08.11.2005 yildagi PQ-216-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Investitsiya dasturi asosiy parametrlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish prognozi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. Ularda investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilashga, ishga tushiriladigan obyektlar qurilishini nihoyasiga yetkazish va tugallanmagan qurilishlar hajmini qisqartirishga jamlanishi nazarda tutiladi.