Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.1999 25.05.1998 yildagi 228-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.1999
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

1998/99 OʻQUV YILIDAOʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-iyundagi “1999/2000 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida”gi 282-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan zamonaviy bilimlar va koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan oʻqituvchi va pedagog-muhandislar bilan taʼminlash, hamda oliy taʼlim muassasalariga qobiliyatli yoshlarni sifatli tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1998/99 oʻquv yilida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 42 ming, shu jumladan 21 ming davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari belgilanib, ular Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalari hamda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1 va 2-ilovalarga* muvofiq taqsimlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga oʻrnatilgan qabul rejasining 50 foizi davlat grantlari hisobidan, qolgan 50 foizi toʻlov-kontrakt asosida tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabulni tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni echish uchun Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat komissiyasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga ushbu qaror talablari asosida tegishli oʻzgartirishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan arizalar va test sinovlari natijalaridan kelib chiqqan holda, taʼlim muassasalariga oʻrnatilgan umumiy qabul rejasi doirasida, taʼlim yoʻnalishlari va qabul koʻrsatkichlari boʻyicha zarur boʻlgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar bir hafta muddatda oʻzlariga qarashli taʼlim muassasalariga grantlarni va toʻlov-kontrakt asosidagi oʻrinlar kvotasini taʼlim shakllari va tillari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 1-iyuldagi 332-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 25-may,

228-son