hisobga olish, XUJMSH faoliyatining oshkoraligi boʻyicha oʻqitish.‎ 2006-yil may-sentabr ‎ Oʻqitish jadvallari‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSH uyushmalari‎
16.‎ “Eng yaxshi xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati” mintaqaviy (shahar, tuman) tanlovi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish.‎ 2006-yil II chorak‎ Namunaviy nizom‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
17.‎ XUJMlarning mintaqaviy (shahar, tuman) tanlovlarini oʻtkazish.‎ Har yili‎ Tanlovlar‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, XUJMSH uyushmalari‎
18.‎ Egasiz turar joylarni xatlovdan oʻtkazish va keyinchalik davlat mulkiga oʻtkazish maqsadida ularni hisobga qoʻyish tadbirlarini amalga oshirish.‎ 2006-yil 1-oktabrgacha va keyinchalik har yili ‎ Xatlovdan oʻtkazish‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Davlat mulki qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy organlari‎
19.‎ XUJMSH va kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar oʻrtasida mulkning boʻlinish chegaralari hamda muhandislik kommunikatsiyalarini saqlash uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.‎ 2006-yil II chorak‎ Nizom‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi‎
20.‎ Mulkdorlarning uydagi umumiy mulkini saqlash uchun ularning mablagʻlari tushishi va sarflanishini alohida-alohida hisobga olishni tashkil etish uchun XUJMSHdagi har bir uy uchun shaxsiy hisob raqamlari ochish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.‎ 2006-yil iyul‎ Nizom‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Markaziy bank, “Ipoteka-bank”, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi‎
21.‎ XUJMSHning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish hamda uylar mulkdorlarining majburiy badallari miqdorini belgilash.‎ 2006-yil sentabr‎ Tavsiyanomalar‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi‎

‎‎III. Uy-joylarga xizmatlar koʻrsatishda raqobat muhitini shakllantirish

22.‎ Uy-joylarga xizmatlar koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratish uchun XUJMSHga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilarga, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga imtiyozli soliq solish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.‎ 2006-yil 1-iyungacha‎ Takliflar‎ Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
23.‎ Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari oʻrinbosarlari uchun xususiylashtirilgan uy-joylarni boshqarish va ularga xizmat koʻrsatish usullari, boshqaruvchi tashkilotlarni tashkil etish va ularning faoliyati boʻyicha Respublika seminari oʻtkazish.‎ 2006-yil iyun‎ Oʻquv kursi‎ Vazirlar Mahkamasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
24.‎ Boshqaruvchi tashkilotlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.‎ 2006-yil iyun‎ Tavsiyanomalar‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
25.‎ Birinchi xususiy boshqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, avariya-dispetcherlik xizmatlari tashkil etishda, ularning moddiy-texnika bazasini (tanlov va qaytarish asosida mablagʻlar ajratish) mustahkamlashda yordam koʻrsatish.‎ 2006-yil mobaynida har chorakda‎ Tahliliy axborotlar‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari‎
26.‎ Boshqaruvchi tashkilotlar rahbarlarini oʻqitish‎ 2006-yil iyul‎ Oʻqitish‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
27.‎ Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uchun boshqaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlash tashkilotini tanlov boʻyicha tanlashga doir tavsiyanomalar ishlab chiqish.‎ 2006-yil avgust‎ Tavsiyanomalar‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
28.‎ Birinchi xususiy boshqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyati tajribasini tahlil qilish, eng yaxshi tajribani ommalashtirish.‎ 2006-yil mobaynida‎ Tavsiyanomalar bilan birga tahliliy xat‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSH uyushmalari, Oʻzbekiston MTRK, OʻzA, “Oʻzkommunxizmat” agentligi‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 15-son, 127-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)