21.01.2006 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.01.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi PQ–5-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 21-yanvardagi 8-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlarning shunday turar joylarni aniqlash va ularni davlat mulkiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Egasi boʻlmagan yoki egasi nomaʼlum boʻlgan turar joylar egasiz turar joy deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomga muvofiq egasiz turar joy deb eʼtirof etilgan turar joylar sud qarori asosida davlat mulkiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Turar joyni egasiz turar joy deb eʼtirof etish va uni davlat mulkiga oʻtkazish maqsadida turar joyning egasizligi yoki egasi nomaʼlumligi holati quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasizlik belgilariga ega boʻlgan turar joy aniqlangan taqdirda ushbu turar joyning egasini yoki uning ishonchli vakilini aniqlash chora-tadbirlari koʻriladi. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan holatlar turar joyning egasizlik belgilari boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida turar joyning egasi yoki uning ishonchli vakili aniqlanmagan taqdirda shaharlar (tumanlar) hokimliklarining arizasi asosida turar joy koʻchmas mulkka huquqlarni va ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli organlarida hisobga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uzoq (6 oydan koʻproq) vaqt mobaynida boʻsh turgan, yaʼni ushbu turar joyda qonuniy asoslarda yashaydiganlar boʻlmaganda, buning natijasida u yerda quyidagi holatlar vujudga kelgan turar joy ushbu Nizom maqsadlari uchun egasiz va hisobga qoʻyiladigan turar joy hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boʻsh turgan ushbu davr uchun kommunal xizmatlar haqi va turar joyni saqlash uchun xarajatlar boʻyicha qarzlar mavjudligi. Turar joyda yashovchilar yoʻqligi boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan holatlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli organi tomonidan, kommunal xizmatlar haqi va turar joyni saqlash uchun xarajatlar boʻyicha qarzlarning mavjudligi boʻyicha esa — uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) turar joyning butunligi va saqlanishi taʼminlanmaganligi, buning oqibatida turar joyning buzilishiga va unga uchinchi shaxslarning kirish uchun urinishlariga yoʻl qoʻyilganligi. Ushbu holat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hamda uy-joy mulkdorlari shirkatining ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari ishtirokidagi qoʻshma dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatlar birgalikda yoki alohida-alohida yuz berganda egasiz turar joyni hisobga olish uchun yetarli deb eʼtirof etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Turar joyni hisobga olish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Egasiz turar joylarni aniqlash bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 10-fevraldagi PQ–3-son qaroriga muvofiq shaharlar (tumanlar)da tashkil etilgan Turar joy fondi saqlanishi monitoringi boʻyicha komissiyaga (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga kadastr, soliq, moliya xizmatlari, arxitektura-qurilish nazorati, ichki ishlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari vakillari kiritiladi. Komissiyalarning shaxsiy tarkibi tegishli shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga hokimning uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalariga mutasaddi oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqa tashkilotlar, kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar axborotlari asosida turar joylarni xatlovdan oʻtkazadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasiz turar joylarning paydo boʻlishi sabablarini aniqlaydilar hamda ichki ishlar organlaridan, Davlat mulki qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy organlaridan va boshqa tashkilotlardan bunday turar joylar mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun zarur axborotlarni va tekshirilayotgan turar joy tavsifini soʻrab oladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan maʼlumotlar asosida egasiz turar joyni aniqlash uchun materiallar (hujjatlar)ni shakllantiradilar va qaror qabul qilish hamda koʻchmas mulkka huquqlarni hamda ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlarida hisobga olish uchun ularni tegishli hokimlikka beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari asosida egasiz turar joylar boʻyicha qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Koʻchmas mulkka huquqlarni va ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlari Komissiya soʻrovi boʻyicha binolar va inshootlarning reyestr daftari maʼlumotlariga binoan ikki hafta muddatda egasiz turar joylar egalari toʻgʻrisidagi hamda turar joylarning joriy vaqtdagi mansubligi va xatlov bahosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlangan egasiz turar joylar boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda koʻchmas mulkka huquqlarni va ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlari ichki ishlar organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari vakillari bilan birgalikda bunday turar joylarning mansubligini, tavsifini va taxminiy baholash qiymatini aniqlash chora-tadbirlarini koʻradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki ishlar organlari Komissiya soʻrovi boʻyicha bir oy muddatda tekshirilayotgan turar joyda roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar, zarurat boʻlganda, qidiruv eʼlon qiladilar va ularning turgan joyini aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning turgan joyi aniqlanmagan taqdirda, ichki ishlar organlari Komissiyaga turar joy egasining yoʻqligini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari Komissiyaga kommunal xizmatlar toʻlovi va turar joy taʼminoti xarajatlari (6 oydan koʻp vaqt) boʻyicha mavjud qarzlar toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Egasiz turar joylarni hisobga qoʻyish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Aniqlangan egasiz turar