Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI USTAVIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-oktabrdagi PF-3151-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavi 23-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining birinchi oʻrinbosari”.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kiritilayotgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda Ustavni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-noyabr,
480-son