O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON YoShLARINING “KELAJAK OVOZI” RESPUBLIKA TANLOVINI HAR YILI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” fondi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan 2005-yilda tashkil etilgan “Kelajak ovozi” tanlovi mamlakatimizning barcha mintaqalarida yashaydigan talantli va iqtidorli yoshlarni aniqlashga, ular uchun ilm-fan, san’at, zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyatni namoyon qilishda yangi imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan edi.
O‘tkaziladigan “Kelajak ovozi” tanlovini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati anjumani” jamg‘armasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Kelajak ovozi” tanlovini har yili o‘tkazish hamda unga respublika maqomini berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Tanlov tashkilotchilari tomonidan O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda jamoatchilik kengashi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoshlarning keng ishtirok etishi uchun tegishli shart-sharoitlarni, nomzodlarni sifatli va xolisona tanlashga ko‘maklashishni ta’minlasinlar, shuningdek O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishda aniq yordam ko‘rsatsinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda tanlovni o‘tkazishda, qatnashchilarni tanlashda, finalistlarning final bosqichiga borishini tashkil etishda, shuningdek tanlov bo‘yicha saralab olishni hamda mukofotlash tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar.
5. Jamoatchilik birlashmalari, vazirliklar va idoralarning tanlov qatnashchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tanlov g‘oliblari loyihalarini joriy etish bo‘yicha kelgusidagi ishlar uchun 2-ilovaga muvofiq otaliq tashkilotlari ro‘yxati yuzasidan taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
6. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashining tanlovni tashkiliy-moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablag‘lari hisobiga shtatlari soni besh nafardan iborat bo‘lgan tanlov ijro etuvchi direksiyasini shakllantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilarga:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga — tanlovni o‘tkazishda homiylik yordami ko‘rsatish;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga — O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini o‘tkazishni keng yoritish tavsiya qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-mart,
45-son
O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik kengashi
TARKIBI
| G. I. Karimova | — | “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” fondi homiylik kengashi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi |
| N. Abdullayeva | — | O‘zbekiston xalq artisti |
| Akmal Nur | — | O‘zbekiston xalq rassomi, akademik |
| R. Axliddinov | — | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Sh. G‘ulomov | — | O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi |
| O‘. Jo‘rayev | — | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh di�ektorining birinchi o‘rinbosari |
| R. S. Qosimov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
| S. Qosimov | — | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori |
| T. Qo‘ziyev | — | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| K. Quronboyev | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari |
| M. Quronov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari |
| M. Mirzo | — | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari |
| D. Murodova | — | O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori |
| F. Ro‘ziyev | — | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari |
| B. Ubaydullayev | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi |
| M. Fozilov | — | O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi a’zosi, Xalqaro dizaynyerlar uyushmasi raisi |
| B. Sharofov | — | “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” fondi ijro etuvchi direktori |
O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovi nominatsiyalari bo‘yicha birkitilgan otaliq tashkilotlar ro‘yxati
1. Badiiy va amaliy san’at
(haykaltaroshlik, dizayn, xalq amaliy san’ati, hunarmandchilik, tasviriy san’at, kulolchilik san’ati)
— O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
— K. Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn milliy instituti
— O‘zbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi
— Respublika badiiy kolleji
— Xalqaro madaniyat karvonsaroyi
2. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
(yangi kompyuter dasturlari yaratish, veb-dizayn, telekommunikatsiyalar)
— O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
— O‘zbekiston Milliy universiteti
— O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
3. Ratsionalizatorlik takliflar, texnik loyihalar va ishlanmalar
(texnik dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar, ratsionalizatorlik takliflar, talabalarning ilmiy ishlari)
— O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
— Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
— Respublika bolalar ijodiyoti uyi
— Toshkent davlat texnika universiteti
4. Ijtimoiy loyihalar va biznes-rejalar
(ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar, biznes-rejalar, ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha loyihalar, yoshlarni birlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar)
— Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti
— “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi
— O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi – tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
— O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
— O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi
5. Badiiy ijod
(proza, publitsistika, poeziya, dramaturgiya, musiqa, televizion va radiojurnalistika, matbuot)
— O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
— O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
— O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi
— O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
— O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
6. Arxitektura va dizayn
(arxitektura inshootlarini loyihalash, shaharsozlik, me’moriy bezash, kiyimlar va binolar dizayni, interyer dizayni, obodonlashtirish)
— O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi
— Toshkent arxitektura-qurilish instituti
— O‘zbekiston Dizaynyerlar uyushmasi
— “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi
— O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Respublika dizayn kolleji
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 86-modda ; 2011-y., 36-son, 367-modda)