1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUgʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FERMER XOʻJALIGINI YURITISh UChUN YER UChASTKALARINI BERIShDA TANLOV GʻOLIBINI ANIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 19-noyabrda 1523-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2005-yil 4-yanvardagi 1-sonli “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2005-yil 4-yanvar, roʻyxat raqami 1439 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 1-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237a-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibini belgilaydi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53-moddasiga muvofiq fermer xoʻjaligini yuritish uchun quyidagi yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga ochiq tanlov asosida beriladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-2, 18.04.2016-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 167-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy oʻquv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumtaʼlim maktablariga oʻquv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazishda tanlov oʻtkazishga tayyorgarlik qilish va uni eʼlon qilish, tanlovda ishtirok etish shartlari, tanlovni oʻtkazish tartibi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini va tanlov Gʻolibining mulkka boʻlgan huquqini rasmiylashtirish masalalari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli, 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli qarorlari hamda mazkur Nizom talablari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratib berishning umumiy shartlari
(1-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida, shuningdek ushbu yerlarni fermer xoʻjaliklariga berish boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida tuman hokimi qaror qabul qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida osib qoʻyilishi kerak. Eʼlonda yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan joyi, sifati va boshqa tavsiflari, tashkil etilayotgan fermer xoʻjaligining moʻljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning oʻtkazilish vaqti va joyi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan va eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida oʻtkazilishi kerak. Agar tanlovda ishtirok etishga yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya aʼzosi tomonidan ariza berilgan boʻlsa, u mazkur tanlovda ovoz berish huquqiga ega emas. Bu toʻgʻrisida yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya yigʻilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-2, 18.04.2016-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 167-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlovda ishtirok etish huquqiga oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shu jumladan faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklarining boshliqlari ega.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-5, 20.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Etarli texnika va pul mablagʻlariga ega boʻlgan shaxslar bir necha loyihalarga talabgor sifatida ariza berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer ajratishga doir ikki loyihasi boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda gʻolib chiqqan fuqarolarning, shu jumladan faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklari boshliqlarining koʻrsatilgan yer uchastkalari boʻyicha boshqa loyihalar yuzasidan oʻtkaziladigan tanlovlardagi ishtiroki toʻxtatiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi ariza tashkil etilayotgan xoʻjalikning biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda tuman hokimiga beriladi. Arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning turar joyi, soʻralayotgan yer uchastkasi joylashgan joy, uning maydoni, moʻljallanayotgan ixtisoslashuv, chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligi tashkil etishda — boqilishi moʻljallanayotgan mollarning turlari boʻyicha bosh soni, yer uchastkasini ijaraga olish muddati koʻrsatiladi. Fuqarolarning arizasi maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman hokimi ariza kelib tushgan kuniyoq arizani tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga yuboradi. Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ikki kun mobaynida arizalarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa chiqaradi. Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasi arizalar bilan birgalikda yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaga yuboriladi. Agar komissiyaga yuborilgan ariza va hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, komissiya ariza bergan shaxsga komissiyaga ariza kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay kamchiliklarni aniq koʻrsatgan holda asoslantirilgan yozma xabar beradi. Komissiya kotibi talabgorga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash kunigacha talabgorning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya fermer xoʻjaligiga yer uchastkalari berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur bayonnoma barcha hujjatlar, shu jumladan, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasi bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror tuman hokimiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida uch kun mobaynida fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-5, 20.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son)
(2-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xoʻjaligi tashkil etish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Har bir ishtirokchining loyihasi alohida baholanadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida talabgorlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatgichlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassisligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligidagi ish staji;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi yillarda shartnomaviy majburiyatlarning qay darajada bajarilishi.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 26-yanvardagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-1, 13.02.2006y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabgorlarning imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabgorning mutaxassisligi va maʼlumoti maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
(20-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar, shu jumladan MDH davlatlari taʼlim muassasalari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda tan olingan boʻlishi lozim;
