Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.02.2004 yildagi 59-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 09.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QarorI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI USTUVOR LOYIHALARNI HISOBGA OLIShNI TARTIBGA SOLISh VA ULAR MONITORINGINI OLIB BORISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik faoliyatini oʻrganib chiqish potensial chet el investorlarini axborot bilan taʼminlash, respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish hamda kompleks monitoring olib borish boʻyicha Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmayotganligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini maqbullashtirish, ularning istiqbolli investitsiya loyihalariga oqimini koʻpaytirish va respublikaga xorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun masʼul boʻlgan tashkilotlar faoliyatida bir-birini takrorlashni istisno etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra “Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik” aksiyadorlik jamiyati tugatilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik” aksiyadorlik jamiyatini tugatish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlikni tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tuzilmasida shtatdagi xodimlarning umumiy soni doirasida shtatdagi xodimlari soni 5 nafar boʻlgan, xalqaro moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va ular monitoringini olib borish boshqarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur boshqarmaga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy imtiyozli kreditlar va grantlar asosida amalga oshiriladigan ustuvor loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini tashkil etish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va donor mamlakatlarning mablagʻlarini jalb etish ishlarining muntazam ravishda monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sarmoyaning xalqaro bozorlarini oʻrganish hamda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta institutlari va donor mamlakatlarning mablagʻlarini jalb etishni davom ettirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshirilayotgan loyihalar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boʻyicha markaziy apparat tuzilmasi va uning toʻgʻrisidagi nizom qayta koʻrib chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Investitsiya va tarkibiy siyosat bosh boshqarmasiga investitsiya dasturlarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularning bajarilishi monitoringini olib borish vazifalari bilan bir qatorda qoʻshimcha ravishda, shuningdek xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), chet el moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish boʻyicha hamkorlik qilishga doir takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganish, umumlashtirish va tayyorlash masalalari ham yuklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda ishlab chiqish bosqichidagi ustuvor investitsiya loyihalarini xatlovdan oʻtkazsin hamda manfaatdor tuzilmalar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ularni tasdiqlash va amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlikni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1999-yil 31-martdagi 148-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Gʻaniyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 9-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 59-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik” aksiyadorlik jamiyatini tugatish boʻyicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎ Gʻaniyev E.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi, komissiya raisi‎
2.‎ Rozuqulov U.U.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari ‎
3.‎ Samatov P.A.‎ —‎ Adliya vazirining oʻrinbosari ‎
4.‎ Akbarov A.A.‎ —‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari‎
5.‎ Hasanov N.X.‎ —‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
6.‎ Xursanov A.X.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining yetakchi mutaxassisi‎
7.‎ Tishchenko S.P.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
8.‎ Kim A.K.‎ —‎ “Asaka” banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
9.‎ Qalandarov N.K.‎ —‎ “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta milliy kompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
10.‎ Abralov M.M.‎ —‎ “Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini bajaruvchi‎
11.‎ Baklashova N.T.‎ —‎ “Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik” aksiyadorlik jamiyatining kadrlar boʻyicha bosh mutaxassisi ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 71-modda)