Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2005 21.10.2002 yildagi PF-3151-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShQI IQTISODIY ALOQALAR SOHASIDA BOShQARUV TIZIMINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini oshirish, marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga keng ko‘lamda kiritish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligi rivojlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlari, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Innovatsiya” DATSK, “O‘zmarkazimpeks” DATSK, “O‘zsanoatmashimpeks” DATSK, “Markazsanoateksport” DATSK, “O‘ztashqitrans” DAK, “O‘rta Osiyo Trans” xalqaro avtomobilda yuk tashish DAK aksiyadorlik kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasining qayta tashkil etilayotgan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidan chiqarilsin hamda ularning mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatida faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan davlat-aksiyadorlik tashqi savdo va transport kompaniyalarining faoliyatiga, tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimiga tanqidiy baho berib, ularning O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan siyosatning obyektiv talablariga muvofiq bo‘lishiga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining viloyatlar va Toshkent shahridagi vakillik boshqarmalari Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari etib qayta tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Agentlikning mintaqaviy boshqarmalari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mintaqaviy vakillik boshqarmalarining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 21-fevraldagi PF–350-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon ijrosi yuzasidan hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3151-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 194-modda)