O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISTE’MOL TOVARLARI ULGURJI SAVDOSI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarining yo‘qotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan ko‘rgan zararlari faqat korxonalarning o‘z daromadlari hisobiga qoplanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tijorat banklariga “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari ularning mamlakatimiz korxonalaridan iste’mol tovarlari xarid qilishga yo‘naltiriladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun qisqa muddatli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududiy “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini mufassal o‘rganib chiqsinlar hamda ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, qishloq joylardagi, borish qiyin bo‘lgan hamda tog‘li tumanlardagi aholining zarur iste’mol tovarlariga ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-mart,
52-son
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I. “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari muassislari tomonidan taqdim etiladigan ta’sis hujjatlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
shakllantiriladigan ustav fondi miqdori to‘g‘risidagi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
faoliyat turi — iste’mol tovarlari ulgurji savdosi, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
II. Iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar (keyingi o‘rinlarda sotuvchilar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun sotuvchilarda o‘zining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat bo‘lganda), ko‘tarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yo‘l kirish yo‘llari, elektr energiyasi va suv ta’minoti tarmoqlari mavjud bo‘lishi kerak.
5. Sotuvchilar tovarlarning yetkazib beruvchilarini va xaridorlarini shartnoma asosida mustaqil ravishda tanlab olish huquqiga ega hamda sotilgan tovarlarning keyinchalik foydalanilishi uchun javob bermaydilar.
6. Sotuvchilar tomonidan iste’mol tovarlari hududiy joylashuvidan qat’i nazar, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turg‘un savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga, maxsus iste’molchilarga, davlat ta’minotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga ulgurji sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar jismoniy shaxslarga faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va qonunchilikda belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnoma mavjud bo‘lganda ulgurji sotiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tovarlarni ulgurji sotish faqat tuzilgan shartnomalar asosida va o‘zaro hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
III. Sotuvchilarning vazifalari
9. Savdo faoliyatini amalga oshirishda sotuvchilar:
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi (shartnoma, schyot-faktura, tovar-yo‘l hujjatlari) hujjatlarga;
muvofiqlik sertifikatiga, tovarlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki ularning nusxalariga — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan tovarlar sotilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 106-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda; 2016-y., 27-son, 326-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)