O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PARVOZLARDA QATNAShUVChI UChUVChILAR VA TEXNIKA
XIZMAtChI KO‘RSATUVChI XODIMLAR SIRASIGA KIRUVChI
ShAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY ShAXSIY SUG‘URTASI
BO‘YIChA SUG‘URTA PULI VA SUG‘URTA TARIFLARI
MIQDORLARI TO‘G‘RISIDA
XIZMAtChI KO‘RSATUVChI XODIMLAR SIRASIGA KIRUVChI
ShAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY ShAXSIY SUG‘URTASI
BO‘YIChA SUG‘URTA PULI VA SUG‘URTA TARIFLARI
MIQDORLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Parvozlarda qatnashuvchi uchuvchilar va texnika xizmati ko‘rsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan majburiy shaxsiy sug‘urtasi 1994-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilsin.
2. Parvozlarda qatnashuvchi uchuvchilar va texnika xizmati ko‘rsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning majburiy shaxsiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta pullari:
uchuvchilar sirasiga kiruvchi shaxslar uchun — eng kam ish haqining 80 baravari miqdorida;
texnika xizmati ko‘rsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslar uchun — eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida belgilansin.
To‘lovlar summasi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun amaldagi eng kam ish haqi miqdorining 40 foizi, texnika xizmati ko‘rsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslar uchun — 20 foizi miqdorida bir yilda bir marta belgilanadi.
3. Uchuvchilar va texnika xizmati ko‘rsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning majburiy shaxsiy sug‘urtasini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat sug‘urta bosh boshqarmasiga yuklatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘n kun muddatda Uchuvchilar va texnika xizmati ko‘rsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi qoidalarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, konsernlar, korporatsiyalarga yetkazsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
612-son