joylar boʻyicha materiallar Komissiya tomonidan koʻchmas mulkka huquqlarni va ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlarida hisobga qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrish uchun turar joylar joylashgan joydagi tegishli hokimlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar (tuman) hokimligi aniqlangan egasiz turar joylar boʻyicha materiallar Komissiya tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻchmas mulkka huquqlarni va ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlariga egasiz turar joylarni hisobga qoʻyish toʻgʻrisida ariza joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka huquqlarni va ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organi aniqlangan egasiz turar joylarni bino va inshootlarga huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda hisobga qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasi ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasi davolanish, oʻqish, mehnat faoliyati munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasi Qurolli Kuchlar saflarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasi Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarida uzoq muddat davolanayotganda turar joyni hisobga olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Turar joy hisobga qoʻyilgandan keyin Komissiya turar joyga kirish joyidagi peshlavhaga hisobga qoʻyilgan sanasi va ushbu turar joyning egasi yoki ishonchli vakili qaytib kelgan taqdirda murojaat qilishi mumkin boʻlgan manzil koʻrsatilgan holda turar joy egasiz turar joy sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarni joylashtirishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy hisobda turgan davrda uning saqlanishi ustidan qarab turish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (“Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari) tomonidan ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy hisobda turgan davrda kommunal xizmatlar va turar joyni saqlash xarajatlari uchun toʻlov hisoblanmaydi, markaziy isitish xizmatlari bundan mustasno. Turar joylar hisobga qoʻyilgan paytdan boshlab shahar (tuman) hokimligi uy-joy mulkdorlari shirkatini va kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalarni koʻrsatib oʻtilgan xizmatlar uchun toʻlov hisoblanishining toʻxtatilishi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Egasiz turar joylarni davlat mulkiga oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Egasiz turar joylar hisobga qoʻyilgan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan uch yillik muddat tugagandan keyin shahar (tuman) hokimligi turar joyni egasiz turar joy deb eʼtirof etish va davlat mulkiga oʻtgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilangan tartibda egasiz deb eʼtirof etilgan turar joylar davlat uy-joy fondiga kiritiladi va oʻz maqsadida foydalanish, shu jumladan ijara shartnomasi shartlarida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan fuqarolarga berish uchun shahar (tuman) hokimligi ixtiyoriga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda egasiz deb eʼtirof etilgan turar joylarni hisobga olish, baholash va sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Egasiz turar joylar yashash uchun yaroqsiz deb eʼtirof etilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan turar joylar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda uy-joy fondidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxona koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va u bilan bitishuvlar tuzish organining egasiz turar joyni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi asosida koʻrsatib oʻtilgan kommunal xizmatlar (turar joyni saqlash boʻyicha xizmatlar) uchun qarzlar summasini soliq solinadigan bazaga tiklamasdan zarar hisobiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Turar joylarni hisobdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sudning qaroriga koʻra davlat mulkiga oʻtganligi eʼtirof etilmagan egasiz turar joy uni tashlab ketgan egasining egaligiga, foydalanishi uchun va tasarruf etishi uchun qabul qilinishi yoxud egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida turar joyning egasi hisoblanmaydigan shaxs tomonidan mulk qilib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Turar joyni hisobdan chiqarish turar joyning egasi yoki uning ishonchli vakili tomonidan shahar (tuman) hokimligiga berilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar (tuman) hokimligi Komissiya bilan birgalikda ariza tushgan kundan boshlab uch kun muddatda arizani koʻrib chiqadi va koʻchmas mulkka huquqlarni va ularga oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish organiga turar joyni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Turar joyning egasi yoki uning ishonchli vakili ularning turar joyni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilayotgan davrda turar joyda toʻsqinliksiz yashashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kommunal xizmatlar toʻlovi va turar joyni saqlash boʻyicha xarajatlar, shu jumladan mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan aniqlangan sabablarga koʻra egasi boʻlmagan turar joylar boʻyicha kommunal xizmatlar toʻlovi va turar joyni saqlash boʻyicha xarajatlar bilan bogʻliq qarzlar mavjud boʻlgan taqdirda shahar (tuman) hokimligi kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona va uy-joy mulkdorlari shirkatining taqdimnomasiga binoan sudlarga hosil boʻlgan qarzdorlikni turar joylarning egalaridan undirib olish, shuningdek turar joy egasining oʻziga tegishli turar joyni saqlash va unga qarash boʻyicha majburiyatlari turar joyning egasi tomonidan bajarilmasligi natijasida yetkazilgan zararni undirish yuzasidan daʼvo kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kommunal-foydalanish xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha qarzlarni undirishga oid sud hujjatlarining majburiy ijro etilishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4–5-son, 27-modda; 2007-y., 9–10-son, 85-modda; 2009-y., 29-son, 335-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)