(20-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-5, 20.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning mutaxassisligini baholashda talabgorning maʼlumoti (oliy yoki oʻrta maxsus)dan qatʼi nazar, faqatgina mutaxassislik inobatga olinadi. Mutaxassislik uchun eng yuqori ball fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega boʻlgan talabgorlarga beriladi. Bunda, fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislik deganda fermerlik faoliyatini yuritishga doir maxsus mutaxassislikka ega shaxslar, shu jumladan aynan shu sohada kasb-hunar kollejini tamomlagan yoki shu sohada bakalavr (magistr) darajasini olgan yoxud boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir necha mutaxassislik boʻyicha maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan talabgorlarning faqatgina bitta eng yuqori balli mutaxassisligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat shu sohada oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiyaga mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
(20-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabgorning majburiyatlardan holi pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank Boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda talabgor tanlovga pul mablagʻlari oʻrniga oʻz mol-mulkini taklif etishi mumkin. Bunda mol-mulk talabgorning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi lozim. Agar taklif etilayotgan mol-mulk talabgorga birgalikdagi mulk huquqi asosida tegishli boʻlsa, bu holda tegishli oila aʼzosining (ota-ona, er-xotin va farzandlar) notarial tasdiqlangan roziligi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovga taklif etilgan mol-mulklar qiymati quyidagi shartlar asosida inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mol-mulk baholangan va ularga boʻlgan (chorva mollaridan tashqari) mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi lozim. Chorva mollarining talabgorga tegishliligi qishloq fuqarolar yigʻini tomonidan berilgan, fuqarolar yigʻini raisi tomonidan imzolanib, muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma asosida aniqlanadi. Ularning narxi chorva bozori maʼmuriyati tomonidan berilgan komissiyaga maʼlumotnoma asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) talabgor tanlovga yuqori likvidli mol-mulkni (chorva mollari, tovar-moddiy boyliklar yoki boshqa tez sotiladigan mol-mulklar) taqdim etishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) tanlovga talabgorning shaxsiy uy-joyi, uy buyumlari va shu kabilarni, shuningdek sud qaroriga koʻra yoki boshqa asoslarga koʻra xatlangan mol-mulklarni taklif etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga bevosita mulk huquqi asosida tegishli boʻlmagan, shu jumladan talabgor taʼsis etgan (ishtirokchisi boʻlgan) yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan mol-mulklarni taklif etishga yoʻl qoʻyilmaydi, talabgor sifatida tanlovda ishtirok etayotgan fermer xoʻjaligi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) mol-mulk qiymatini aniqlashda tanlovda qatnashish uchun taklif etayotgan texnika vositalari qiymati hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkita loyihaga ariza bergan talabgorning bir loyiha boʻyicha tanlovda inobatga olingan pul mablagʻlari (mol-mulki) ikkinchi loyihaga tanlovda inobatga olinmaydi. Bunday talabgor oʻz pul mablagʻlari (mol-mulki)ni loyihalar oʻrtasida oʻz xohishiga koʻra taqsimlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan texnika vositalari ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 1 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihadagi yer maydoni oʻlchamiga ishlov berish uchun zarur boʻlganidan ortiq taklif etilgan texnika vositalariga ball berilmaydi. Yer maydoni oʻlchamiga zarur boʻlgan texnika vositalarining turlari va soni ularning imkoniyatlari (quvvati)ni hisoblash yoʻli bilan komissiya xulosasi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlari taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
(20-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganligi, fermer xoʻjaligini sudning qaroriga muvofiq tugatish uchun asos hisoblanadi.
(20-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-5, 20.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkita loyihaga ariza bergan talabgorlarning bir loyihaga tanlovda inobatga olingan texnika vositalari boshqa loyihaga tanlovda inobatga olinmaydi. Biroq, agar talabgor taklif etayotgan texnika vositasining imkoniyatlari (quvvati) bir loyihadagi yer maydoniga nisbatan yuqoriroq boʻlsa, bunday texnika vositasi boshqa loyihaga tanlovda ham inobatga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etayotgan faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaligi boshligʻi ushbu fermer xoʻjaligiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan texnik vositalarini tanlovga taklif etishi mumkin. Bu holda, texnika vositalarining imkoniyatlari fermer xoʻjaligining mavjud yer maydonini ham inobatga olgan holda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovga taklif etilgan texnika vositalari quyidagilar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) texnika vositalarini baholashda faqatgina texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ball loyihadagi yer maydoni oʻlchamiga ishlov berish uchun zarur boʻlgan texnika vositasining har bir turiga (tegishli turdagi texnika vositasining sonidan qatʼi nazar) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) taklif etilgan barcha turdagi texnika vositalari uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 15 balldan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan tanlovga taklif etilgan pul mablagʻlari (taklif etilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari), taklif etilgan texnika vositalari tanlovda yutgan taqdirda boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi faoliyatini yuritish jarayonida bevosita foydalanilishi mumkin boʻlgan mol-mulklar boʻyicha sotish majburiyatini olish talab etilmaydi, bunday mol-mulklarni boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olish kifoya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklif etilgan pul mablagʻlari, mol-mulk va texnika vositalarini boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyati talabgorning arizasida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirilmaganligi, shu jumladan, tanlovda taklif qilingan pul mablagʻlari, mol-mulk va texnika vositalarining ustav fondiga kiritilmaganligi natijasida shakllantirilmaganligi, fermer xoʻjaligini sudning qaroriga muvofiq tugatish uchun asos hisoblanadi.
