Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.12.1993 yildagi 588-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA KORXONALARI, TAShKILOTLARI VA
MUASSASALARINING STATISTIKA HISOBOTI BILAN
QAMRAB OLINIShINING AHVOLI VA UNING IShONChLILIGI
TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlarining statistika axborotining ishonchliligini va to‘laligini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan ishlari hozirgi talablarga to‘liq darajada javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki va buxgalterlik hisobini isloh qilish sekinlik bilan olib borilmoqda, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni ekspert jihatdan baholashlarning uslubiyat va yondoshish usullari ishlab chiqilmagan. Narxlarni statistika kuzatuvi bilan qamrab olishning to‘laligi ta’minlanmayapti va ijtimoiy statistikani takomillashtirishda zarur darajada qat’iylik ko‘rsatilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qancha vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar hisobga olish hamda hisobotlarning yo‘lga qo‘yilishi masalalariga e’tiborni sezilarli susaytirib yubordilar. Korxonalarning ishonchli statistika axborotlarni taqdim etishdan bosh tortish, daromadlarni yashirish, soliqlarni kamaytirish maqsadida ko‘rsatkichlarni pasaytirish hollari tez-tez sodir bo‘lib turibdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, tashkilotlarning hisobot intizomi pastligicha qolmoqda, hisobotlarni topshirish muddatlarini buzish hollari kamaymayapti. Istiqbolni belgilash va statistika hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning samarasi pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi rahbariyati statistikani tubdan qayta qurishda yetarli darajada prinsipiallik va tashabbus ko‘rsatmayapti, o‘z amaliy faoliyatidagi mavjud kamchiliklarga murosasozlik bilan munosabatda bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining va istiqbolni belgilash hamda statistika hududiy organlarining iqtisodiy islohotlar o‘tkazish, respublika iqtisodiyotini jahon xo‘jaligiga integratsiyalash sharoitlarida hisobot ma’lumotlarining to‘laligini va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha ishlari yetarli emas deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori hisobot intizomining past darajadaligiga, hisobga olish va hisobotning ahvolini nazorat qilish bo‘shashtirib yuborilganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (Hamidov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlasin, bunda statistik hisobotning xalqaro andazalarining uslubiyoti va amaliyotiga asoslangan, yuzaga kelayotgan bozor iqtisodiyotining axborotga nisbatan o‘sib borayotgan talablarini qondira oladigan darajada to‘laligi va ishonchliligiga alohida e’tibor bersin. Shu maqsadda bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining hisobga olish va statistikaning xalqaro amaliyotida qabul qilingan tizimiga o‘tishi Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’muriy hisobotdan tanlab tekshirishlarga, bir yo‘la hisobga olishlarga va iqtisodiy ro‘yxatga olishlarga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlasin. Oilalarni budjet jihatidan tekshirishning amaldagi tizimini takomillashtirsin, aholining barcha ijtimoiy guruhlari qamrab olinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tgan barcha yuridik shaxslarni to‘la hisobga olish va kuzatish maqsadida 1994-yilning 1-yanvarigacha korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrining sifatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor iqtisodiyoti sharoitlarida narxlar statistikasining alohida ahamiyatini hisobga olib qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy organlaridagi tegishli bo‘linmalarni mustahkamlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholining shaxsiy xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarini bir yo‘la yoppasiga hisobga olishni o‘tkazish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda, mablag‘lari statistika organlarining moddiy-texnika negizlarini mustahkamlashga yo‘naltirilishini nazarda tutgan holda, davlat statistika hisobotini topshirish tartibini buzganlik uchun undiriladigan jarimalar hisobiga shakllanadigan maxsus fond tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada umumiy uslubiyot asosidagi Yagona iqtisodiy axborot makonini yaratish maqsadida Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda davlat boshqaruv organlarining axborotga bo‘lgan talabini qondirishni ta’minlovchi iqtisodiy axborot ma’lumotlarining Yagona avtomatlashtirilgan bankini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni shu yilning 15-dekabrigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi 1994-yilning 1-yanvarigacha respublikaning idoralarga qarashli axborot hisoblash tarmoqlaridan foydalanishning samaradorligini o‘rgansin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish va hisobotdagi davlat intizomini mustahkamlash, yuridik shaxslar tomonidan davlat statistika organlariga ishonchli hisobot ma’lumotlari taqdim etilishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika hisobotlari taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish huquqidan keng foydalansinlar. qo‘shib yozish, yashirish hollariga va hisobotning boshqa chalkashliklariga yo‘l qo‘yishgan korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda muhokama qilib borishni amalda joriy etsinlar. Shu yilning yakunlari bo‘yicha boshqaruvning barcha darajalarida hisobga olish, hisobotning ahvoli va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
588-son