27.03.2006 yildagi 52-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.03.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISTEʼMOL TOVARLARI ULGURJI SAVDOSI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdo korxonalari respublika hududida joylashgan joyidan qatʼi nazar, ulgurji tashkilotlar bilan hamda isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega ekanligi prinsipiga rioya etilishini hisobga olgan holda, ulgurji va chakana savdo oʻrtasida faqat ixtiyoriy va sherikchilik asosida shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — mintaqalarda viloyat, viloyatlararo va tumanlararo bazalarni, shu jumladan tovarlarning asosiy guruhlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bazalarni bosqichma-bosqich shakllantirishda Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralariga koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalarining isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki isteʼmol bozori konyunkturasini puxta oʻrganish asosida uni tovarlar bilan toʻldirish dasturini shakllantirsinlar, isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan respublika korxonalari bilan uzoq muddatli savdo aloqalari tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni samarali tashkil etish hamda chakana savdo va aholi ishonchini qozonish yoʻli bilan ulgurji bozorda oʻz mavqelarini izchil mustahkamlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan isteʼmol kreditlari berish, shuningdek kelgusida oʻz chakana savdo tarmogʻini rivojlantirish maqsadida yetarli resurslar va tajribani asta-sekin shakllantirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi I yarim yillik va umuman 2006-yil yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarining, ularning hududiy bazalarining yoʻqotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan koʻrgan zararlari faqat bazalarning oʻz daromadlari hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklariga Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralariga, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarga ularning mamlakatimiz korxonalaridan isteʼmol tovarlari xarid qilishga yoʻnaltiriladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun qisqa muddatli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni roʻyxatdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi koʻrsatib oʻtilgan baza-kontoralarga, hududiy bazalarga, viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmonida va mazkur qaror bilan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan talablarga rioya qilishni hisobga olgan holda isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududiy “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini mufassal oʻrganib chiqsinlar hamda ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, qishloq joylardagi, borish qiyin boʻlgan hamda togʻli tumanlardagi aholining zarur isteʼmol tovarlariga ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 27-martdagi 52-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar muassislari tomonidan taqdim etiladigan taʼsis hujjatlarida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shakllantiriladigan ustav fondi (ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablagʻlari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida) toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat turi — isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar (keyingi oʻrinlarda sotuvchilar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjud boʻlganda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun sotuvchilarda oʻzining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat boʻlganda), koʻtarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllari, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlari mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sotuvchilar tovarlarning yetkazib beruvchilarini va xaridorlarini shartnoma asosida mustaqil ravishda tanlab olish huquqiga ega hamda sotilgan tovarlarning keyinchalik foydalanilishi uchun javob bermaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sotuvchilar tomonidan isteʼmol tovarlari hududiy joylashuvidan qatʼi nazar, har qanday xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga, maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga ulgurji sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar jismoniy shaxslarga faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnoma mavjud boʻlganda ulgurji sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari isteʼmol tovarlarini ularning tarkibiga kiruvchi hududiy bazalarga, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga ulgurji sotish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tovarlarni ulgurji sotish faqat tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sotuvchilarning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Savdo faoliyatini amalga oshirishda sotuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi (shartnoma, schyot-faktura, tovar-yoʻl hujjatlari) hujjatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikatiga, tovarlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki ularning nusxalariga — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar sotilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyaga ega boʻlishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mazkur Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litsenziyasiz yoxud litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda ulgurji savdoni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 27-martdagi 52-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalarining isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qaroriga muvofiq quyidagilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalarining va ular tarkibiga kiruvchi ulgurji savdo korxonalarining isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda berilgan litsenziya ulgurji savdo korxonalariga:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy joylashuvidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyatini amalga oshirayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga, maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarni ulgurji sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi va qonun hujjatlarida belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnomasi mavjud boʻlgan jismoniy shaxslarga tovarlarni kichik turkumlar bilan ulgurji sotish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoniga muvofiq besh yil muddatga mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarga, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga va ular tarkibiga kiruvchi ulgurji savdo korxonalariga isteʼmol tovarlarini ulgurji sotish huquqiga ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalarning isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya berish yuzasidan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablagʻlari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjud boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat boʻlganda), koʻtarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllari, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlari mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulotlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud boʻlishi — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar sotilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi yoki viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari tizimiga kirishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ulgurji savdo korxonalari uchun shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻzining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat boʻlganda), koʻtarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllari, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziya talabgorining Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kirishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hujjatlarni koʻrib chiqish va isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan muddatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining vakolatli oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontorasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazaga (filial, shoʻba korxonaga) litsenziya tarkibiga baza kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontorasining tartib raqamiga kasr orqali hududiy bazaning indeksi (tartib raqami) qoʻshilgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi tizimining ulgurji savdo korxonasiga litsenziya tarkibiga ulgurji savdo korxonasi kiruvchi viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasining tartib raqamiga kasr orqali ulgurji savdo korxonasining indeksi (tartib raqami) qoʻshilgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan kunda litsenziya bitimi tuziladi va litsenziya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan yoxud joylashgan joyi oʻzgargandan keyin bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziyalovchi organga murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat litsenziya dublikati olish uchun litsenziyalovchi organga, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda, litsenziya dublikati berish toʻgʻrisida ariza hamda litsenziya dublikati berilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikati berishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya dublikati berilgani uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat tegishli nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli nazorat organlari litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrashi va olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlar natijalari asosida tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Buzilishlar aniqlangan taqdirda tekshirish dalolatnomasida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish dalolatnomasi nusxasi litsenziyalovchi organga yuboriladi, litsenziyalovchi organ litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qaror chiqaradi hamda bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi nazorat organida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar: yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami, STIR), pochta manzili hamda mavjud boʻlsa telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) dublikat berishning asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi hamda aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrdan koʻchirma tarzida yozma soʻrov asosida va soʻrov uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda uch kun muddatda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Reyestrdan bir litsenziat toʻgʻrisida maʼlumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar tekin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Reyestrdan maʼlumot berilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasining
‎ Davlat gerbi ‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ‎‎

LITSENZIYA
‎ AA № 000
‎AA № 000/00
* ‎‎‎

‎‎Mazkur litsenziya bilan __________________________________________________________ ga

(litsenziya egasining toʻliq nomi)‎

‎‎_______________________________________________________________

(faoliyatning ruxsat berilgan turi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________
‎‎_____________________________ ni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
‎‎Litsenziya egasining joylashgan joyi (pochta manzili): _______________________________
‎‎________________________________________________________________________________
‎‎Soliq toʻlovchi-litsenziya egasining identifikatsiya raqami:____________________________
‎‎Litsenziya berilgan sana _____________ yil _____________
‎‎Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan.
‎‎Reyestr boʻyicha tartib raqami ______________________________________________________‎
Vakolatli shaxs:‎

___________________________________

___________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari tarkibiga kiradigan hududiy bazalar hamda “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kiradigan ulgurji savdo korxonalari uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 106-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda; 2016-y., 27-son, 326-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)