(20-band “g” kichik bandining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga bevosita mulk huquqi asosida tegishli boʻlmagan, shu jumladan talabgor taʼsis etgan (ishtirokchisi boʻlgan) yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan texnika vositalarini taklif etishga yoʻl qoʻyilmaydi, talabgor sifatida tanlovda ishtirok etayotgan fermer xoʻjaligi bundan mustasno.
(20-bandining “g” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 26-yanvardagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-1, 13.02.2006-y.) bilan kichik band kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar talabgor fermer xoʻjaligi boshligʻi yoki oilaviy pudratchi boʻlsa, u tomonidan ish faoliyatining soʻnggi uch yildagi mahsulot yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi (oilaviy pudratchi boʻyicha esa — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi) tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
(20-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabgor qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) hamda boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimlari (fermer xoʻjaliklari xodimlari va oilaviy pudratchilar bundan mustasno) boʻlsa, unda xoʻjalikning soʻnggi uch yildagi mahsulot yetkazib berish kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
(20-bandning “d” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 26-yanvardagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-1, 13.02.2006-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) talabgor Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xatga ega boʻlsa, 10 ball bilan baholanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1523-3, 19.02.2018-y.) asosan oʻttiz beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda eng yuqori ball, barcha turdagi mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni yillar boʻyicha bajarilishiga qarab mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichida komissiya tomonidan talabgorlar takliflarining iqtisodiy asoslanganligi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligi talabgorning arizasi va biznes-rejasini, zarur hollarda esa, tavsiyanoma xatlarini tahlil etish asosida 5 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligini baholashda ariza va biznes-rejada nazarda tutilgan maqsadlarga erishish qanchalik haqiqatga yaqinligi, shuningdek talabgorning yer maydonidan koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan kam boʻlmagan hosildorlikni taʼminlash, qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini oʻzgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarini belgilangan muddatlarda toʻlash kabi majburiyatlarining toʻliqligi va ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning birinchi va ikkinchi bosqichlari bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi. Buning uchun tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 21 kundan keyin, lekin 25 kundan kechiktirmay, komissiya aʼzolarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Yigʻilish unda komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻilishda talabgorning har bir koʻrsatgichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatgichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatgich boʻyicha bitta ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballari tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasiga qoʻyiladi. Ushbu varaqa tanlov oʻtkazilgan kuniyoq mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilib, komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash bosqichlarida eng yuqori reyting ballari toʻplagan talabgorlar komissiya qaroriga koʻra tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda olgan bali eng yuqori ball olgan talabgordan 10 ballgacha yoki 10 ballga farq qilgan talabgorlar eng yuqori ball olgan talabgorlar hisoblanadi va tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmaydi va bunday talabgorlarga tanlovdan olinganligi toʻgʻrisida yozma ravishda rad javobi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir loyihaga talabgorlarning soni uchtadan kam boʻlsa, olgan ballari miqdoridan qatʼi nazar, ularning hammasi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi hamda keyingi kundan kechiktirmay tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan talabgorlar roʻyxati eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror bilan birgalikda tanlovni oʻtkazish shartlari ham eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlovni oʻtkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonunchilik hujjatlariga asosan talabgorlar deb eʼtirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni oʻz vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun yolgʻon maʼlumotlar va soxta hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni tanlov oʻtkaziladigan binoda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlaydigan tarzda yozma shaklda eʼlon qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yoʻllashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchini tanlashda talabgor sifatida eʼtirof etilgan, biroq toʻplagan ballariga asosan tegishli loyihaga tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyilmagan talabgorlar toʻplagan ballarini saqlab qolgan holda boshqa loyihalar (ariza tushmagan yoki arizalar soni kam boʻlgan loyihalar) boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda qatnashish huquqini saqlab qoladilar. Bunday talabgor boshqa loyihaga tanlov oʻtkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasini ilova qilishi kifoya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan qatnashuvchi oʻz arizasini bir loyihadan olib, ushbu loyiha boʻyicha tanlovda ishtirok etmasdan, avval toʻplagan ballarini saqlab qolgan holda shu xoʻjalikdagi boshqa loyihadagi yer maydoniga berish huquqiga ega. Bunday talabgor boshqa loyihaga tanlov oʻtkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorini