O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 4-MODDASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh MASALALARIGA OID AYRIM QONUN HUJJATLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2005-yil 10-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda ma’qullangan
2005-yil 10-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
2-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida”gi 119-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 194-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 82-II-sonli Qonunining XX bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil № 5-6, 153-modda).
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-aprel,
O‘RQ-27-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 109-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)