Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Qarori
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YOʻLOVChILAR TAShISh BILAN ShUGʻULLANIShGA LITSENZIYA OLIShDA YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN TOʻLANGAN DAVLAT BOJINI QAYTARISh YOKI HISOBGA QOʻShISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 28-martda 1555-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2011-yil 30-noyabrdagi 72, 3-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanishga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlangan davlat bojini qaytarish yoki hisobga qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1555-1, 12.12.2011-y) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarorining 3-bandini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladilar:
1. Ilova* qilinayotgan “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanishga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlangan davlat bojini qaytarish yoki hisobga qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlangan.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Moliya vazirligi R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
32-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 108-modda)