ilova qilishi kifoya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda, talabgorning toʻplagan bali u ariza bergan boshqa loyihaga tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan talabgorlar toʻplagan balldan kam boʻlmasligi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 26-yanvardagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-1, 13.02.2006-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tanlov oʻtkazish va gʻolibni aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan soʻng bir oydan keyin oʻtkaziladi va unda komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tanlov eng koʻp ariza tushgan loyihalar boʻyicha boshlanib, arizalarning soni kamayishiga qarab navbatma-navbat oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Komissiya aʼzolari tomonidan har bir talabgorning qobiliyati, tegishli bilimi, ishbilarmonligi va saviyasi, fermer xoʻjaligi faoliyatini yuritish va boshqarish boʻyicha berilgan savol-javoblar asosida 10 balli shkala bilan baholanadi. Tanlov varaqasi ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq har bir komissiya aʼzosi tomonidan shaxsan toʻldirib imzolanadi va komissiya raisiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan talabgorga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tanlovda qatnashish uchun tanlash bosqichida toʻplangan ball va tanlovda olingan oʻrtacha ball yigʻindisi talabgorning yakuniy bali hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning yakuniy balining namunaviy hisob-kitobi mazkur Nizomning 6-ilovasida koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Eng koʻp yakuniy ball toʻplagan talabgor tanlov gʻolibi deb topiladi va tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay eʼlon qilinadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 26-yanvardagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-1, 13.02.2006-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadilar.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-5, 20.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya yakuniy bayonnomasi qoʻshimcha ravishda ushbu korxonaning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agar bitta loyihaga faqat bitta talabgordan ariza kelib tushgan boʻlsa, u holda tanlov muddati tugagandan soʻng ushbu loyihaga belgilangan tartibda qayta tanlov oʻtkaziladi. Qayta tanlovda ham ushbu loyihaga boshqa talabgorlardan ariza kelib tushmasa, komissiyaning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan talabgorga ushbu loyihadagi yer uchastkasi berilishi mumkin. Bunda, talabgorning taqdim etgan hujjatlari va oʻtkazilgan suhbat natijasida olgan bali tanlovda qatnashgan va eng yuqori ball olgan talabgor balining yarmidan kam boʻlmasligi lozim. Bu haqda komissiya yigʻilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar tuman hokimiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Fermer xoʻjaligi tashkil etishda talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya va Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyalarning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotiblari tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi, qoida tariqasida, tuman hokimligi xodimi boʻladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-martdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-2, 18.04.2016-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 167-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari tuman hokimligida har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan ajratilgan yerlar boʻyicha alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar fermer xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida tuman hokimligining idoraviy arxiviga topshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyihalar boʻyicha barcha tanlovlarga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan arizalari va unga ilova qilingan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) komissiyaning har bir loyiha boʻyicha talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan asli taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari) tikilishi shart.
(40-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarni toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari A. SALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 18-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 18-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun er uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REYTING BALLARI

T/r
Baholash mezonlari
Reyting koʻrsatkichlari
Reyting ballari
Taqdim etiladigan hujjatlar
1.
Mutaxassisligi
Fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega
10 ball
Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat
Agronom, iqtisodchi, yurist
9 ball
Injener, hisobchi
8 ball
Mexanik, zootexnik, veterinar
7 ball
Boshqa mutaxassis
5 ball
2.
Qishloq xoʻjaligidagi ish staji
15 yil va undan yuqori
10 ball
Mehnat daftarchasi
10 yildan 15 yilgacha
9 ball
5 yildan 10 yilgacha
8 ball
3 yildan 5 yilgacha
7 ball
1 yildan 3 yilgacha
6 ball
3.
Maʼlumoti
Oliy
10 ball
Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat
Oʻrta maxsus
7 ball
Oʻrta
5 ball
4.
Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisob varagʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki
Bazaviy hisoblash miqdorining:
Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat
500 barobaridan yuqori
10 ball
400 barobaridan 499 barobarigacha
8 ball
300 barobaridan 399 barobarigacha
6 ball
200 barobaridan 299 barobarigacha
4 ball
5.
Talabgorga yoki uning oila aʼzolariga (oila aʼzolarining notarial tasdiqlagan roziligi bilan) tegishli yaroqli texnika
Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi
10 ball
Texnik pasport
Ishlov berish traktori
9 ball
Transport traktori
8 ball
Yuk mashinasi
2 ball
Yengil mashinasi
1 ball
Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi
1 ball
6.
