19.11.2003 yildagi 521-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FARM GLASS” QOʻSHMA KORXONASIDA TIBBIYOT SHISHA IDISHLARI ISHLAB CHIQARISHNI KENGAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika farmatsevtika korxonalari va davolash muassasalarining rangsiz shisha idishlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, dorivor preparatlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish hamda tarmoqning eksport potensialini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konsernining mavjud “Farm Glass” qoʻshma korxonasi negizida jahon standartlariga muvofiq boʻlgan texnologiyalarni qoʻllash asosida har sutkada 270 tonna shisha massasi ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan tibbiyot shisha idishlari ishlab chiqarishini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Farm Glass” qoʻshma korxonasi tomonidan “Pecon AG” kompaniyasi (Germaniya) bilan 24,25 mln yevro miqdorida shisha idishlar ishlab chiqarish boʻyicha texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va foydalanishga topshirish yuzasidan kontrakt tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 34,62 mln yevro boʻlgan mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlash 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha qoʻshma korxonaning oʻz mablagʻlari, “Bank Gezelshaft Berlin” banki (Germaniya)ning kredit liniyasi va “Asaka” banki kreditlari hisobiga amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18,19 mln yevro miqdoridagi texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontrakt qiymatining 75 foizi “Asaka” banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Germaniyaning “Germes” eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostida “Bank Gezelshaft Berlin” banki krediti hisobiga toʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6,06 mln yevro miqdoridagi texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontrakt qiymatining 25 foizi va imtiyozli davrda “Bank Gezelshaft Berlin” banki krediti boʻyicha hisoblab yozilgan 0,82 mln yevro miqdoridagi foizlarning 85 foizi “Asaka” banki kreditlari hisobiga toʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4,14 mln yevroga teng miqdordagi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun milliy valyutadagi xarajatlar “Asaka” banki krediti hisobiga qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Farm Glass” qoʻshma korxonasida tibbiyot shisha idishlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha loyihaning aniqlashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslashi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlar boʻyicha asosiy qarz, foizlar va vositachilik haqini toʻlash “Farm Glass” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga, 3—6-ilovalarga* muvofiq “Asaka” banki bilan tuzilgan kredit bitimlari shartlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3—6-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Asaka” banki “Farm Glass” qoʻshma korxonasi kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish uchun “Bank Gezelshaft Berlin” banki bilan kredit bitimini va subqarz bitimini belgilangan tartibda tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Farm Glass” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilgungacha boʻlgan davrda koʻrsatib oʻtilgan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti berishda notarial tasdiqlash hamda Garov va ipoteka shartnomalari davlat kadastrida hisobga qoʻyish uchun davlat boji toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “Farm Glass” qoʻshma korxonasi tomonidan keltiriladigan asbob-uskunalar, materiallar va texnik hujjatlar moliyalashtirish ochilgan sanadan boshlab ikki yil muddatga bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni buyurtmanomalariga binoan “Farm Glass” qoʻshma korxonasida loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kelish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni buyurtmanomalariga binoan “Farm Glass” qoʻshma korxonasida loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Farm Glass” qoʻshma korxonasida ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash uchun toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Farm Glass” qoʻshma korxonasini magistral gaz quvuriga ulashga texnik shartlar berilishini va “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni bilan birgalikda, ishlab chiqarishni kengaytirishni hisobga olgan holda yoqilgʻi sifatida tabiiy gazdan foydalanishga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-sentabrdagi f-556-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
521-son