Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2020 05.11.2005 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ULGURJI SAVDO FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalari ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi ruxsatnoma guvohnomalari xoʻjalik yurituvchi subyektning taqdim etilgan arizasi hamda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomasi asosida qoʻshimcha yigʻimlarsiz ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga qayta rasmiylashtirilishi mumkin. Qayta rasmiylashtirish muddati ikki ish kunidan koʻp boʻlmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalarining amal qilish muddati tugagandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartibda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2006-yil 1-yanvargacha ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi blankalarini tayyorlash va ularni berish ishlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalarining amal qilish muddati 2005-yil 21-sentabrdan keyin tugagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 21-sentabrdan 2006-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda, ularga nisbatan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllanilmasdan, ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 5-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-noyabrdagi 242-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa litsenziyalar asosida tovarlarning ayrim turlari shuningdek, tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida isteʼmol tovarlari bilan ulgurji savdo qiluvchi yuridik shaxslarning ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini olishlari talab etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat maqsadlarida foydalanish yoki oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish ulgurji savdo faoliyati deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ulgurji savdo faoliyati bilan faqat yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash yuridik shaxs-litsenziya talabgori roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi shahar (tuman) hokimligi (keyingi oʻrinlarda “litsenziyalovchi organ” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya berish yuzasidan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak boʻlgan tovarlar sotilgan taqdirda muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda sertifikatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va boshqa maʼlumotlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organ masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hujjatlarni koʻrib chiqish va ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati ariza va litsenziya olish uchun barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab ikki ish kunini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish haqida qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan mazkur Nizomga ilova qilingan shakl boʻyicha blankalarda rasmiylashtiriladi va shahar (tuman) hokimi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan kunda litsenziya bitimi tuziladi va litsenziya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziyalovchi organga murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikati olish uchun litsenziat litsenziyalovchi organga yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan va litsenziya dublikati berilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan holda dublikat berish toʻgʻrisida ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikati berishda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya dublikati berilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan tegishli nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli nazorat qiluvchi organlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrashi va olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlar natijalari asosida tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Buzilishlar aniqlangan taqdirda, tekshirish dalolatnomasida litsenziya talablari va shartlari buzilishlarining aniq holatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish dalolatnomasi nusxasi litsenziyalovchi organga yuboriladi, litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlari buzilishi holatlari mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qaror chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi nazorat qiluvchi organda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziyaning amal qilishini oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishini oʻn kundan ortiq muddatga toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish va uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziatlar haqidagi asosiy maʼlumotlar, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi: yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar (roʻyxatga olish sanasi, berilgan sanasi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tartib raqami), pochta manzili, va, mavjud boʻlgan taqdirda, telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji savdo faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI‎
‎_______________________________ hokimligi


‎LITSENZIYA
‎AA № 000 ‎

‎‎Mazkur litsenziya bilan ___________________________________________ ga

‎‎(litsenziya egasining toʻliq nomi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(faoliyatning ruxsat berilgan turi)

___________________________ni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
‎‎Litsenziya egasining joylashgan joyi (pochta manzili):
‎‎__________________________________________________________________
‎‎
‎Soliq toʻlovchi–litsenziya egasining identifikatsiya raqami ______________
‎Litsenziya berilgan sana _____________________________
‎Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan.
‎Reyestr boʻyicha tartib raqami ______________________________
‎Vakolatli shaxs:
‎‎_________________________________________

____________________‎

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son ,331-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)