Oilaviy pudratchi yoki fermer xoʻjaligi boshligʻi hamda boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimlari (fermer xoʻjaliklari xodimlari va oilaviy pudratchilar bundan mustasno) uchun soʻnggi uch yil d�vomida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning bajarilishi
(eng yuqori ball barcha turdagi mahsulot yetkazish shartnomalari
bajarilganda beriladi)
tuman statistika boʻlimi
yoki qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan berilgan
maʼlumotnoma
3 yil surunkali bajarganda
8 ― 10 ball
3 yildan 2 yil bajarganda
6 — 8 ball
3 yildan 1 yil bajarganda
4— 6 ball
7.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda Oʻzbekiston �shlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xat
10 ball
Tavsiyanoma xat
8.
Arizada va biznes rejada bayon qilingantakliflarning iqtisodiy asoslanganligi
Arizadagi takliflar va biznes rejaning asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqiladi
5 balldan 10 ballgacha
Ariza, biznes reja va zarur hollarda tavsiyanoma xatlar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-5, 20.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash VARAQASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Talabgorning F.I.Sh.
Mutaxassisligi uchun ball
Maʼlumoti uchun ball
Ish staji uchun ball
Mol-mulki va mablagʻi uchun ball
Texnik vositasi uchun ball
Shartnoma majburiyatlarini bajarganlik uchun ball
Iqtisodiy asoslanganligi uchun ball
Jami ball
1.
2.
3.
4.
5.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi:
Imzolar
_____________________________
____________
Komissiya aʼzolari

Fermer xoʻjaligini yuritish uchun er uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarni ____-sonli loyiha boʻyicha yer uchastkasiga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________ tumani ______________________________________________ boʻyicha komissiyasi ____-sonli loyiha boʻyicha yer uchastkasiga tanlovda ishtirok etishga ariza bergan talabgorlarning ariza va hujjatlarini oʻrganib, ularning imkoniyatlarini baholash asosida quyidagi talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya qiladi:
T/r
Talabgorning F.I.Sh.
Reyting bali
1.
________________________________
______________
2.
________________________________
______________
3.
________________________________
______________
4.
________________________________
______________
5.
________________________________
______________
Tanlov 20___ yil “____” ____________ soat ________ da quyidagi manzilda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TANLOV VARAQASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________ tumanidagi _________________________________________ boʻyicha tuman hokimining 2004-yil “__” __________ dagi “__” sonli qarori bilan tashkil etilgan ________________________________________________________ boʻyicha komissiyaning aʼzosi ____________________________________________________
(F.I.Sh.)
200__ yil “__” __________ da ___ -sonli loyiha boʻyicha tanlovga qatnashgan talabgorlarga ball qoʻyish varagʻi
Talabgorlarning F.I.Sh.
Talabgorlarga qoʻyilgan ball (10 balli shkala boʻyicha baholanadi va soʻz bilan yoziladi)
1.
2.
3.
4.
5.
6. v. b.
________________
_________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun er uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha talabgorlarga tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballarining namunaviy HISOB-KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolarining F.I.Sh.
Talabgorlar
B. Yoqubov
N. Boltayev
V. Egamov
P. Sotimov
I
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni aniqlashda toʻplangan ball
45
46
51
51
Tanlovda komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballar
1
Y. Arshaboyev
7
8
10
10
2
R. Axmedov
6
7
10
8
3
A. Abdusamatov
4
6
10
7
4
A. Ergashev
7
4
10
9
. . .
10
Sh. Ernazarov
9
9
10
5
jami ball
68
70
90
80
II
Tanlovdagi oʻrtacha ball (jami toʻplagan ballni tanlovda qatnashgan komissiya aʼzolari soniga (10ga) boʻlib topiladi).
6.8
7
9
8
III
Umumiy ball (I + II)
51.8
53
60
59
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi
_____________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Komissiya aʼzolari:
1.
_____________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
2.
_____________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
3.
_____________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
4.
_____________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
...
5.
_____________________________
___________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REYTING BALLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________ tumani __________________________________ komissiyasi yigʻilishining
(komissiyaning nomi)
____-sonli bayonnomasi
______________ qishlogʻi
“___” _________ 200_ yil
Raislik qildi:
___________________________________________
(komissiya raisi F.I.Sh.)
Qatnashdilar:
___________________________________________
(komissiya aʼzosi F.I.Sh.)
_____________________________________
(komissiya aʼzosi F.I.Sh.)
Kun tartibi
___________________________________________ fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida. Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya raisi ______________ axboroti eshitildi. ___________________________________________________________________________ Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya
QAROR QILADI:
________________ fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin.
T/r
Tanlov gʻolibining (F.I.Sh.)
Yer loyihasi
Maydoni, ga
Toʻplagan, bali
1.
2.
3.
4.
5.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi
___________________________
_________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Komissiya aʼzolari
____________________________
_________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Kotib
___________________________
_________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 358-modda; 2006-y., 6-7-son, 47-modda; 2016-y., 16-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son; 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)