Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNI TEKShIRIShNI TAShKIL QILIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 19 NOYABRDAGI PF–2114-SONLI FARMONIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2018-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF–3665-sonli Farmoniga muvofiq:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-noyabr,
PF–3694-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF–2114-sonli Farmoniga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi PF–2114-sonli Farmoni 1-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mulkchilik shaklidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga doir barcha tekshiruvlarni, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, oʻtkazish, qoida tariqasida, bir yoʻla kompleks tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutib, faqat Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;
mazkur subyektlarning faoliyatini muqobil tekshirish jinoiy ishlar boʻyicha tergov davomida tekshiruvni belgilash toʻgʻrisidagi qaror asosida yoki faqat Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bormasdan amalga oshiriladi va faqat ularning tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlari doirasidagina yoʻl qoʻyiladi;
belgilangan norma va qoidalarga oʻz vaqtida va toʻla hajmda rioya etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, nazorat organlari tomonidan har ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 352-modda)